ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Qashqadaryo viloyatida viloyat va tuman (shahar) hokimliklari mas'ul xodimlari ishtirokida seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi va tuman (shahar) hokimliklari hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga “E-qaror” elektron tizimi: amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi vazifalar va davlat organlarida huquqni qo‘llashni metodik ta'minlashning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda “E-qaror” elektron tizimi orqali qarorlar va farmoyishlarni qabul qilish va e'lon qilish tartibi, amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish usullari hamda tizimni takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.


Shu bilan birga, seminarda ishtirok etgan hokimlik va kengash kotibiyati mutaxassislari tomonidan kelgusida tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.

Bundan tashqari, seminarda metodik ta'minlashni mazmun-mohiyati, yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish bo‘yicha namunaviy hujjat loyihasi hamda uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish tartibi, shuningdek, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklatilgan funksiyalarni biznes jarayonlarini reinjiniring qilish (BPR) usullari orqali maqbullashtirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Adliya_xabari

☄️Samarqand nonlari qadimdan ajoyib mazasi bilan dong taratgan! Bu qadriyat va ta'mni xalqaro miqyosda tanitish maqsadida yurtimizda ilk bora "Samarqand nonlari" festivali o‘tkazildi.  Unda Adliya vaziri Akbar Tashkulov qatnashdi.

☄️Tadbirda 50 turdan ziyod noyob non va non mahsulotlari ko‘rgazmasi, non pishirish bo‘yicha ustalardan mahorat darslari, qadimiy tandirlarda non tayyorlash jarayonlari, hunarmandchilik va sharq shirinliklari ko‘rgazmalari hamda madaniy ko'ngilochar tomoshalar o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Maxsus reportaj | Bepul yuridik yordam olish imkoniyatlari



Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Elon

“Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar”


📆2025-yil 29-30-may kunlari Toshkent yana “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumiga mezbonlik qiladi.

📌Forum doirasida:
🔹Plenar majlis va 20 ga yaqin tadbirlar
🔹4 ta tematik koʻrgazma
🔹Ilk marotaba Xalqaro yoshlar yuridik forumi oʻtkaziladi.

🔝Forumda nufuzli xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari, xorijiy mamlakatlar adliya vazirlari, olimlar, yirik xalqaro yuridik kompaniyalar vakillari spiker sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.

Forum yakunlari boʻyicha xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, qonunchilik hujjatlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.


🤝Mahalliy va xorijiy OAV vakillarini Forumda ishtirok etishga, shuningdek axborot hamkorlikka taklif etamiz.

📞Bog‘lanish / ro‘yxatdan o‘tish uchun:
71 2070458 (ichki raqam 1071)
axborot_xizmati@adliya.uz

QONUN KELAJAGINING QISMI BO‘LING!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Huquqiy_viktorina

📣 Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy test savollarini o‘z ichiga olgan “Huquqiy viktorina” o‘tkaziladi.

🔜 Viktorina 2025-yil 19-may kuni soat 11:00 da boshlanib, 16:00 ga qadar davom etadi!

🖥 Ishtirokchilar huquq sohasiga oid jami 10 ta test savoliga (har bir savolga 15 soniya) to‘g‘ri javob topishi kerak.

Belgilangan muddatda test savollarining barchasiga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar orasidan g‘olib Youtube-kanalida tasodifiy g‘olibni aniqlash (Randomus randomayzeri) yordamida aniqlanadi.

🎁 G‘olib ishtirokchi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Barcha savollarga to‘g‘ri javob bering va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Sirdaryo_viloyati

Adliyada "Ota-onalar kuni" o'tkazildi


🤔Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida boshqarmada faoliyat yurituvchi xodimlarning ota-onalari uchun “Ota-onalar kuni” tadbiri oʻtkazildi.

🤔Tadbirda ota-onalarga, dastlab, farzandlarining ish joylari, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar batafsil tanishtirildi.

🤔Shuningdek, Adliya boshqarmasi rahbariyati va ota-onalar bilan uchrashuv tashkil etilib, ota-onalarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanish holati bartaraf etildi

🔹
Vazirlikka “Noz-Ne’mat-Savdo” MChJga tegishli “Oq Saroy” xizmat ko‘rsatish belgisi boshqa subyekt tomonidan huquq egasining roziligisiz foydalanilayotgani to‘g‘risdagi murojaat kelib tushdi.

🔹Murojaat asosida belgilangan tartibda tadbirkorlik subyekti faoliyati o‘rganilib, tekshiruv o‘tkazildi.

🔹Tekshiruv yakunida qonun hujjatlari buzilganligi aniqlanib, bu holatni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taqdimnoma kiritildi. Natijada, huquqbuzarlik holati bartaraf etildi.

❗️Eslatib o‘tamiz:Tovar belgilaridan ruxsatsiz foydalanish quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima;
Huquqbuzarlik ashyolarining musodara qilinishi;
Shuningdek, BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon puli undirilishi mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot