ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.52K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Sayyor qabulda aholi murojaatlari hal etilmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan Buxoro viloyatining Olot tumanida sayyor qabul oʻtkazilib, aholi muammolari oʻrganildi.

Soliq, aholi bandligi, kadastr va boshqa vakolatli soha vakillari ishtirokida oʻtkazilgan sayyor qabulda 100 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator muammolari masʼullar tomonidan koʻrib chiqildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, oʻrganib chiqish talab etiladigan 30 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari ish yurituvga qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlik subyektlarining muammolarini joyiga chiqib oʻrganish maqsadida “Mergan teks” MCHJ faoliyati bilan tanishildi.

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berilib, muammolari masʼullar ishtirokida muhokama qilindi.

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2012-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
#Muhim

📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Ertaga, 27-avgust kuni Adliya vazirligida “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida matbuot anjumani tashkil etiladi.

Unda Adliya vazirligi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etib, OAV vakillarining savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Qachon❓
27-avgust kuni soat 11:00 da

Qayerda❓
Adliya vazirligi binosida (Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5)

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 0(371)-207-04-54

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2013-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash takomillashtirildi

Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_yechim

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli maʼlumotlarni va hujjatlarni kelishish qanday amalga oshiriladi?


Batafsil javob 👉videoda

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2014-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mahallalarda aholi muammolari o‘rganilmoqda

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Peshku tumani “Mustaqillik” MFYning "mahalla yettiligi" vakillari bilan uchrashib, mahalladagi mavjud muammolarni o'rgandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma‘muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas‘uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Farmonida (PF-80-son, 24.05.2024 y.) belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan adliya organlari va "mahalla yettiligi" vakillarining hamkorlik yo'nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla aholisi va yoshlarning muammoli masalalari yuzasidan "mahalla yettiligi" vakillariga huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berilib, turli masalalarda amaliy yordam ko‘rsatildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosini o'rganish maqsadida Peshku tumanining limonchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishildi hamda ularning muammolari mas'ullar bilan birgalikda muhokama qilindi.

Peshku va Romitan tumanlarida adliya organlari tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi o'rganilib, ularning davlat xizmatlarini ko'rsatishda qulayliklarni oshirishga qaratilgan takliflari ko'rib chiqildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat organlariga ijtimoiy sheriklik asosida fuqarolik jamiyati institutlarining loyihalarini BHMning 1000 baravarigacha tanlovlarsiz moliyalashtirish huquqi berilmoqda

Bugun Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida matbuot anjumani tashkil etildi.

👉Batafsil
___

👉На русском языке

@adliyangiliklari