#Adliya_seminar
PREZIDENT HUJJATLARI IJROSI NAZORATI ADLIYA EʼTIBORIDA
Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida Prezident hujjatlari ijrosi bilan tanishdi. Viloyat hokimligida tashkil etilgan amaliy seminar davomida mazkur yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar va mavjud kamchiliklar tanqidiy koʻrib chiqildi.
Dastavval ijro intizomi xususida soʻz yuritilib, “Ijro.gov.uz” tizimiga koʻra yuborilgan hujjatlar, ularning ijro holati, hokimlik va tashkilotlar kesimida tanqidiy tahlil etildi.
Suningdek, “Sayxunobod tajribasi”ni hududlarda joriy etish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, aholi bandligini taʼminlash hamda xorijdan qaytgan mehnat migrantlarini ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ham mutasaddi idoralar tomonidan maʼlumotlar olindi.
@adliyangiliklari

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_OAV
Maxsus reportaj: Uy-joyni ijaraga olganda bilish lozim bo‘lgan qoidalar
00:00 — Kirish
01:10 — Ijara shartnomasi qanday va qancha muddatga tuziladi?
02:19 — Onlayn tarzda ijara shartnomasini rasmiylashtirish tartibi qanday?
03:48 — Hozirda mamlakatimizda ijara miqdori qancha etib belgilangan?
04:38 — Ko‘chmas mulkni ijaraga olgan fuqaro qancha soliq to‘laydi?
05:17 — Ijara shartnomasini tuzmasdan ko‘chmas mulkdan foydalanilsa qanday chora qo‘llaniladi?
06:24 — Ko‘chmas mulkini ijaraga beruvchi fuqarolar uchun qanday imtiyozlar bor?
06:51 — Ijaraga olingan uyni kim ta’mirlaydi?
07:45 — Ijara shartnomasi qanday holatlarda bekor qilinadi?
08:46 — Ijaraga olingan uyni boshqa kishiga ijaraga berish mumkinmi?

#Adliya_xabari
Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish orqali xizmatlar yanada qulay va ovoragarchiliklarsiz koʻrsatilmoqda
FHDY organlarida saqlanayotgan 60 mlndan ortiq qogʻoz shaklidagi dalolatnoma yozuvlari raqamlashtirilib, axborot tizimlariga kiritildi. 8 mlndan ortiq oila tarkibi shakllantirildi, fuqarolarga tegishli boʻlgan JSHSHRlar toʻliq biriktirish choralari koʻrilmoqda.
Natijada, oʻrtacha xizmat koʻrsatish vaqtini 12 daqiqadan 5—7 daqiqagacha qisqartirishga erishildi. Fuqarolar tomonidan ayrim vakolatli tashkilotlarga taqdim etiladigan hujjatlarning axborot tizimi orqali olinishi yoʻlga qoʻyilib, birgina 2023-yilda 20 tonnadan ortiq qogʻoz hamda 21 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ tejaldi.
YIDXP orqali tugʻilganlik haqida birlamchi va takroriy guvohnomalar olish uchun onlayn ariza yuborish va natijasi yuzasidan guvohnomalarni pochta orqali yashash manziliga yеtkazib berish xizmatlari joriy qilindi.
Mazkur xizmatlar fuqarolarga koʻplab qulaylik va imkoniyatlar yaratganligini inobatga olgan holda boshqa turdagi guvohnomalarni olish uchun ham YIDXP orqali onlayn arizalar berish imkoniyatlarini yaratish rejalashtirilgan.
Shuningdek, FHDY organlari tomonidan 5 ta xizmatni tezlashtirilgan tartibda koʻrsatish amaliyoti yoʻlga qoʻyilib, joriy yilda 15 mingdan ortiq xizmatlar belgilangan muddatlardan oldin koʻrsatilishi taʼminlandi.
Arxiv hujjatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida FHDY boʻlimlari va idoraviy FHDY arxivida boʻldi.
Xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganilib, ularning sohani yanada rivojlantirish boʻyicha fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

#videodaydjest
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Malaka komissiyasining qaroriga asosan, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:
Urgut tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius G‘.Xoshimovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilishi (olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga) joriy yil 29-aprelidan vaqtincha to‘xtatildi.

#Muhim
❗️ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tmoqchimiz:
▫️Facebook
https://www.facebook.com/groups/adliya
https://www.facebook.com/minjustuz
▫️Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews
▫️Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya
▫️Telegram
@huquqiyaxborot
@pravoinf
@leginf
@adliyangiliklari
Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega. Sahifalarning nomidagi maxsus belgi (✔️) orqali ulanrni oson ajratib olish mumkin.
Axborotni ishonchli manbalardan oling!

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Jenevada BIMT Taraqqiyot va Intellektual mulk qo'mitasining 32-sessiyasi boshlandi.
Joriy yilning 29-aprel - 3-may kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) Taraqqiyot va Intellektual mulk qo'mitasining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tadi.
Sessiyada 100 dan ortiq davlatlar vakillari qatorida O'zbekiston nomidan Adliya vazirligi vakili ishtirok etmoqda.
Sessiya kun tartibidan barqaror rivojlanishda intellektual mulkning o'rni, intellektual mulk va ayollar, BIMT loyihalarining natijadorligi, ijtimoiy mulkka aylangan obyektlardan samarali foydalanish kabi masalalarni muhokama qilish o'rin olgan.

#Sayyor_qabul
Samarqandda “Intellektual mulk markazi” DM tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi
Samarqand viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi va viloyat adliya boshqarmasining masʼullari boshchiligida sayyor qabul tashkillashtiridi. Unda tadbirkorlik subyektlari, manfaatdor shaxslar, mualliflar, hammualliflar, hunarmand va ijodkorlar ishtirok etdi.
👉Batafsil
______________
“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mas’ullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida sayyor qabul o‘tkazdi
29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi mas’ul xodimlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Adliya vazirligida Intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq sayyor qabul o‘tkazildi.

Bugun, 30-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Tovar belgilari bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi Singapur shartnomasini (Singapur, 2006-yil 27-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov loyiha yuzasidan ma'ruza qildi.
Ta'kidlangandek, mazkur shartnoma ratifikatsiya qilinishi bilan tovar belgilariga oid mavjud xalqaro normalarni modernizatsiya qilish, xususan, hujjatlarni elektron shaklda topshirish, elektron imzodan foydalanish, noodatiy tovar belgilarini (tovush, golografik belgilar) tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish kabi tartiblar joriy etiladi.
Shuningdek, uyg‘unlashtirilgan tartib-qoidalar va standartlashtirilgan hujjat shakllari bir necha davlatlarda va O‘zbekistonda tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishga intilayotgan mahalliy va xorijiy korxonalarning vaqti va mablag‘i tejaladi.
Bundan tashqari, tovar belgisidan foydalanishga oid litsenziya hamda huquqni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda maksimal talablarning joriy etilishi natijasida ortiqcha hujjatlarni taqdim qilish bartaraf etiladi. Bu orqali milliy va xorijiy tovar belgisidan shartnoma asosida foydalanish soni oshadi.

“Hollywood” filmlaridan ruxsatsiz foydalangan fuqaro jarimaga tortildi
Аdliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaatini ko‘rib chiqish davomida fuqaro T.B tomonidan “ВОНКА” va “АКВАМЕН И ПОТЕРЯННОЕ ЦАРСТВО” filmlarining ovozi ular kinoteatrda namoyish etilayotgan vaqtda uyali telefonga yozib olinganligi ma’lum bo‘ldi.
Natijada huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan filmning ovozi va videotasviri birlashtirilib internet orqali barchaning e’tiboriga yetkazilganligi aniqlandi. Holat yuzasidan fuqaro T.B. ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini ko‘rib chiqishlik uchun tegishli sudga yuborildi.
Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun jarima jazosi tayinlandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qat’iy nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.
Hurmatli fuqarolar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish maqsadida tegishli tartibda sudga yoki Adliya vazirligiga murojaat qiling.