ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.46K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Qonunlarning samaradorligini baholash bo‘yicha Germaniya tajribasi yuzasidan o‘quv seminar o‘tkazildi
.

Bugungi kunda Yevropa komissiyasi “Twinning” dasturi doirasida O‘zbekiston–Germaniya–Latviya Adliya vazirliklari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik loyihasi samarali amalga oshirib kelinmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida joriy yilning 6-8-may kunlari Adliya vazirligida tartibga solish taʼsirini baholash bo‘yicha Germaniya tajribasi yuzasidan uch kunlik seminar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Bugun bo'lib o'tgan seminarda Germaniya Federal Adliya vazirligi Samarali tartibga solish va byurokratiyani kamaytirish direksiyasi, Milliy tartibga solish nazorat kengashi hamda Federal statistika ofisi huzuridagi Qonunchilikni baholash bo‘yicha kompetensiya markazi vakillari taqdimotlar bilan ishtirok etdi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad – Adliya vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti xodimlarining bilim va malakasini oshirish hisoblanadi.
Bunda Germaniyaning amaldagi qonunchilikni samaradorligini baholash tajribasi hamda iqtisodiy tahlil usullari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilib, ularni milliy huquqiy tizimda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollariga batafsil javob oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

“Intellektual mulk va ayollar”

“Buyuk ayollarning buyuk ishlari” 1-qism

“Arxitekturaning qirolichasi” jasoratli me’mor ayol Zaha Hadid hayoti bilan tanishamiz.

Zaha Hadid hayot yo’li bizga shuni ko‘rsatadiki, istak va qat’iyat bilan har qanday sohada yuksalish mumkin. U nafaqat dunyo me’morchilik sohasida katta burilishlar qildi, balki millionlab ayollarga orzulariga ishonish kerakligini isbotladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍️Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar Yagona elektron reyestri shakllantirilishi davom etmoqda.

Sanitariya - 1411 ta.
💊Farmatsevtika - 425 ta.
🦚Ekologiya - 499 ta.
💰Soliq - 276 ta.


🧾Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9- noyabrdagi PF–244-son Farmoniga muvofiq Tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarning Yagona elektron reyestri ishga tushirilishi belgilangan.

🏛Аdliya vazirligi tomonidan sohaga masʼul tashkilotlar bilan birgalikda bugungi kunga qadar 700 dan ortiq hujjatlar xatlovdan oʼtkazilib, ularda 35 mingga yaqin majburiy talablar mavjudligi aniqlandi.

📢Shundan, 19 mingdan ortiq majburiy talablar Yagona elektron reyestrda eʼlon qilinishi taʼminlandi.

👉Majburiy talablar yagona elektron reyestriga oʼting.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlarning holati bilan tanishdi
.

Adliya vazirligi ishchi guruhi adliya organlari faoliyati bilan bevosita tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatida xizmat safarida boʻldi.

Xizmat safari davomida Termiz, Angor, Sherobod, Qiziriq, Bandixon tumanlari va Termiz shaharlarida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xodimlar bilan olib borilgan muloqotda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Nukus, Kegeyli, Chimboy tumanlari va Nukus shahrida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyati o'rganildi.

Adliya vazirligi ishchi guruhi Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus, Kegeyli, Chimboy tumanlari va Nukus shahrida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini hamda bu borada fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Shuningdek mazkur tuman (shahar) larda davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning fikrlari va takliflari tinglandi.

Mas’ullarga aholining huquqiy muammolarni aniqlash va hal etish, davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Joriy yilning 7-may kuni Adliya vazirligi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari, “Yuksalish” harakati, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

▪️Davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat va jamiyat hayotida fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yanada oshirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy va gumanitar sohalarni rivojlantirishda ularning salohiyatidan to‘laqonli foydalanish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirishdan iborat.


Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi PF–124-son “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni samarali ijro etish, xususan fuqarolik jamiyati institutlarini tashabbusli loyihalarini rag‘batlantirish, ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat ijtimoiy buyurtmalari berish, vazirlik va idoralar huzurida faoliyat olib borayotgan Jamoatchilik kengashlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, mazkur sohada yuzaga kelayotgan muammolarga birgalikda yechim topishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Intellektual mulk sohasi vakillari anjumani

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mehmonxonalarda taniqli brendlardan noqonuniy foydalanilmoqda

🔍 O‘tkazilgan monitoring natijalarida 35 ta holatda mehmonxonalar sayyohlarni chalg‘itib, ularni ko‘proq jalb qilish niyatida sohada taniqli bo‘lgan “Hyatt”, “InterContinental” kabi brendlarga o‘xshash nomlardan foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

⚖️ Brend egalarining murojaatlari asosida 5 ta holatda huquqbuzarliklarga chek qo‘yilib, huquqbuzarlarga o‘z berndlarini yaratish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

⭕️ Qolgan holatlar bo‘yicha ish yurituv davom etmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar! Intellektual mulkka bo‘lgan huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

“Mini traktor” sanoat namunasi sifatida SAP 2674-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va huquqiy muhofazaga olindi.

“Mini traktor”ning asosiy belgilaridan biri uning o‘lchamlari va g‘ildiraklarining o‘ziga xosligi hisoblanadi.

Chunki ushbu хususiyatlar mini traktorga barcha turdagi qishloq va uy xo'jaligi ishlarini bajarishda to‘liq og‘ir vaznli traktorning o'rnini bosish imkonini beradi.


“Mini traktor”ning dizayni - tashqi ko‘rinishi odatdagi traktorlarni yodga soladi, biroq o‘lcham jihatidan odatiy traktorlardan ancha kichik va ixchamroq.

Buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi.

📌Sanoat namunasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Huquqshunoslik yo‘nalishida darsliklar va qo‘llanmalarni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida yangilash ishlarini amalga oshirish holati va kelgusidagi vazifalarni belgilash bo‘yicha davra suhbati o'tkazildi.



Joriy yilning 7-may kuni Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mas’ul xodimlari, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida huquqshunoslik yo‘nalishida darsliklar va qo‘llanmalarni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida yangilash ishlarini amalga oshirishga qaratilgan davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida huquqshunoslik yo‘nalishida darsliklar va qo‘llanmalarni Konstitutsiya asosida yangilash bo‘yicha ishlarni tashkil etish hamda idoralararo ishchi guruhlar tomonidan belgilangan vazifalarni bajarish holati tahlil qilinib, umumiy o‘rta ta’lim, akademik litseylar va professional ta’lim tashkilotlari hamda oliy ta’lim tashkilotlari kesimida ishlarni tashkil etish yuzasidan ishchi guruh a’zolari tomonidan axborotlar tinglandi va takliflar berildi.


Davra suhbati yakunida ta’lim tashkilotlarida sifatli huquqiy ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish va bunda darsliklar va o‘quv adabiyotlarining tutgan o‘rni xususida fikrlar bildirilib, huquqshunoslik yo‘nalishidagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni yangilash ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Andijon viloyati: Andijon tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi "Zangibobo" mahallasida  uyma-uy yurgan holda aholiga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

🖥 Farg'ona viloyati: Bag‘dod tuman FHDY bo‘limi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida 10 yildan ortiq shar’iy nikoh asosida birga yashab kelayotgan oilaning nikohi qonuniylashtirilib, nikoh guvohnomasi topshirildi.

🖥 Jizzax viloyati: Jizzax shahar adliya bo'limi tomonidan tumanning "Sangzor" mahallasida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olishga qaratilgan huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

🖥 Xorazm viloyati: Xiva shahar, Yangibozor va Shovot tumanidagi mahallalarda Adliya boshqarmasi rahbariyatining fuqarolar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

🖥 Namangan viloyati: Uychi tumanida Respublika ishchi guruhi, shu jumladan, Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining sayyor qabuli tashkil etildi.

🖥 Navoiy viloyati: Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatida ishsiz va otaliqqa olingan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar holatini o'rganmoqda.

🖥 Qashqadaryo viloyati: Adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan uyma-uy yurgan holda otaliqqa olingan yoshlarning muammolari o'rganildi.

🖥 Samarqand viloyati: Toyloq tuman "Davlatobod" mahallasida “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o'tkazilib, sayyor qabul tashkil etildi.

🖥 Sirdaryo viloyati: Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida otaliqqa olingan yoshlarning muammolari individual tarzda o‘rganilmoqda.

🖥 Toshkent shahri: Bektemir tuman adliya bo'limi tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM