#Adliya_xabari
ANGIDONLIKLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Xatirchi tumani Navoiy viloyatining yirik hududlaridan biri. Bu yerda mahallalar soni 70 ta. 200 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Fuqarolarning asosiy muammosi bandlik va bank-kredit masalalari bilan bog‘liq.
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan tuman aholisining maishiy turmush sharoiti, murojaatlari va yoshlar masalalari o‘rganildi.
Dastlab tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida qurilish obyektlari bilan yaqindan tanishib, mavjud masalalar yuzasidan taklif va huquqiy tushunchalar berildi.
Shundan so‘ng tumanning olis hududlaridan biri "Angidon" mahallasida yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi. 9 ta qishloqdan iborat mazkur hududda aholi asosan chorvachilik va bog‘dorchilik hisobiga kun kechiradi.
Mahalla hududida joylashgan maktablarning birida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida maktablarga sport maydonchalari, zamonaviy kompyuter jamlanmalari, laboratoriya jihozlari zarurati borligi yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash masalalari ham e’tibor markazida bo‘ldi.
Sayyor qabul ham o‘tkazildi. Fuqarolar bandlik, subsidiya olish, oilaviy va mehnat munosabatlari, bank-kredit masalalarida mas'ullarga yuzlanishdi.
Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi yillarda Angidonda ekoturizm rivojlanib bormoqda. Bu infrotuzilmaning tobora yaxshilanishiga turtki bo‘ladi. Endilikda hududda “Mehmon uylari”ni tashkil etish amaliyoti ham keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yilmoqda. Fuqarolar mazkur yo‘nalishda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Shuningdek, kelganlarga elektron imzo olish, farzandini ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish singari masalalarda 10 ta turdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Muloqot davomida Vazirlar Mahkamasining 204-son qarori mazmum-mohiyati yuzasidan aholiga huquqiy tushunchalar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.
@adliyangiliklari

#Muhim
📣 Hurmatli fuqarolar!
Bugun Toshkent shahrining barcha tuman davlat xizmatlari markazlarida Internet tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli tuman davlat xizmatlari markazlarida xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz.
Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ADLIYA YANGILIKLARI
#Muhim 📣 Hurmatli fuqarolar! Bugun Toshkent shahrining barcha tuman davlat xizmatlari markazlarida Internet tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli tuman davlat xizmatlari markazlarida xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz.…
Hozirda tuman davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarga uzluksiz xizmatlar ko'rsatilmoqda.
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
White & Case yuridik firmasining hamkori va AQSh — Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Bugun adliya vaziri Akbar Toshqulov White & Case yuridik firmasining hamkori va AQSh — Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Maʼlumot uchun: White & Case yuridik firmasi AQShning eng kuchli yuridik firmalar “Big law” reytingida birinchi beshtalikka kiruvchi, 31 ta davlatda oʻz vakolatxonalari orqali faoliyat yurituvchi hamda Oʻzbekistonda ilk faoliyatini 1993-yil boshlagan yirik yuridik firmalardandir. K.Lemm uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan.
Uchrashuvda tomonlar mamlakatning investitsion salohiyatni mustahkamlash, Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etish, vazirlik xodimlarining White & Case yuridik firmasining Vashingtondagi ofisida malakasini oshirish masalalarida atroflicha fikr almashdilar.
K.Lemm Oʻzbekistonda sud-huquq islohotlari va investitsion muhitni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy natija berayotganini, buning aniq misoli 2023-yil Vashingtonda oʻtkazilgan Oʻzbekiston — Amerika biznes forumida ishtirok etgan 350 dan ortiq amerikalik investorlarning Oʻzbekistonga sarmoyalar kiritishga boʻlgan ishtiyoqida oʻz aksini topganligini qayd etdi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
📹 Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan Navoiy viloyatining Xatirchi tumani aholisining maishiy turmush sharoiti, murojaatlari va yoshlar masalalari o‘rganildi.

Navoiyning shimoliy hududlari va yirik ishlab chiqarish quvvatlari oʻrganildi
Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlari viloyat markazidan 200–300 km uzoqlikda joylashgan. Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tomonidan mazkur hududlarda aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari, fuqarolarning maishiy turmush sharoiti va murojaatlari oʻrganildi.
Bugungi kunda viloyatning shimoliy hududida umumiy hisobda 140 mingdan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Fuqarolarning aksariyati togʻ-kon sanoatida faoliyat yuritadi. Tomdiliklarning asosiy daromadi esa chorvachilik orqasidan. Hududga xos boʻlgan muammolar suv va uy-joy taʼminoti, yoʻl qurilishi hamda bandlik bilan bogʻliq.
Mazkur hudud fuqarolari asosan ruhiy kasalliklar va narkologiya dispanserida navbatda turish yoki turmaslik, sudlanganlik yoki sudlanmaganlik boʻyicha maʼlumot olish hamda farzandlarini taʼlim muassasalariga navbatga qoʻyish boʻyicha eng koʻp davlat xizmatlaridan foydalanishgan. Mas’ullar aholi murojaatlarini oʻrganishar ekan ushbu masalalarga alohida eʼtibor qaratishdi.
Shundan soʻng, davlat xizmatlarida fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirilib, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va xorijga chiqish pasportlarini berish, qonunchilik tartibida rasmiylashtirish, yuridik xizmat koʻrsatish, FHDY va arxiv hujjatlari holati tahlil etildi.
Bundan tashqari, adliya vaziri oʻrinbosari viloyatning yirik ishlab chiqarish quvvatlaridan biri “Navoiyuran” davlat korxonasining bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. “Navoiyuran”DK esa mamlakatimizda uran qazib olish boʻyicha yagona korxona hisoblanadi. Hozirgi kunda “Navoiyuran” DK oʻz mahsulotini 100 foiz eksportga yoʻnaltirmoqda.

#Adliya_yoshlar
Otaliqqa olingan yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Samarqand viloyatidagi barcha tuman, shaharlarda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bilan hamkorlikda otaliqqa olingan yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Unda 60 dan ortiq tashkilotlar va davlat idoralari, muassasalar 400 dan ziyod ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
👉Batafsil