#Adliya_xabari
Iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan muhim 40 ta qonunchilik hujjatilarining samaradorligi o‘rganiladi
👉Batafsil
@adliyangiliklari

#Adliya_aksiya
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiya doirasida Chimboy tumanida fuqaroning kadastr pasporti ko'p yillardan buyon davlat ro'yxatiga olinmaganligi sababli bugungi kunda muammolarga uchrab kelayotganligi aniqlandi. Bu muammolarga barham berildi va kadastr hujjatlari davlat ro'yxatidan o'tkazilib fuqaroga topshirildi.

Bugun, 2-fevral kuni soat 16:00 da Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi videokonferensaloqa shaklida о‘tkaziladi.
Majlisda 2023-yilda adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarni muhokama qilish belgilangan.

“Burger King” tovar belgisiga nisbatan huquqbuzarlik holati bartaraf etildi
Adliya vazirligiga 2023-yil 16-noyabrda “Burger King Company” AQSh kompaniyasining ishonchli vakili tomonidan ushbu kompaniyaga tegishli bo‘lgan “BURGER KING” (MGU 44937, 26428, 26429-son guvohnomalar) tovar belgilariga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “KING BURGER” nomi ostida fuqaro H.A.ga tegishli Toshkent shahridagi fastfud ovqatlanish shaxobchasida ruxsatsiz foydalanib kelayotganlik holati bo‘yicha tegishli chora ko‘rish to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatga asosan Adliya vazirligi tomonidan holat o‘rganilib, natijasi bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan ma‘muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi hamda tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlar bo‘yicha Uchtepa tuman sudiga yuborildi.
Huquqbuzar H. A. ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismida keltirilgan huquqbuzarlik holatlarini sodir etganligi uchun jarima jazosi tayinlandi hamda tovar belgisi peshlavhalardan olib tashlandi.

#Adliya_hudud
Namangan viloyatidagi barcha tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan mahalla fuqarolar yig'inlari binolarida yoshlarni huquqiy savodxonligi, ongi va qonunga itoatkorlik hissini oshirish maqsadida "Adliya kutubxonalari" tashkil etildi.
📖 Kutubxonalar kodekslar va turli huquqiy adabiyotlar bilan ta'minlandi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to'lash, rag'batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.
Pedagogning huquqlari, sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'si davlat himoyasi ostida bo'ladi.
Umumiy o'rta ta'lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o'quv yili davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladi.
🚫 Qonunga ko'ra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
▫️pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo'jaligi ishlariga jalb qilish;
▫️pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo'lmagan hisobotlarni va boshqa ma'lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta'minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
▫️pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag' ushlab qolish.
Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
@adliyangiliklari
“Pedagogning maqomi to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–901-son, 01.02.2024 y.) Prezident tomonidan imzolandi

Forwarded from Xalqaro press klub
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️Xalqaro press klubning Adliya vazirligi bilan hamkorlikda"Huquqiy axborot" loyihasi
👩👧👦Enagalik qilgan shaxslar ish stajiga ega bo'ladi, qachonki...
✅ O'z huquqingizni biling, shunda qonunlar o'z o'rnida ishlaydi, Keling, huquqlarimizni birgalikda o'rganamiz!
@IPCUzbekistan
@IPC_live

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Respublika sud-ekspertiza markazining hududiy bo‘limlari faoliyati o‘rganilmoqda.
Adliya vazirligi va markaz vakillaridan iborat ishchi guruhi tomonidan markazning Navoiy viloyati hududiy bo‘lim faoliyatidagi mavjud muammolar hamda kelgusida bo‘lim faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.
Shuningdek, ishchi guruhi tomonidan Navoiy viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, advokatlar, davlat organlarining vakillari hamda fuqarolar ishtirokida seminar tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar seminar ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi hamda ularning sud ekspertiza faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflari muhokama etilib, qiziqtirgan savollariga javob berildi.

📝 Qonun bilan “Davlat boji to'g'risida”gi qonunga quyidagi qo'shimchalar kiritildi:
Pedagog xodimlar — kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o'z sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini himoya qilish bilan bog'liq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilinadi.
Shuningdek, pedagog xodimlar — kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g'ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Ma'muriy sudlarga shikoyat qilganda davlat bojini to'lashdan ozod qilinadi.
@adliyangiliklari
❗️Pedagoglar sudga shikoyat qilganda davlat boji to'lamaydi

#Adliya_aralashgach
G‘ijduvonda ustamasi to‘lanmagan o‘qituvchiga viloyat adliya boshqarmasi ko‘magida 106 mln so‘m to‘lab berildi
@adliyangiliklari
G‘ijduvonda ustamasi to‘lanmagan o‘qituvchiga viloyat adliya boshqarmasi ko‘magida 106 mln so‘m to‘lab berildi
@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Qonunga ko'ra, quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi:
➖qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;
➖qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
➖pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to'sqinlik qiladigan kasalliklari bo'lgan shaxslar;
➖psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar.
⚠️ Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog'liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.
@adliyangiliklari
❗️Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishi mumkin emas?

#Qonunda_nima_deyilgan
Qizlarga gap otsa nima bo‘ladi?
Loyiha "Darakchi" nashri tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
@adliyangiliklari
Qizlarga gap otsa nima bo‘ladi?
Loyiha "Darakchi" nashri tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Italiya deputatlar palatasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokida brifing tashkil etildi