ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.46K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Yunusobod tumani adliya bo‘limi ko‘magida tadbirkor foydasiga 5 mlrd. so‘mga yaqin pul mablag‘lari undirilishi ta’minlandi


Taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga asosan da’vogar tomonidan javobgarga jami 4 724 418 000 so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilgan hamda tegishli xizmatlar ko‘rsatilgan.

Biroq, javobgar tomonidan shartnomaviy majburiyatlar lozim darajada bajarilmasdan, yetkazib berilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati to‘liq to‘lab berilmaganligi oqibatida, da’vogar oldida qarzdorlik yuzaga kelgan.

Batafsil 👉 videolavhada

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi, shu jumladan Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining chekka va chegara oldi hududlarida o'rganishlar olib borildi.


Respublika ishchi guruh tarkibida Adliya vazirligi mas'ullari, dastlab, Amudaryo tumani hokimligida aholi murojaatlari bilan ishlash, mahallalarda xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida tumandagi ijtimoiy soha obyektlari, xususan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, masjid va qabristonlarda olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek mazkur tumanning “Xolimbeg” qishlog‘ida qishloq aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda fuqarolardan suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish, fuqarolik pasportini olish, tadbirkorlik uchun yer maydonini ajratish va shu kabi turli masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish choralarini ko'rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.


Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎼 "Azizim" qo‘shig‘i muallifi Ali Niyazimbetov mualliflik huquqini tiklab berishni so'rab Adliyaga murojaat qildi....

🎙 Muallif huquqi buzilgan yana bir holatda xalqimiz orasida "Azizim" qo‘shig‘i bilan tanilgan Ali Niyazimbetov o‘zi muallifligidagi “Azizim” nomli musiqiy asar uning ruxsatisiz ijro etilganligi holati yuzasidan huquqiy chora ko'rilishini so'rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.

O‘rganish mobaynida xalqimiz orasidagi taniqli ijodkor Manzura va Murodjon Yo'ldoshev ijrosidagi “Azizim” nomli musiqiy asar muallif ruxsatsiz foydalanganligi aniqlanib, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzar Murodjon Yo'ldoshevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1 (bir) baravari miqdorida – 375 000 (uch yuz yetmish besh ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

Adliya vazirligida uch avlod uchrashuvi

2025-yil 8-may kuni Adliya vazirligida "9-may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Faxriylar - doim e'zozda" nomli uch avlod uchrashuvi o'tkazildi.

Uchrashuvda adliya tizimida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilgan faxriylar, bugungi kunda samarali xizmat qilayotgan mutaxassislar hamda sohaga endigina qadam qo'ygan yosh huquqshunoslar ishtirok etdi.

Tadbir davomida faxriylar vazirlikda ishlagan davrlaridan boy xotiralarni yodga olishdi, o'zlarining hayotiy tajribalarini hikoya qilishdi.

Ustoz faxriylar "Adliya kutubxonasi", "Adolat ayvoni" hamda "Adliya tarixiy muzeyi" bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tadbir yakunida faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bunday uchrashuvlar avlodlar o'rtasidagi uzviylikni ta'minlab, kasbga bo'lgan muhabbat va sadoqatni mustahkamlaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Andijon viloyati: Paxtaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 37-umumiy o'rta ta'lim maktabida o'qituvchilar va yuqori sinf o'quvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

🖥 Farg'ona viloyati: Farg'ona shahar FHDY bo'limining amaliy yordami bilan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida 1-guruh nogironligi bo'lgan 2016-yilda tug'ilgan E.A 9 yil deganda tug'ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo'ldi.

🖥 Jizzax viloyati: Do'stlik tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning “Saritepa” mahallasida uyma-uy yurgan holda fuqarolarning huquqiy muammolari o'rganildi.

🖥 Xorazm viloyati: “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida 9 ta sayyor qabullar tashkil etilib, 357 nafar fuqaroga bepul birlamchi huquqiy yordam ko'rsatildi.

🖥 Namangan viloyati: Yangi Namangan tumani FHDY bo'limi tomonidan bir oilaning bir necha yillardan buyon hujjatsiz yashab kelayotgan 5 nafar a’zosiga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib berildi.

🖥 Navoiy viloyati: Zarafshon shahar adliya bo’limi tomonidan Zarafshon shahar 21-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkilot xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

🖥 Qashqadaryo viloyati: Yakkabog' tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning "Do'stlik" mahallasida "Adliya kuni" tadbiri tashkil etildi.

🖥 Samarqand viloyati: Paxtachi tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning "Hayit Elbegi" mahallasida mahalla aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

🖥 Sirdaryo viloyati: Sirdaryo viloyat yuridik texnikumida “Gender tengligi va ayollarning saylovlardagi o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

🖥 Toshkent shahri: Mirobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tumanning "Oltinko‘l", "Qorasuv" va "Sariko‘l" mahallalari yoshlari o‘rtasida “Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi” dasturi doirasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Tadbirkorlik subyektlariga o'z brendiga ega bo'lishning afzalliklari to'g'risida huquqiy tushuntirishlar berildi
.

🔘Аdliya vazirligi va Qashqadaryo adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan intellektual mulk huquqiga rioya qilish, kontrafakt mahsulotlarga nisbatan qarshi kurashish va oʼz brendini yaratish boʼyicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

🔘Xususan, Qashqadaryo viloyati Koʼkdala tumanidagi “Yettitom” kichik sanoat zonasida faoliyat yurituvchi “Fazliddin Botirovich” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan ichimlik suvida ishlatilayotgan “7 tom suvi” logotipini va Chiroqchi tumanida faoliyat koʼrsatuvchi “Chiroqchi buyursin tekstil” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan kiyim-kechak mahsulotlarida qoʼllanilayotgan logotipni tovar belgisi sifatida roʼyxatdan oʼtkazishning huquqiy asoslari batafsil tushuntirilib, talabnoma topshirishda amaliy yordam koʼrsatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_tabrigi

❗️9-may — Xotira va Qadrlash kuni


Adliya vazirligi jamoasi umumiy tarixiy xotira orqali birdamlik va hamjihatlikka chorlovchi ushbu kun bilan barchani samimiy muborakbod etadi!

Xotira o'zlikni anglatib turadi, qadr insonni yuksaklikka ko'taradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Forwarded from Huquqiy axborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️2025 йил учун хусусийлаштириш дастури белгиланди


Манба: ПФ-70-сон, 21.04.2025 йил.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida fuqarolarning muammolari ijobiy yechim topmoqda.

Xususan, adliya organlarining amaliy yordami bilan namanganlik onaxonning 57 yillik muammosi ijobiy yechim topdi.

Batafsil videoda👆👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Mualliflik_huquqi

Shoirning she’ridan ruxsatsiz foydalangan yana bir xonanda Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi

🤔Аdliya vazirligi tomonidan farg'onalik shoir Ilhomjon Komilovga tegishli “Sevilmagan yor kerak menga” nomli she’r xonanda Sardor Mamadaliyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilganligi aniqlandi.

🤔Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.


🤔Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida – 750 000 (yetti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM