#Adliya_xabari
Qo'shrabotda mahallaning yangi binosi foydalanishga topshirildi.
⛈ “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida zamonaviy loyiha asosida barpo etilgan mahalla binosi 3 437 nafar aholi yashaydigan eng chekka hududda joylashgan “Mayintepa” mahallasi fuqarolari uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi.
⛈ Binoning ochilish marosimida Аdliya vaziri Akbar Tashkulov va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi turmush farovonligini oshirish, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, xalqimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, hududlarni yanada rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladilar.
⛈ Shu munosabat bilan Adliya vaziri Akbar Tashkulov joriy yilning 3-4 fevral kunlari Qo‘shrabot tumanida bo‘lib, Adliya vazirligiga biriktirilgan “Xonnazar”, “Mayintepa”, “Navkat” va “Do‘stlik”, “Qiyqim” mahallalari aholisi bilan uchrashgandi. Unda mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar, fuqarolarning muammolari, huquqiy masalalari o‘rganilib, hududda kambag‘allikni kamaytirishda ichki resurslardan foydalanish masalasi kun tartibida bo‘lgandi hamda aholi murojaatlari, takliflari o‘rganilgan. Xususan, “Mayintepa” mahallasi ahli eski mahalla idorasi o‘rniga yangi, zamonaviy mahalla binosini qurishda yordam so‘ragandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Qo'shrabotda mahallaning yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi Farmoni dasturilamal vazifasini bajarmoqda. Unga ko‘ra, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilangan. Bunda Adliya vazirligi ham hududlarda alohida chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vaziri yana bir mahalladagi qurilish ishlarini borib ko‘rdi.
✅ Akbar Tashkulov Qo'shrabot tumanida joylashgan “Navkat” mahallasida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ushbu mahalla fuqarolari murojaatiga asosan qurilishi boshlangan zamonaviy imkoniyatlarga ega bo‘ladigan o‘quv markazi binosi qurilishi bilan tanishdi.
✅ Hozirda ushbu mahallada 3 ming nafardan ziyod fuqarolar istiqomat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vaziri yana bir mahalladagi qurilish ishlarini borib ko‘rdi.
Ta’kidlash kerakki, Adliya vazirining mazkur mahallaga tashrifida hududda yo‘l bo‘yi, qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish, bola parvarishi bilan band bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘shimcha daromad topishga qaratilgan loyihalar belgilangan. Buning ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar boshlangan bo‘lib, mahalla binosi qarshisidagi bo‘sh turgan eski bino o‘rnida hudud aholisi va yoshlari uchun kasb-hunar o‘rgatuvchi markaz binosi qad rostlamoqda. Bunda tikuv xonasi, IT sohasi, dasturlash ishiga qiziquvchi o‘quvchilar uchun zamonaviy o‘quv maskani, til o‘rganish kurslari yo‘lga qo‘yiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
🍞 "SAMARQAND NONLARI" FESTIVALIGA MARHAMAT!
☄️ Samarqand nonlari qadimdan ajoyib mazasi bilan dong taratgan. Endi bu qadriyat va ta'mni xalqaro miqyosda tanitish maqsadida yurtimizda ilk bora "Samarqand nonlari" festivali o‘tkazilmoqda!
Festivalda sizni nimalar kutmoqda?
▪️ 50+ turdagi noyob non va non mahsulotlari;
▪️ Non pishirish bo‘yicha ustalardan mahorat darslari;
▪️ Qadimiy tandirlarda non tayyorlash tomoshalari;
▪️ Hunarmandchilik va sharq shirinliklari ko‘rgazmalari;
▪️ Madaniy ko'ngilochar kontsertlar va ilmiy-amaliy konferensiyalar
📅 Festival sanasi: 17-18-may, 2025-yil
⏰ Boshlanish vaqti: Soat 18:00 dan
📍 Manzil: Samarqand viloyati, "Islom Karimov" ko'chasi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🍞 "SAMARQAND NONLARI" FESTIVALIGA MARHAMAT!
Festivalda sizni nimalar kutmoqda?
▪️ 50+ turdagi noyob non va non mahsulotlari;
▪️ Non pishirish bo‘yicha ustalardan mahorat darslari;
▪️ Qadimiy tandirlarda non tayyorlash tomoshalari;
▪️ Hunarmandchilik va sharq shirinliklari ko‘rgazmalari;
▪️ Madaniy ko'ngilochar kontsertlar va ilmiy-amaliy konferensiyalar
📅 Festival sanasi: 17-18-may, 2025-yil
⏰ Boshlanish vaqti: Soat 18:00 dan
📍 Manzil: Samarqand viloyati, "Islom Karimov" ko'chasi
Ma'lumot uchun: Joriy yilning 4-fevral kuni “Samarqand noni” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga bu haqidagi hujjat topshirilgandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM