ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Muhim

❗️Korrupsiyani to'xtatish mumkin

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 17-apreldagi 4-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan

▫️Andijon tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius I.Abduraxmanov (litsenziya AN 0045, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 18-aprel kunidan 1 oy muddatga,
▫️Asaka tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius I.Islomov (litsenziya AN 0046, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani tugatish to‘g‘risida ma’muriy sudga ariza kiritish haqida qaror qabul qilinganligi sababli uning litsenziyasini amal qilishi va notarius maqomi 2024-yil 18-aprel kunidan boshlab sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

🗓 Qonunchilikka ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha oylik ma'lumot “bazaviy me'yor” va undan ortiq hajmlar kesimida iste'molchilarga yuboriladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ehtiyojmand oilalarga tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiya to‘lab beriladi

Adliya vazirligi tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish maqsadida bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Qonunchilikda yangiliklar”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Energetika vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, mutaxassislari, shuningdek OAV vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

Tadbirda hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, qonunchilikdagi yangiliklar, aholiga yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida ma’lumot berildi.

Shuningdek, anjumanda soha mutaxassislari tomonidan “Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori mazmun-mohiyati haqida keng jamoatchilikka tushuntirish berildi.

👉Batafsil

📹 Video formatda

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlaridan foydalanishda aholi va tadbirkorlar uchun navbatsiz xizmat joriy etildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida Namangan shahar davlat xizmatlari markazi binosida oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchagi hamda 37 turdagi davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanish imkonini beruvchi onlayn interaktiv kioska oʻrnatilib, ishga tushirildi.

Shu bilan birga, binoning ikkinchi qavatida barcha qulayliklarga ega boʻlgan navbatsiz xizmat maskani oʻz ish faoliyatini boshladi.

@adliyangiliklari
#Muhim

❗️ 1 oylik elektr energiyasi sarfi bo‘yicha ma'lumot

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Xalqaro arbitraj sohasida O‘zbekiston va Singapur vakillari o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari