ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

📹 Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ayollarning jamiyatdagi mavqei, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlik haqida.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

Adliya vazirining yoshlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda. Ruslanbek Davletov yoshlarning savollariga javob bermoqda:

▫️Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqish jarayonlari haqida;
▫️Yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligi institutini joriy etish va korporativ javobgarlik haqida.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish haqida.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

📹 Adliya vaziri Ruslanbek Davletov "Yangi O'zbekiston" konsepsiyasi haqida.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

📹 Adliya vaziri Ruslanbek Davletov korrupsiyaga qarshi kurashish va bu borada Singapurning tajribasi haqida.

@adliyangiliklari
#Adliya_yoshlar

❗️ Abiturientlar uchun test sinovlaridan oldin ovozli chat marafoni

Xabaringiz bor, 8 avgustdan O‘zbekiston bo‘ylab test sinovlariga start beriladi. Salkam 1 million 200 ming nafar abiturientlar va ularning yaqinlari uchun hayajonli damlar boshlanadi.

Test sinovlaridan oldin abiturientlarga motivasiya va maslahatlar berish maqsadida 6—7 avgust kunlari (shanba va yakshanba) @xushnudbek Telegram kanalida turli darajadagi mas'ul shaxslar bilan qisqa suhbatlar tashkil qilinmoqda. Ushbu marafonda adliya vaziri Ruslanbek Davletov ham spikerlar qatorida ishtirok etadi.

6-avgust, 20:00

O‘tkazib yubormang!

@adliyangiliklari
#Islohotlarga_daxldorman

🖥 Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targʻib qilish, fuqarolarimizning bilimlarini oshirishga qaratilgan “Islohotlarga daxldorman” loyihasiga start berilgan. Loyiha doirasida joylarda turli formatdagi tadbirlar tashkil qilinmoqda.

✔️ Xususan, loyiha targʻibot guruhi aʼzolari Navoiy viloyati yuridik texnikumida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinida bellashdi.

✔️ “Tengdosh — tengdoshga” tamoyili asosida Namangan davlat universitetida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuv kuchli munozaralarga boy oʻtdi.

✔️ Andijon viloyatida “Islohotlarga daxldorman” shiori ostida keng qamrovli targʻibot aksiyasi faollari Marhamat tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida boʻldilar.

✔️ Termiz shahar 11-sonli maktabda “Islohotlarga daxldorman” loyihasi doirasida viktorina oʻtkazilib, gʻoliblar targʻibot guruhi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

✔️ Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Islohotlarga daxldorman” loyihasi targʻibotchilari Qarshi shahridagi Nuriston akademik litseyida interfaol usulda uchrashuv tashkil oʻtkazdilar.

✔️ Kattaqoʻrgʻon garnizonida joylashgan 02855-sonli harbiy qismida “tengdosh — tengdoshga” tamoyili asosida targʻibot guruhlari tomonidan turli interfaol oʻyinlar va viktorinalar tashkil etilib, huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirildi.

✔️ Qibray tumani “Yoshlik” mahallasida joylashgan kasb-hunar maktabida tashkil etilgan uchrashuvda yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imtiyozlar, yoshlarning erishayotgan yutuqlari va kelgusidagi rejalar haqida toʻxtalib oʻtildi.

✔️ Urganch shahar “Ishga marhamat” monomarkazi hamda Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktablarida “Islohotlarga daxldorman” loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

✔️ “Islohotlarda daxldorman” shoiri ostida Sirdaryo viloyat yuridik texnikumi va Guliston davlat pedagogika institutida targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.

✔️ Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Islohotlarda daxldorman” shiori ostida “tengdosh — tengdoshga” tamoyili asosida Geologiya fanlari universitetida huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

✔️ Jizzax viloyatida “Islohotlarga daxldorman” loyihasi doirasida tashkil etilgan targʻibot tadbirlarida 200 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

✔️ “Islohotlarga daxldorman” shiori ostida keng qamrovli targʻibot aksiyasi Fargʻona viloyatida ham tashkil etilmoqda.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

Otaliqqa olingan yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Samarqand viloyatidagi barcha tuman, shaharlarda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bilan hamkorlikda otaliqqa olingan yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda 60 dan ortiq tashkilotlar va davlat idoralari, muassasalar 400 dan ziyod ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_yoshlar

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi TDYU o‘qituvchilari va talabalari hamda Surxondaryo viloyat yuridik texnikumi mas'ul xodimlari ishtirokida Termiz shahridagi "Amudaryo" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida adliya otalig‘iga olingan maktab o‘quvchilari o‘rtasida davra suhbati tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

Tadbir davomida, bolajonlar uchun “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida sport o‘yinlari, xususan, shaxmat, shashka hamda stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Qizg‘in davom etgan bahslarda g‘oliblar munosib taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlar yoshlаr o‘rtаsidа yot g‘oyalаr tа’sirigа tushib qolishning oldini olishgа, huquqbuzаrliklаrgа nisbаtаn murosаsizlik munosаbаtini shаkllаntirishga, ulаrdа qonunlаrgа hurmаt hissini kuchаytirishgа xizmat qiladi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_yoshlar

Yoshlar bilan ochiq muloqot: Adliya boshqarmasida samimiy uchrashuv

🔹Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev boshchiligida tizimdagi yoshlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_yoshlar

🔹Yoshlar masalasi adliya organlari tizimida ham kun mavzusiga aylangan. Ular bilan ishlash turli shakldagi huquqiy targ’ibot tadbirlari qatori, murojaatlarini o’rganish, huquqiy tahlil va ijobiy hal etish mexanizmida amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy kam ta’minlangan, profilaktik hisobda turgan, ishsiz, og’ir toifadagi y0shlarni otaliqqa olish amaliyoti masalalarga individual yondashish imkoniyatini kengaytirib, natijadorlikni oshirmoqda.

🔸Bahrom Hamrotoshev Navoiy viloyati, Xatirchi tumanining “Fidokor” mahallasida istiqomat qiladi. U joriy yil 25 yoshni qarshi oldi. Shu kunga qadar mahallada ishsiz yoshlar ro’yxatida turar edi. Tuman adliya bo’limi mas’ullari uyma-uy yurgan holda Bahromning sharoiti, rejalari, imkoniyatlarini o‘rganib, murojaatini ish yurituviga qabul qildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_yoshlar

📝Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga 156 nafar yoshlar biriktirilgan bo‘lib, adliya organlari tomonidan nomma-nom biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlab, doimiy muloqot qilib kelinmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_yoshlar

🌱 “Yashil makon” umummilliy harakati davom etmoqda


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, ularning ekologik mas’uliyatini oshirish hamda yashil hududlarni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, aksiya doirasida tozalik va obodonlashtirish ishlari ham olib borilib, hududlarni yanada fayzli va ko‘rkam holga keltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Yashil makon” umummilliy harakati doirasidagi bunday ezgu tashabbuslar ekologik madaniyatni yuksaltirish va sog‘lom yashash muhitini yaratishda muhim аҳамiyat kasb etadi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦 #adliya_yoshlar

Yoshlar harbiy qisimda...

Ayni paytda yoshlar Navoiy harbiy garnizonidagi harbiy qismda Qurolli Kuchlar faoliyati bilan tanishmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
#adliya_yoshlar

Bugun Qarshi shahrida bir guruh yoshlar hamda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T. Imomberdiyev ishtirokida viloyat yuridik texnikumida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

❗️Mazkur uchrashuv davomida 9-sinf bitiruvchilari texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirilib, ular uchun ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.

Muloqot jarayonida yoshlar sportchilar, psixologlar hamda mashhur aktyorlar bilan suhbatlashish imkoniga ega bo‘lishdi. Ular tomonidan o‘z hayot yo‘llari, erishilgan yutuqlar va duch kelgan qiyinchiliklar haqida qiziqarli hikoyalar aytib berildi.

🎬 Shuningdek, uchrashuv doirasida yoshlarni turli salbiy illatlardan ogohlikka chaqiruvchi "Drug Dealer" filmi namoyish etildi. Film orqali giyohvandlikning salbiy oqibatlari va uning inson hayotiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri haqida muhim tushunchalar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_yoshlar

NAVOIY: QISHLOQQA KITOB KARVONI

📍Navoiyda "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"ning navbatdagi manzili Nurota tumani.

"Yangiobod" qishlog'i tumanning olis hududlaridan biri. Bu yerda aholi asosan chorvachilik bilan kun kechiradi. Qishloqda 33-sonli umumta'lim maktabi joylashgan bo'lib, ayni paytda ta'lim muassasasida 400ga yaqin yosh tahsil olmoqda. Maktabga "Qishloqqa kitob karvoni" shiori ostida adliya boshqarmasi tomonidan badiiy adabiyotlar jamlanmasi taqdim etildi.

🔖Shundan so'ng, adliya boshqarmasi boshlig'i yoshlar bilan muloqot o'tkazdi. Suhbatda yoshlar masalasi, ularning qiziqishlari, taklif va tashabbuslari o'rganildi.

✔️Tadbir "Zakovat" intellektual o'yiniga ulandi. Huquqiy, ijtimoiy-iqyisodiy, fan, adabiyot, san'at va tarix singari turli mavzularni qamrab olgan mazkur bellashuv yosh bilmdonlarni bir davraga jamladi. Tadbir yokunida ishtirokchilarga esdalik sovg'alar tooshirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
#adliya_yoshlar

Harbiy xizmatdagi yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o'tkazildi

Nishon tumani Nuriston shaharchasida joylashgan №99763-son harbiy qismda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati hamda Nishon tumani adliya bo'limi tomonidan harbiy xizmatni o'tayotgan yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, qonunchilikdagi yangiliklar hamda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.


Shuningdek, tadbirda yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga mas'ullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida mas'ullar harbiy qismda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat o'tash va yashash muhiti bilan ham yaqindan tanishdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
7🔥1
#yoshlar_kuni
#adliya_yoshlar

📣Yoshlar kuni” doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Shayxontohur tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazida "Bepul yuridik yordam kuni" mavzusida yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

🔰 Muloqot davomida, yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan huquqlar va imtyozlar, shuningdek, adliya organlarining vazifa va funksiyalari hamda adliya organlarida faoliyatni boshlash va ishga kirish uchun qonunchilikda belgilangan talablar haqida ma’lumotlar berildi.
 
Shuningdek, tadbirning ikkinchi qismida yoshlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 312-son qarori hamda boshqa qonunlarda belgilangan imtiyozlar boʻyicha batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.
 
Ⓜ️ Ishtirokchi yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

📄 Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan muammo va takliflar nazoratga olindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
9🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_yoshlar

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i ishtirokida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍2👏2
#Adliya_yoshlar
#Yoshlar_kuni

"Yoshlar kuni" doirasida uchrashuv tashkil etildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ hamda “PRAE LEGAL” advokatlik firmasi advokati D.Axmatov ishtirokida yoshlar bilan uchrashildi.

Uchrashuv davomida advokatlik va adliya faoliyatidagi eng dolzarb amaliy masalalar, qonunchilikni qo‘llashda uchrayotgan murakkab keyslar va ularning yechimlari, yosh xodimlarning professional salohiyatini oshirish va xizmat intizomi masalalari muhokama qilindi.
 
Bunday tadbirlar yosh kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish, qonunchilikni amalda to‘g‘ri va bir xilda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda adliya tizimida ochiq muloqot muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ochiq muloqot chog‘ida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda zamonaviy g‘oyalarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4👏4🔥2