ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.74K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud
#Namangan_viloyati

🔘Yurtimizda oilalarning gullab-yashnashi, tinch va unda yashayotgan har bir fuqaroning farovon hayot kechirishi bejizga davlat siyosati darajasiga ko'tarilmagan.

🔘Bugun 15-may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan Namangan viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot sho'basi boshlig‘i N.Yadigarovaning ham oilasi ibratli oila sifatida baholanib, "Ibratli oila" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Darhaqiqat, vatan ichra bir kichik vatan deya ta'riflanadigan oilalar mustahkam bo'lishi, farzandlarni foydali kasb-korga ega bo'lishida oilalarni o‘z o'rni bor.


🔘Ushbu sana munosabati bilan respublikamizdagi barcha ibratli oilalarni qutlaymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatida o'rganishlar olib borilmoqda


Respublika ishchi guruhi tarkibida Adliya vazirligi mas'ullari Andijon tumanida xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Andijon tumani "Oyjamol" mahallalasida joylashgan Andijon qishloq xo‘jaligi va Agrotexnologiyalar instituti binosida sayyor qabul tashkil etildi.

Kunning ikkinchi yarmida Ishchi guruh vakillari Asaka tumanidagi "Axtachi sanoat hududi" hamda "Yoshlar sanoat hududi" da tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_viloyati
#Adliya_aralashgach

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro Q. Xning hozirgi ish joyida avvalgi ish joyidagi harbiy unvoni uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar to‘lab berilmayotganligi yuzasidan qilgan murojaati o'rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro Q. X avvalgi ish joyida "kapitan" harbiy unvoniga ega bo'lgan. Biroq unga hozirgi ish joyi - Kadastr agentligining Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan ushbu harbiy unvoni uchun qo'shimcha to'lovlar to'lab berilmagan.

Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 50-bandida "Agentlik boshqaruv xodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddat xizmati, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar saqlab qolinadi", deyilgan.


Yuqoridagilarga ko'ra, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qo'llanilgan tegishli ta'sir choralari natijasida fuqaro Q.Xga har oyda tegishli ustama pullari to'lab borilishi belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
📊 Uzum Market, Olcha, Glotr onlayn marketpleyslarida kontrafakt mahsulotlar sotilishi bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.

⚖️ Kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish, ularning realizatsiyasini oldini olish va huquq egalarining huquqlarini tiklash maqsadida respublikamiz hududida faoliyat ko‘rsatayotgan “Uzum Market”, “Olcha”, “Glotr” marketpleyslari o‘rganib chiqildi va ularda monitoring o‘tkazildi.

📉 Monitoring natijalariga ko‘ra:
Uzum Marketda 220 ga yaqin, Glotr va Olchada esa 50 ga yaqin kontrafakt mahsulotlar savdoga taklif etilayotganligi aniqlandi.

📱🎁Kontrafakt mahsulotlar asosan kiyim-kechak, kosmetika vositalari hamda maishiy texnikalarda ko‘proq uchramoqda. Mashhur brendlar – “Puma”, “Lacoste”, “Adidas”, “Chanel”, “Eclat”, “Gucci”, “Samsung”, “Bosch” kabi tovar belgilari bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotuvga taklif etilmoqda.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha huquq egalarining murojaatlariga asosan “Uzum Market” onlayn marketpleysidan ba’zi kontrafakt mahsulotlarning savdosiga chek qo‘yildi va ular olib tashlandi.

✉️ Shuningdek, hozirda qolgan huquqbuzarliklar yuzasidan ham huquq egalariga ma’lumotlar yuborilgan va ular tomonidan munosabat bildirilganidan so‘ng tegishli ta’sir choralari qo‘llanilishi ma’lum qilinadi.

📞 Hurmatli tadbirkorlar! Intellektual mulkka bo‘lgan huquqingiz buzilganda, Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi aniqlandi

Adliya vazirligining O‘zbekiston manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i 2025-yilning aprel oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi deb topildi.

Xurliman Aytniyazova adliya tizimidagi mehnat faoliyatini 2008-yilda Adliya vazirligining Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasi inspektori sifatida boshlagan.

