ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.74K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatida o'rganishlar olib borilmoqda


Respublika ishchi guruhi tarkibida Adliya vazirligi mas'ullari Bo'ston tumanida xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Bo'ston tumani "Mustaqillikning 15 yilligi" mahallasida joylashgan Avtomaktab binosida sayyor qabul tashkil etildi.

Kunning ikkinchi yarmida Ishchi guruh vakillari tomonidan Ulug'nor tumanidagi "Bo'ston" mahallasida "Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida fuqarolarning muammolari o'rganildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🔘Xabaringiz bor Adliya vazirligi tomonidan "Mehr ulash" xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.

🔘Qon topshirish aksiyasida adliya organlari va muassasalari ko‘ngilli xodimlari ishtirok etib, donorlik qilish orqali insonparvarlik yordamini ayamadilar.

Aksiya doirasida adliya organlari va muassasalari ko‘ngilli xodimlari tomonidan qariyb 200 litrdan oshiq donorlik qoni topshirildi.


🔘Adliya vazirligi ushbu xayrli ishda chetda turmay donorlik qilgan adliya organlari va muassasalari xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Hududiy adliya organlari tomonidan tashkil etilgan qon topshirish aksiyasidan fotolavahalar 👇

Andijon viloyatida qon topshirish aksiyasi

Buxoro viloyatida qon topshirish aksiyasi

Jizzax viloyatida qon topshirish aksiyasi

Namangan viloyatida qon topshirish aksiyasi

Navoiy viloyatida qon topshirish aksiyasi

Qashqadaryo viloyatida qon topshirish aksiyasi

Samarqand viloyatida qon topshirish aksiyasi

Sirdaryo viloyatida qon topshirish aksiyasi

Surxondaryo viloyatida qon topshirish aksiyasi

Toshkent viloyatida qon topshirish aksiyasi

Toshkent shahrida qon topshirish aksiyasi


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi.

Murojaatlarning qabul qilish hamda muammolarning batafsil oʻrganishning samarali usuli boʻlgan shaxsiy qabullarni tashkil etishga ham vazirligimiz rahbariyati tomonidan alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda.

Holbuki, har bir murojaat zamirida insonlar taqdiri yotadi.

Xususan, joriy yilning 16-may kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 10 nafarga yaqin jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilindi.

Eʼtiborlisi shundaki, bugungi qabulda Xorazm viloyatida fuqarolarning video-konferens-aloqa vositasi orqali murojaatlari eshitildi. Bu esa fuqarolarning uzoq hududlardan poytaxtga kelib-ketishlari uchun vaqt va mablagʻlarining tejalishini taʼminladi.

Qabul jarayonida vazirlik faoliyatiga tegishli murojaatlarni oʻrganib chiqish hamda qonun doirasida hal etish uchun masʼul tarkibiy boʻlinma rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15-00 dan 17-00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi hamda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi tomonidan Xorazm viloyatida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Adliya vazirligi hamda Respublika sud-ekspertiza markazi mas'ullari tomonidan sohadagi yangiliklar, sud-ekspertiza tashkilotlarining jinoyatchilikni oldini olish va uni fosh etishdagi hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini kafolatli himoya qilinishidagi rolini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi hamda sud ekspertizaning yangi turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish yuzasidan o‘zaro fikr almashilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM