ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.52K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, adliya vaziri Surxondaryo viloyat yuridik texnikumida oʻquv jarayonlarini tashkil etilganlik, oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining taʼminlanganlik darajasi bilan yaqindan tanishdi. Texnikum binosi 600 oʻringa moʻljallangan, 150 oʻrinli oʻquvchilar turar joyi, sport zali, sport oʻyinlari uchun maydonlardan iborat.

Vazir texnikumdagi mavjud muammolar yuzasidan oʻz tavsiyalarini hamda oʻquvchilarni kelgusida kasbga yoʻnaltirishga doir qilinishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha aniq topshiriqlar berdi.

Navbatdagi manzil — X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining hududiy boʻlimi boʻldi. Adliya vaziri tomonidan uning faoliyatidagi mavjud muammolar va kelgusida rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.

Xizmat safari doirasida Akbar Toshqulov, shuningdek, Termiz shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius bilan suhbatlashib, bugungi kunda notarial idoralar faoliyatida yigʻilib qolgan muammolarni atroflicha tahlil qildi, ularni bartaraf etish mexanizmlari va takliflarni oʻrtaga tashladi.

Adliya vaziri notarial arxiv faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, mavjud sharoitlarni koʻzdan kechirdi, aniqlangan kamchiliklar boʻyicha aniq koʻrsatmalar berdi.

Shu kunning oʻzida Akbar Toshqulov Termiz shahar adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi. Taʼkidlangandek, adliya organlarining asosiy vazifasi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, mahalladagi “yettilik” bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishdir.

Shuningdek, davlat xizmatlari markaziga kelgan fuqarolar bilan muloqot qilinib, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va xodimlarining muomala harakati yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Oʻrganish davomida “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan fuqarolarga huquqiy masalalar boʻyicha, shu jumladan onlayn maslahatlar va tushuntirishlar berish yoʻli bilan birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2015-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
Янги Ўзбекистон -№173.pdf
5 MB
#Adliya_va_OAV

«Yangi O‘zbekiston» gazetasining 173 (1234)-sonida (2024-yil 28-avgust) «O‘zgarayotgan huquqiy tafakkur hodisasi mamlakat taraqqiyoti, inson qadrini ulug‘lashda o‘qildizdir» nomli adliya vaziri Akbar Toshqulovning «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari bosh muharririga bergan intervyusi chop etildi.

Suhbat bilan tanishib chiqishingiz mumkin (1—3-sahifa).

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Davlat siriga nimalar kiradi? “E-qaror” platformasi orqali qarorlarning yashirin qabul qilinayotgani sababi nimada? Nima uchun hokimlarning ko‘pgina qarorlari bekor qilinmoqda? O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga egalik huquqi qanday beriladi?

🖥 O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan suhbat.

📹 Batafsil videoni ko‘rish 👉https://youtu.be/P7QPWH1z2XI

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_yechim

Bir martalik umumdavlat aksiyasining muddati oʻtganligi uchun arizalarning koʻrib chiqilishi yakuniga yetmagan boʻlsa ijara va mulki huquqi qanday tartibda eʼtirof etiladi?


Batafsil javob 👉videoda

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yoshlar bilan ishlash masalasi muhokama qilindi


Joriy yilning 27-avgust kuni yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, jarayonlar holati muhokama qilindi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev boshchiligida “Zoom” platformasi orqali oʻtkazilgan yigʻilishda Yoshlar ishlari agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, hududiy adliya organlari, shu jumladan, tuman (shahar) adliya boʻlimlarining masʼullari ishtirok etdi.

Tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigʻilish davomida yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish boʻyicha koʻrsatma va takliflar bildirildi.

Yangi oʻquv yilida adliya organlari va muassasalariga yoshlarning tashrifini tashkil qilish orqali “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbirlarini oʻtkazib borish, huquqshunoslik kasbining obroʻsi va nufuzini oshirish, yoshlarni huquqiy bilim olishga qiziqtirish boʻyicha amaliy tadbirlarni tashkil qilish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Yigʻilish yakunida vazirlikning tegishli boʻlinmalariga belgilangan vazifalarni qisqa muddatlarda va toʻliq amalga oshirish yuklatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Hududlarda aholi va tadbirkorlar muammolarini hal qilish samaradorligi tahlil qilinmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev xizmat safari bilan Andijon viloyatiga tashrif buyurib, joylarda aholi va tadbirkorlarga xizmat koʻrsatish, muammolarini aniqlash va hal qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni oʻrganmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi Xoʻjaobod tumani, “Xidirsha” MFY misolida tahlil qilinib, masʼullarga kerakli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Andijon tumanidagi “Andijon sanoat xabi”da “Avto Spring” Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishilib, 40 ga yaqin tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi hamda ularning muammo va takliflari masʼullar ishtirokida muhokama qilindi.

Xoʻjaobod tumanidagi “TURON TEX” Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishilib, tadbirkorlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Xoʻjaobod tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi hamda davlat arxivi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi oʻrganilib, ularning xizmat koʻrsatish qulayliklarini oshirishga qaratilgan takliflari koʻrib chiqildi.

@adliyangiliklari