ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.5K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LexAI_taqdimoti

Мнение специалистов

Lex.uz — один из самых популярных ресурсов среди юристов Узбекистана, и не только. Внедрение искусственного интеллекта открывает широкие возможности в обобщении, анализе, поиске информации и подготовке аналитических материалов, на которые мы обычно тратим много времени. Этот инструмент, думаю, поможет в нашей работе.

Евгений Янике,
начальник отдела ООО «Лукойл Узбекистан Оперейтинг Компани»

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LexAi_taqdimoti

Mutaxassis taassuroti

LexAI har bir yurist uchun kundalik ishlashda juda muhim platforma boʻladi. Ushbu platforma bizning qonunchiligimizning hammasini qamrab olib, har bitta qaror va farmonni inobatga olib, xulosa qilib yuristlarga madadkor boʻladi. LexAI yanada rivojlanib, muhim bir huquqiy instrumentga aylanishiga ishonaman.

Bobur Shamsiyev
“Dentons” advokatlik firmasi vakili


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LexAi_taqdimoti

Mutaxassis taassuroti

Milliy qonunchilik bazasi platformasi asosida sunʼiy intellektning yaratilishi juda katta voqea va bu ish beradi.

Kamoliddin Bahouddinov,
advokat


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega.

❗️Sahifalarning nomidagi maxsus belgi (✔️) orqali ularni oson ajratib olishingiz mumkin.

Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tamiz:

📱 Telegram
@adliyangiliklari
@huquqiyaxborot
@huquqiyaxborot_lotin (lotin)
@pravoinf (rus)
@leginf (ingliz)

📱 Facebook
https://www.facebook.com/minjustuz

📱 Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews

📱 Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya

📱 X (Twitter)
https://x.com/MinjustUzb

Axborotni ishonchli manbalardan oling!

🖥 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida zamonaviy texnologiyalar boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi

Adliya vazirligi xodimlari uchun zamonaviy texnologiyalar sohasida amaliy bilim va koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi. Maqsad — xodimlarining kasbiy malakasini oshirish va ularni zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan sunʼiy intellekt sohasidagi bilimlar bilan taʼminlashdir.

Seminarda “Mohirdev” MChJ rahbari Anvar Narzullayev maʼruzachi sifatida ishtirok etdi. U sunʼiy intellekt texnologiyalari tarixi, ular yordamida maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish usullari hamda sunʼiyi intellektning istiqbollari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Tadbir davomida Anvar Narzullayev tomonidan quyidagi mavzular ochib berildi:
➖Sunʼiy intellekt texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari va ularning bugungi kundagi oʻrni;
➖Maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda yigʻish va tahlil qilish imkoniyatlari;
➖Sunʼiy intellektning davlat boshqaruvi va huquqiy sohalardagi qoʻllanilishi;
➖Kelajakda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning istiqbollari.

Seminar yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga soha vakillaridan javob oldi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya

Alisher Poʻlatov, “Karavan” vokal instrumental ansambli solisti:
— Soʻnggi paytlarda intellektual mulk masalalari bilan yaqinroq tanishishga toʻgʻri kelmoqda. Men tayyorlagan bir ijodiy ishga nisbatan mualliflik huquqlarim buzilgani haqida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markaziga murojaat qildim. Soha mutaxassislari nafaqat mualliflik huquqimni tiklab berdilar, balki menga bu borada ijodkorlar bilishi kerak boʻlgan muhim maʼlumotlarga ham ega boʻlishimga yordam berdilar.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan O‘ltinko‘l tuman “Dalvarzin” MFY binosida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda viloyat adliya boshqarmasi, tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabullar davomida 22 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 2 tasi joyida hal etildi, 4 tasiga huquqiy tushuntirish berildi hamda 16 ta murojaat o‘rganib chiqish uchun ish yurituvga olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma'lumotlarni taqdim qilish tartibi belgilandi


Adliya vazirligi tomonidan "Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma'lumotlarni taqdim qilish tartibi to'g'risida"gi nizom (roʻyxat raqami 3588, 2024-yil 23-dekabr) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu Nizomga ko'ra, faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma'lumotlar har bir hisobot davri uchun taqdim etiladi.

Advokatlik tuzilmalari tomonidan taqdim etiladigan statistik hisobotda advokatlarga oid ma'lumotlar (uning yoshi, jinsi, staji, ilmiy darajasi), advokatlik tuzilmasining xodimlari, ko'rsatilgan yuridik yordam turlariga oid ma'lumotlar (tergovga qadar tekshiruvda, surishtiruvda, dastlabki tergovda ko'rsatilgan yuridik yordamlar), yuridik yordam olgan shaxslar haqida ma'lumot, tuzilgan bitimlar (shartnomalar), rasmiylashtirilgan orderlar soni ko'rsatiladi.

Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma'lumotlarni taqdim qilish tartibi:

Advokatlik tuzilmasi rahbari tomonidan statistik ma'lumotlar "Yuridik yordam" axborot tizimi (Tizim) orqali advokatlik tuzilmasi joylashgan joydagi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasiga birinchi hisobot davri uchun 10 iyul sanasiga qadar, ikkinchi hisobot davri uchun kelgusi yilning 10 yanvar sanasiga qadar taqdim etiladi.

Advokat advokatlik tuzilmasidan chiqqan taqdirda, uning advokatlik tuzilmasidan chiqquniga qadar amalga oshirilgan faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar taqdim etilishi kerak.

Statistik ma'lumotlar to'liq kiritilgandan so'ng advokatlik tuzilmasi rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi va Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboriladi.

Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan statistik ma'lumotlar umumlashtiriladi va har bir hisobot davri yakunlangandan so'ng kelgusi oyning o'n beshinchi sanasidan kechiktirmay Advokatlar palatasiga yuboriladi.

Advokatlar palatasi tomonidan umumlashtirilgan yakuniy statistik ma'lumotlar har bir hisobot davri yakunlangandan so'ng kelgusi oyning yigirmanchi sanasidan kechiktirmay Adliya vazirligiga taqdim etiladi.

Statistik ma'lumotlar Adliya vazirligi tomonidan Tizimga barchaning foydalanishi uchun ochiq holda joylashtiriladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Davlat xizmatlarida muhim yangilik! 💥


🆕 Suv, gaz va elektr energiyasi hisoblagichini qiyoslashdan o'tkazish uchun qayg‘urmang!📍

⚡️ Endilikda, ushbu hisoblagichlar vakolatli organlar tomonidan tashabbus asosida qiyoslashdan o'tkaziladi.

✅ Yangi tartib qanday bo'ladi?
Davriy qiyoslashdan o'tkazish muddatidan 3 oy oldin vakolatli organ xodimlari tomonidan hisoblagichlar olib ketiladi va qiyoslashdan o‘tkazilib, qayta o‘rnatib beriladi.

📌 Ma'lumot uchun, proaktiv davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarisiz, vakolatli organlar tashabbusi bilan ko'rsatiladigan xizmatlar.


Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-son qarori

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LexAI_taqdimoti

Mutaxassis taassuroti

Lex.uz milliy qonunchilik bazasidan nafaqat mutaxassislar, balki oddiy fuqarolar, talabalar va ustozlarimiz ham keng foydalanib keladi. Sunʼiy intellekt asosida yaratilgan LexAI platformasi ushbu jarayonni yanada jadallashtirish va aholi oʻrtasida bevosita huquqiy savodxonlikni rivojlantirishga katta hissa qoʻshadi. Shubhasiz, ushbu loyiha kelgusida ayrim normativ hamda protsessual hujjatlarni sunʼiy intellekt yordamida ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.

Otabek Mahkamov
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan 60 nafar tibbiyot xodimining 70 million soʻmga yaqin ish haqqi undirib berildi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan tumandagi xizmat koʻrsatilishi belgilangan tashkilotlarda mehnat qonunchiligiga rioya qilinish holati oʻrganilishi natijasida ayrim tibbiyot xodimlariga ish haqlari toʻlab berilmaganligi maʼlum boʻldi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

🚀 Biznesni "15 daqiqada" boshlang!


Adliya vazirligi tomonidan yangi loyihaga qoʻl urildi!

Biznesni "15 daqiqada" boshlash tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyhatidan oʻtkazish jarayonida boshqa davlat xizmatlaridan kompozit shaklda foydalanish imkoniyati yaratilmoqda.

Endilikda, fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida davlat xizmatlari markazlarida roʻyxatdan oʻtish bilan bir vaqtda, tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish uchun vakolatli organga xabarnoma yuborish imkoniyati yaratildi.

Bunda, alohida ariza topshirish va ma'lumotlar taqdim qilish talab etilmaydi.

Bu kabi qulayliklarni yaratish bosqichma-bosqish davom ettiriladi!

Tez va oson biznes boshlash imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM