ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Biz_birgamiz

Toshkent VI xalqaro marafonida nogironligi bo‘lgan shaxslar ham ishtirok etdi

Joriy yilning 20-aprel kuni mamlakatimizda BYD Tashkent VI xalqaro marafoniga start berildi.

Ushbu marafonda Adliya vazirligining “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar ommaviy yugurish musobaqasiga jalb qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan Boʻstonliq tumanida 30 gektar yer maydonida bogʻ yaratildi

 
Adliya vazirligi tizimi xodimlari mamlakatimizni yashil makonga aylantirishga astoydil bel bogʻlab, ushbu xayrli ishlarga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.

Bugun, 20-aprel kuni Boʻstonliq tumanida tashkil etilgan daraxt ekish aksiyasi bunga yana bir yaqqol misoldir. Oqsoq ota soy hududida keng miqyosli koʻkalamzorlashtirish ishlariga start berildi. Vazirlik tomonidan 30 gektar yer maydonida bodom, naʼmatak va boshqa bir qator manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekildi.

Taʼkidlash kerakki, daraxtlar havodagi zararli karbonat angidridni yutib, oʻrniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi. Ular issiqda salqinlik beradi, atrof-muhitni shovqinlardan himoya qiladi. Aholi yashash punktlarida daraxtlar ekish, yashillikni yaratish va yangilash – doimiy jarayon, bunda asosiysi, niholni ekishda hududning xususiyatini, sugʻorish, iqlimi, tuprogʻini hisobga olishdir. Shuning uchun vazirlik jamoasi ushbu masalalarda oʻrmon xoʻjaligi mutaxassislarini, ekologlarni doimo jalb qilib keladi.

Boʻstonliq tumanida “Adliya bogʻi” yaratishda ham koʻchat ekish jarayonlari maxsus mutaxassis koʻrsatmalariga asosan, daraxt ekish qoidalariga rioya etgan holda amalga oshirildi. Shuningdek, mazkur xayrli ishlar shu bilan yakuniga yetmaydi, “Adliya bogʻlari” nafaqat bir kunda, balki doimiy ravishda oʻz tartib qoidasi boʻyicha parvarish qilinib boriladi.

Bahor mavsumida Adliya vazirligi tizimi tashkilotlari tomonidan qadar 80 ming dona koʻchat ekildi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili noyabr oyida Toshkentning Mirobod, Yakkasaroy, Yunusobod, Shayxontohur, Olmazor, Sergeli hamda Yangihayot tumanlarida 3 gektardan ziyod yer maydonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Adliya bogʻlari” barpo etildi. Loyiha doirasida viloyat va tuman adliya organlari ham oʻz hududlarida bogʻlar barpo etib, 100 mingdan ortiq daraxt ko’chatlari ekildi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 9-apreldagi 12/2024-son yigʻilish qarori va Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2024-yil 13-apreldagi 100-um-son buyrugʻiga asosan Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan
▫️Zangiota tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Ermumin Mirzayevich Raxmanovga 2020-yil 22- aprelda berilgan TS 0039 raqamli xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 15-aprel kunidan 1 (bir) oy muddatga toʻxtatildi;

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 9-apreldagi 13/2024-son yigʻilish qarori va Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2024-yil 13-apreldagi 101-um-son buyrugʻiga asosan Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan
▫️Boʻstonliq tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Zemzegul Anarkulovna Duysenovaga 2020-yil 20-aprelda berilgan TS 0018 raqamli xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 15-aprel kunidan 1 (bir) oy muddatga toʻxtatildi;

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 9-apreldagi 14/2024-son yigʻilish qarori va Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2024-yil 13-apreldagi 102-um-son buyrugʻiga asosan Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan
▫️Chinoz tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Gulirux Farxadovna Xatamovaga 2020-yil 22-aprelda berilgan TS 0075 raqamli xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 15-aprel kunidan 1 (bir) oy muddatga toʻxtatildi;

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 9-apreldagi 15/2024-son yigʻilish qarori va Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2024-yil 13-apreldagi 103-um-son buyrugʻiga asosan Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan
▫️Boʻka tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Shaxnoza Xakimovna Yoqubovaga 2020-yil 20- aprelda berilgan TS 0012 raqamli xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 15-aprel kunidan 15 (oʻn besh) kun muddatga, agar 15 kunda bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar toʻxtatildi.

@adliyangiliklari
❤1