ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Buxoro viloyatida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyati o'rganildi.

Adliya vazirligi ishchi guruhi Buxoro viloyatining Kogon tumani, Kogon va Buxoro shaharlarida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini hamda bu borada fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni o'rganib, ushbu hududlardagi FHDY arxivlari faoliyatini ko'zdan kechirdi.

Shuningdek mazkur tuman (shahar) larda davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning fikrlari va takliflari tinglandi.

Mas’ullarga aholining huquqiy muammolarni aniqlash va hal etish, davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat tashkilotlariga yoki davlat xizmatlari markazlariga borish shart emas!


Bugungi kunda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) yoki uning mobil ilovasi orqali masofadan turib arizalar yuborish mumkin. Navbat kutmaysiz!

Mobil ilova orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi bilan yuqoridagi video yo‘riqnoma orqali tanishing:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda "Tillachi", "Toro", "Dakpatent" kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

Ⓜ️ Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Xabar berganimizdek, joriy yilning 21-may kuni Adliya vazirligida “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatida aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlarning holati bilan tanishdi
.

Adliya vazirligi ishchi guruhi adliya organlari faoliyati bilan bevosita tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida boʻldi.

Xizmat safari davomida viloyatdagi olis va chekka hududlardagi tuman(shahar) Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo'limlarida jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xodimlar bilan olib borilgan muloqotda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas'ullari Farg'ona viloyatida huquqiy axborotni tarqatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Adliya vazirligi mas'ullari Farg'ona viloyat adliya boshqarmasining huquqiy axborotni tarqatish borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur jarayonda, dastlab, Farg'ona shahrining "Soybo'yi" mahallasida "mahalla yettiligi" a'zolari bilan uchrashib, huquqiy axborotni muntazam yetkazilish holati, aholining huquqiy bilimlarini yanada oshirishda mahalla faollarining roli yuzasidan suhbatlashildi.

Shuningdek, mas'ullar viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida bo'lib, edo.ijro.uz platformasi orqali kelib tushayotgan qonun hujjatlarini qabul qilish jarayoni bilan tanishib, tizim faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan mutasaddilarning fikr-mulohazalarini tingladi.

Bundan tashqari, Farg'ona shahridagi "Tantana tekstil" MChJda amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan sharoitlar bilan tanishilib, korxona vakillariga tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va ulardan foydalanish tartibi bo'yicha tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Twinning” hamkorlik dasturi doirasida normativ-huquqiy bazani soddalashtirish va tizimlashtirish
masalalari muhokama qilindi

Bugun, 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida “Normativ-huquqiy bazani tizimlashtirish va soddalashtirish” bo‘yicha “Twinning” dasturiga rahbarlik qiluvchi qo‘mitaning 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov, Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Reinis Trokša, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, Germaniya hamda Latviya davlatlarining dastur bo‘yicha vakillari, shuningdek, adliya vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

“Twinning” dasturi doirasida Adliya vazirligi tomonidan xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlar ishlab chiqish bo‘yicha maxsus qo‘llanma va savolnoma tayyorlanmoqda, shuningdek, tartibga solish ta’sirini baholash va qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish yo‘nalishlarida mas’ul xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv dasturlari ishlab chiqilmoqda.


Yig‘ilishda 2025-yilning birinchi va ikkinchi choragida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, navbatdagi chorak uchun ish-reja ma’qullandi hamda ishtirokchilar dastur doirasida qilinadigan ishlar samaradorligini oshirish, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va tasdiqlangan ish-rejaning izchil ijrosini ta’minlash bo‘yicha kelishib oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Munchoqdagi muvaffaqiyat: hunarmand qiz – katta brend egasi


Mahallamizdagi o‘zi ham qo‘li ham gul odamlardan biri mana shu zargar qiz. U o‘zi yasaydigan taqinchoq, zib-ziynatlar har bir o‘zbek ayolidek betakror va qimmatbaho bo‘lishini istaydi. Mahalla huquqshunosi esa unga bu maqsadni amalga oshirib, katta brend egasi bo‘lishi uchun huquqiy ko‘mak berdi.

Videoni ko‘rish 👉
https://youtu.be/mH4I5b7_Ql8

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot