ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Xalqaro hamkorlikning sud ekspertizani takomillashtirish va rivojlantirishdagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini davom ettirmoqda


“Xalqaro hamkorlikning sud ekspertizani takomillashtirish va rivojlantirishdagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ikkinchi kuni davom etmoqda.

Bugungi tadbirda konferensiya ishtirokchilari tomonidan sud ekspertiza sohasidagi muhim ahamiyatga ega boʻlgan mavzular boʻyicha maʼruzalar qilindi.

Xususan, Jinoyat ishlari boʻyicha maxsus bilimlardan foydalanish, sud organlari va ekspertiza muassasalarining elektron bazalarini integratsiyalashtirish, xalqaro amaliyotda virtual autopsiyaga yangi qarashlar, giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishning ustuvor yoʻnalishlari, sud-ekspertlik faoliyatida sunʼiy intellektdan foydalanish, raqamli kriminalistika boʻyicha hamkorlikning dolzarbligi masalalari boʻyicha maʼruzalar qilindi.

Shuningdek, narkobiznesga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida giyohvandlik vositalarini ekspertizadan oʻtkazish doirasida xalqaro hamkorlik, portlash va yongʻin bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar joyini koʻzdan kechirishda dronlardan foydalanishning samaradorligi, odam DNKsi sud-biologik ekspertizasini rivojlantirishda xalqaro hamkorlik hamda yangi texnologiyalarni joriy qilishning ahamiyati, MPS texnologiyasiga asoslangan yechimlar orqali sud-genetik ekspertiza samaradorligini oshirish va boshqa sud ekspertiza sohasi faoliyatiga oid taqdimotlar namoyish qilindi.

Konferensiyaning ikkinchi kunida tadbir ishtirokchilari tomonidan sohani rivojlantirishga doir qiziqarli savollar, taklif va tavsiyalar berildi hamda xorijiy davlatlarning ushbu soha boʻyicha tajribalari muhokama qilindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Endilikda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

QASHQADARYODA BOSHQARMA BOSHLIGʻI TOMONIDAN FUQAROLAR MUAMMOLARI TINGLANDI

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan viloyatimizning olis va chekka hududlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazilib, ularning muammolari tinglanmoqda. Shunday qabullar tuman Xalq qabulxonalari masʼullari bilan hamkorlikda Mirishkor tumanining “Jenov” hamda Kasbi tumanining “Oqqamish” mahallalarida boʻlib oʻtdi.

Muloqotlar davomida boshqarma boshligʻi S.Nuriyev fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari masalalardagi 70 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi. Muhimi, mazkur murojaatlarning asosiy qismi shu joyning oʻzida oʻz yechimini topdi. Jumladan, 26 ta murojaat ish yurituviga qaratildi, 30 ga yaqin Davlat xizmatlari koʻrsatildi, 5 nafar fuqarolarga FHDY boʻlimi tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etildi.

Shuningdek, qolgan fuqarolarga tegishliligi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

10 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi

Joriy yilning 19-aprel kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.

Ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan bo‘lib o‘tgan malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.

Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida o‘tdi. Unda ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 19 nafar talabgor ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 10 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:

▫️Madaminov Feruzbek Ro‘zimaxamatovich;

Jizzax viloyatidan:

▫️Berdiyev Baxodir Olimjonovich;

Navoiy viloyatidan:

▫️Habibulloyev Sherzod Muxtorovich;

Surxondaryo viloyatidan:

▫️Boyqulov Jasurbek Xaitmurotovich;

Toshkent viloyatidan:

▫️Djurayev Sherali Ruziboyevich;

Toshkent shahridan:

▫️Bobojonov Jur’at Shuxratovich;
▫️Suyunov Fozil Shokir o‘g‘li;
▫️Saidova Umida Akmalovna;

Xorazm viloyatidan:

▫️Tairova Nodira Baxramovna;

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan:

▫️Yusupov Temur Sheripbayevich;

Malaka imtihoni joriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston bolalar tashkiloti nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi bolalarni Vatanga muhabbatli, intellektual, ijodiy, jismoniy va ma’naviy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi, ularning ta’lim olishi va dam olishiga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoit yaratishdan iborat.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

SAMARQAND ADLIYASI JAMOATCHILIKKA HISOBOT BERDI

Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarov ishtirokida viloyatda davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda FHDY sohasida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2024-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan
matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Muhim

Ehtiyojmand oilalarga me'yordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun kompensatsiya beriladi

@adliyangiliklari
#Muhim

2024-yil 1-may kunidan aholi uchun belgilangan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari

@adliyangiliklari