2022-yilgacha Adliya vazirligining Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasi yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi, Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

2022-yildan Adliya vazirligi Arbitraj va sud nizolari masalalari bo‘yicha boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, 2023-yildan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Xurliman Paraxatovna hamkasblari orasida o‘zining tashabbuskorligi, har bir ishga mas'uliyat bilan yondashishi va faolligi bilan ajralib turadi. Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlash, xorijiy davlatlar sudlarida va xalqaro arbitrajlarda tomonlardan biri O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan nizolar ko‘rib chiqilayotganda davlat manfaatlarini himoya qilish, xalqaro arbitraj va mediatsiya institutlari, nufuzli xalqaro yuridik firmalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish yo‘nalishida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Vazirlik jamoasi Xurliman Aytniyazovani ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

Adliya vazirligida yangi tashabbus!

Adliya vazirligida ilk bor “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” e’tirofi yo‘lga qo‘yildi!


Adliya vazirligi Axborot xizmati 1-toifali ish yurituvchi kotibi Po’latova Zarina Ro’zibay qizi joriy yilning aprel oyi uchun oyning eng yaxshi texnik xodimi deb topildi.

Zarina Po’latova vazirlikdagi mehnat faoliyatini 2024-yilning aprel oyida Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limining 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida boshlagan.

2024-yilning avgust oyidan boshlab Axborot xizmatining 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Z. Po’latova vazirlikning rasmiy saytini zarur materiallar bilan ta’minlash, axborot materiallarini tayyorlash va tarqatish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish, Adliya vazirligi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash kabi sohalarda samarali mehnat qilib kelmoqda.

Vazirlik jamoasi Zarina Po’latovani ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Farg'ona_viloyati
#Adliya_aralashgach

Xursandligimdan yig'lab yubordim. Adliyadagilar menga yordam berishdi. Barchasini tanu-joni sog' bo'lsin.


Farg'ona shahar adliya bo'limining yordami bilan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida uzoq yillardan buyon O'zbekiston Respublikasida pasportsiz yashab kelayotgan Ro'zibuvi Saidovaga fuqarolik pasporti beriladigan bo'ldi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obyektiv

🔘Xabaringiz bor joriy yilning 2–3-may kunlari Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilk marotaba “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovi o‘tkazilib, unda respublika bo'yicha 10 mingga yaqin "Davlat va huquq asoslari" fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.

🔘Tanlov natijalariga ko‘ra, Samarqand viloyati Jomboy tumani 28-maktab o'qituvchisi Odilova Dilobar Xolmamatovna 1-o'rinni qo'lga kiritib, 30 mln so'm pul mukofoti bilan taqdirlangan edi.

🔘Yuqoridagi videolavha 👆 orqali siz D.Odilovaning o'qituvchilik faoliyati va shaxsiy hayoti bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Xorazm viloyati Tuproqqal'a, Hazorasp, Bog'ot, Xonqa, Yangiariq, Urganch tumanlari va Urganch shahar DXM va FHDY bo'limlarida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari jarayoni bilan tanishdi.

Xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot olib borilib, sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalar tinglandi.


Shuningdek aholiga huquqiy yordam ko'rsatish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mehr_ulash
#Mening_adliyam

🔘Adliya vazirligi tashabbusi bilan "Mehr ulash" xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.

Vazirlik tizimida doimiy tashkil etilib kelinadigan ushbu xayrli aksiyada nafaqat vazirlik markaziy apparati xodimlari, balki, Toshkent shahar adliya boshqarmasi va adliya muassasalari xodimlari ham faol ishtirok etdi.


🔘O‘ylaymizki, topshirilgan donorlik qonlari turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_viloyati
#Adliya_aralashgach

Xabaringiz bor adliya organlari tomonidan "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida uyma-uy yurgan holda fuqarolarning huquqiy muammolari aniqlanib, ularni hal etish choralari ko'rilib kelinmoqda.

Xususan, Xatirchi tuman adliya bo'limi xodimlari mazkur loyiha doirasida xatirchilik Zayniddin Hamdamovning xonadoniga borib, uning muammolarini o'rgandi. O'rganish natijasida fuqaroga soliq organlari tomonidan asossiz soliq qarzdorligi hisoblanganligi ma'lum bo'ldi.


Xatirchi tuman adliya bo'limining amaliy yordami bilan fuqaroning muammosi ijobiy hal etilib, asossiz hisoblangan soliq qarzdorligi bekor qilindi.

Batafsil 👆videolavhada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM