#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha bosh roʻyxatdan oʻtkazuvchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlariga ishga qabul qilish chogʻida tanlov oʻtkazish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi tomonidan “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha bosh roʻyxatdan oʻtkazuvchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlariga tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 3589, 2024-yil 24-dekabr) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Ushbu Nizomda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha bosh roʻyxatdan oʻtkazuvchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlariga ishga qabul qilish chogʻida tanlov oʻtkazish tartibi belgilangan.
Xususan, ishga qabul qilish chogʻida tanlov oʻtkazish uchun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining buyrugʻi bilan doimiy faoliyat yuritadigan tanlov komissiyasi tashkil etiladi.
Tanlov jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi.
Tanlov komissiyasi tomonidan tanlov tadbirlari oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy veb-saytida boʻsh (vakant) roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlari boʻyicha maʼlumotlar hamda tanlov oʻtkazish joyi va kunlari, tanlov tadbirlarida berilishi mumkin boʻlgan savollarning namunaviy roʻyxati joylashtiriladi.
Nomzodlar ishga kirish uchun Tanlov komissiyasiga ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Nomzodning belgilangan malaka talablariga muvofiqligi, shuningdek ish tajribasi va kasbiy kompetensiyasini aniqlash uchun Tanlov komissiyasi tomonidan test va suhbat sinov tadbirlari oʻtkaziladi.
Birinchi bosqichda test sinovlari oʻtkaziladi va nomzodning natijalari 100 ballik tizimda baholanadi.
Test sinovidan olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizidan yuqori ballni toʻplagan nomzodlar test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi va suhbat shaklida oʻtkaziladigan sinov tadbirining keyingi bosqichiga kiritiladi.
Suhbat shaklida oʻtkaziladigan sinov tadbirida nomzodning natijalari 5 ballik tizimda baholanadi va uning natijalari u oʻtkazilgan kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
Test va suhbat sinov tadbirlarining umumlashtirilgan natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan nomzod tanlov gʻolibi deb hisoblanadi va u boʻsh (vakant) roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimiga ishga qabul qilinadi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim
⚠️ KONTRAFAKT DORILAR YO'Q QILINDI.
Adliya vazirligi tomonidan kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish maqsadida belgilangan tartibda nazorat xaridi va tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, navbatdagi tekshiruvda "Adamed Pharm" kompaniyasiga tegishli "Biseptol" tovar belgisidan foydalanib ishlab chiqarilgan kontrafakt dori mahsulotlari aniqlandi.
Kontrafakt mahsulotlari yo'q qilinib, qonunga xilof xatti-harakatlar to'xtatildi.
❗️ Qonunga muvofiq kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarganlik, respublika hududiga olib kirganlik, sotuvga taklif etganlik yoki shu maqsadlarda saqlaganlik uchun javobgarlik belgilangan.
✅ kanalga a’zo bo’lish
Adliya vazirligi tomonidan kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish maqsadida belgilangan tartibda nazorat xaridi va tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, navbatdagi tekshiruvda "Adamed Pharm" kompaniyasiga tegishli "Biseptol" tovar belgisidan foydalanib ishlab chiqarilgan kontrafakt dori mahsulotlari aniqlandi.
Kontrafakt mahsulotlari yo'q qilinib, qonunga xilof xatti-harakatlar to'xtatildi.
✅ kanalga a’zo bo’lish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LexAI_taqdimoti
“Lex AI” – sunʼiy intellekt yordamida huquqiy masalalarga javob topishga koʻmaklashadigan yagona platformani taqdimoti oʻtkazildi.
Taqdimot ishtirokchilaring fikr va mulohazalari 👉 navbatdagi videoda.
❗️ Platforma hozircha huquqshunos-mutaxassislar sinovidan o‘tmoqda, yaqin vaqtda keng omma uchun ochiladi.
📌 Kanalga ulanish
“Lex AI” – sunʼiy intellekt yordamida huquqiy masalalarga javob topishga koʻmaklashadigan yagona platformani taqdimoti oʻtkazildi.
Taqdimot ishtirokchilaring fikr va mulohazalari 👉 navbatdagi videoda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov Toshkent viloyatida tadbirkorlarning huquqiy muammolarini oʻrgandi
Xususan, vazir o‘rinbosari Chinoz tumanida joylashgan “Right Pak” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishib korxona mas'ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga qaratilgan qonunchilikdagi mavjud imkoniyat va preferensiyalar, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar haqida batafsil tushuntirish berildi.
Shuningdek, korxona faoliyatidagi mavjud huquqiy muammolar muhokama qilindi. Muloqot davomida bildirilgan qonunchilikka takliflar kelgusida batafsil oʻrganilib, tadbirkorlik faoliyatida vujudga kelayotgan tizimli muammolarni hal etish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlar koʻrilishi bildirib oʻtildi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
Oʻktamjon Pattanov: 19 yillik muammo adliya va sud idoralari tomonidan yechim topganidan minnatdorman
Fargʻona shahar adliya boʻlimida fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudi tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi sayyor sudda adliya boʻlimiga kelib tushgan murojaatlar oʻrganildi, fuqarolarning uzogʻi yaqin boʻldi va murojaatlari ijobiy yechim topdi.
Batafsil 👉videolavhada.
📌 Kanalga ulanish
Oʻktamjon Pattanov: 19 yillik muammo adliya va sud idoralari tomonidan yechim topganidan minnatdorman
Fargʻona shahar adliya boʻlimida fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudi tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi sayyor sudda adliya boʻlimiga kelib tushgan murojaatlar oʻrganildi, fuqarolarning uzogʻi yaqin boʻldi va murojaatlari ijobiy yechim topdi.
Batafsil 👉videolavhada.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_sport
Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Xabar berganimizdek, 25–26-noyabr kunlari Toshkentdagi “Paxtakor” stadioni Yengil atletika sport majmuasida Adliya vazirligi xodimlari “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlaridan oʻtdi.
Sport sinovlarining maqsadi — aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Sinovlarda 23 ta vazirlik, yuqori turuvсhi respublika tashkilotlarning 544 nafar xodimlari ishtirok etib, ulardan 208 nafari maxsus talablar bo‘yicha (I daraja: 65 nafar, II daraja: 87 nafar, III daraja: 56 nafar) va 133 nafari ixtiyoriy talablar bo‘yicha (I daraja: 25 nafar, II daraja: 69 nafar, III daraja: 39 nafar) natija qayd etdi.
Xodimlarining ishtiroki hamda ular tomonidan qayd etilgan natijalarning yuqoriligi bilan Adliya vazirligi kuchli uchlikdan o‘rin egalladi (13 nafar xodimdan 2 nafari I daraja, 8 nafari II daraja, 3 nafari III daraja).
Vazirlikning markaziy apparati xodimlari bilan bir qatorda adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev “shaxsiy nаmuna” tamoyili asosida sport normativlarini topshirdi.
Bugun, 24-dekabr kuni Sport vazirligi tomonidan sport sinovlarini tashkil etishda ko‘rsatgan faolligi uchun adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, aholi jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi 2021-yil 16-iyundagi Prezident Farmoniga asosan joriy etilgan.

#Adliya_xabari #Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚡️“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (452-son, 24.12.2024-y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – payshanba kuniga ko'chirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2 yanvar – payshanba qo'shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
➖28-dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);
➖29-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;
➖30-dekabr (dushanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;
➖31-dekabr (seshanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;
➖1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;
➖2-yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni.
📌 Kanalga ulanish
❗️ Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi

#Adliya_xabari
Maktablarda huquqiy fanlarni oʻqitilishini yanada takomillashtirish yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi
Huquqiy taʼlimning holatini tahlil qilish, uni yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, huquq sohasidagi taʼlim ishlarining uslubiy jihatdan taʼminlanishini tashkil etish Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ushbu vazifalar ijrosini ta'minlash doirasida bugun, 24-dekabr kuni Adliya vazirligida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, Kriminologiya tadqiqot instituti, Respublika taʼlim markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti masʼul xodimlari, huquq fani oʻqituvchilari hamda darsliklar mualliflari ishtirok etdi.
Soha mutaxassislari umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan huquqiy fanlarni tahlil qilish va ularni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilib, taklif va tavsiyalar asosida kelgusidagi vazifalarni aniq belgilab oldi.
Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitilayotgan huquqiy fanlar va kurslarni oʻquvchilarning yoshi, psixofiziologik xususiyatini eʼtiborga olib, kundalik hayotda toʻqnash keladigan huquqiy vaziyat va muammolarni oddiy, sodda tilda, turli illyustratsiyalar koʻrinishida huquqiy fanlardan innovatsion yangi avlod darsliklarini tayyorlash taʼkidlab oʻtildi.
Tadbirda bildirilgan taklif va tavsiyalar huquqiy darslik va oʻquv qoʻllanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda ularning yangi avlodini yaratish, oʻquv dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.