ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.74K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha soha mutaxassislari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Bugun adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev tomonidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida sud, prokuratura, ichki ishlar organlari xodimlari, advokatlar va boshqa mutaxassislar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida sud ekspertizasiga doir qonunchilikdagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar, joriy qilingan yangi ekspertiza turlari va ekspertiza xulosalari sifatini oshirish bo'yicha yangi olingan jihozlar haqida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida sohadagi mavjud muammolar boʻyicha mutaxassislarning takliflari tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Ochiq muloqotda har bir xodim bilan suhbatlashilib, sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bildirilgan takliflarini tingladi.

Uchrashuv davomida Sh.Rabiyev fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlarining faoliyatini yanada jonlantirish bo'yicha o'zining fikr-mulohazalarini bildirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_oila_kuni

— Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.
— O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 76-modda


Oila - mehr-oqibat rishtalarini, odamiylik mezonlarini, milliy qadriyatlarni e’zozlab-avaylaydigan, kelgusi avlodlarga to‘kis yetib borishini ta’minlaydigan mo‘tabar dargoh.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Qashqadaryodagi xizmat safari davomida Qarshi shahridagi  "Otchopar" mahalla fuqarolar yig'inida bo'ldi.

U yerda "mahalla yettiligi" bilan yaqindan tanishib, "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda huquqiy muammolarning hal etilish holati bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek , O‘zbekiston Respublikasi Prezedentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan mahalla inspektorining axboroti tinglandi va mahallada o'rnatilgan xavfsizlik kameralar holati bilan ham tanishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🔘Adliya vazirligi hamda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi tomonidan Jizzax viloyati sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Ushbu tadbirda, Adliya vazirligi hamda Respublika sud-ekspertiza markazi mas'ullari tomonidan sohadagi yangiliklar, sud-ekspertiza tashkilotlarining jinoyatchilikni oldini olish va uni fosh etishdagi hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini kafolatli himoya qilinishidagi rolini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.


🔘 Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi hamda sud ekspertizaning yangi turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish yuzasidan o‘zaro fikr almashilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM