ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣Apellyatsiya kengashlari tomonidan shikoyatlar bepul koʻrib chiqiladi.

🔹Apellyatsiya kengashlariga shikoyat qilish ixtiyoriy, bu fuqarolarning bevosita sudga murojaat qilish huquqini cheklamaydi.
🔹Apellyatsiya kengashlariga davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali shikoyat qilish mumkin.

🔹Apellyatsiya kengashlari shikoyat boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
▪️maʼmuriy hujjatni oʻzgartirishsiz oʻz kuchida qoldirish;
▪️maʼmuriy hujjatga oʻzgartirish kiritish boʻyicha vakolatli organga majburiyat yuklash;
▪️maʼmuriy hujjatni qisman yoki toʻliq bekor qilish hamda vakolatli organ tomonidan davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha arizani qayta koʻrib chiqish.

🔹Apellyatsiya kengashlarining qarorlari 3 ish kunidan kechiktirmay “E-qaror” elektron tizimida joylashtiriladi.
🔹Apellyatsiya kengashlarining qarorlari tegishli davlat organlari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
🔹Maʼmuriy hujjatini oʻzgartirish, qisman yoki toʻliq bekor qilish haqida qaror qabul qilinganda, davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha berilgan ariza YIDXP va (yoki) tegishli tizimda qayta koʻrib chiqish bosqichiga qaytariladi. Bunda fuqaro davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha qayta ariza berish talab etilmaydi.

🔹Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida apellyatsiya kengashlarining qarorlarini manfaatdor shaxslarning shaxsiy kabinetiga yuborish imkoni yaratiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida  davlat xizmatlari ko'rsatilishida qonuniylikni ta'minlash yuzasidan amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti mas'ullari hamda viloyatda davlat xizmatlari ko‘rsatilishida vakolatli idoralar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda huquqni qo‘llash amaliyotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi hamda vakolatli organlar tomonidan xizmatlarni ko‘rsatish muddatlari buzilishi va asossiz rad etish holatlari tanqid qilinib, bu holat fuqarolarning noroziligini keltirib chiqarayotgani, qolaversa, markaz xodimlarining ish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani alohida qayd etildi.

Seminar yakunida  davlat xizmatlari ko‘rsatishda aholiga yanada qulayliklar yaratish va ularning ortiqcha ovoragarchiliklarini oldini olish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatida o'rganishlar olib borilmoqda.

Respublika ishchi guruhi tarkibidagi Adliya vazirligi mas'ullari hamda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Dang'ara tumanida xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dang'ara tumanidagi Madaniyat uyi binosida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulda 30 dan ortiq huquqiy tushuntirish berildi,10 ga yaqin murojaat o'z o'rnida yechimini topdi, muddat talab qiladigan 3 ta murojaat tegishli tartibda ish yurituvga olindi.

Shuningdek, Adliya vazirligi mas'ullari tuman davlat xizmatlari markazida bo'lib, markaz faoliyatini o'rgandilar.

Kunning ikkinchi yarmida Ishchi guruh vakillari O'zbekiston tumanidagi qishloq xo‘jaligi mevalarini qayta ishlashga mo'ljallangan "Yaxyoxon trade 2020" oilaviy korxonasida bo'lib,  korxonada amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan sharoitlar bilan tanishish jarayonida korxona mas'ullariga tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va ulardan foydalanish tartibi bo'yicha tushuntirish berdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📍Bugun, Prezident Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi, Hisob palatasi hamda Adliya vazirligi tomonidan “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy hokimliklar hamda xo‘jalik birlashmalarining ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalarining 100 dan ortiq xodimlari bevosita hamda 500 ga yaqini video-konferens-aloqa orqali ishtirok etdi.

Tadbirda ijro intizomini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, kelgusidagi rejalar hamda “Ijro.gov.uz” tizimini takomillashtirish bo‘yicha joriy qilingan yangi mexanizmlar, xususan, mas’ul ijrochilar va nazorat qiluvchi organlar o‘rtasida onlayn muloqot (online-chat) qilish imkoniyati yaratilganligi kabi o‘zgartirishlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, yaqin kunlarda “Ijro.gov.uz” elektron tizimiga sun’iy intellekt imkoniyatlarini joriy etish, 10 ga yaqin davlat organlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish hamda bugungi kun talabidan kelib chiqib tizimni to‘liq modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilayotganligi ta'kidlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM