ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Haftaning har chorshanbasi — "Huquqiy axborot kuni"

Adliya vazirligi tomonidan haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy axborot kuni” sifatida belgilangan. Shu asosda, respublika miqyosida shahar markazlaridan, olis qishloqlar va chekka ovullargacha fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida huquqiy axborotni tarqatish ishlari va targ‘ibot tadbirlari tashkil etib borilmoqda.

Navoiy viloyatida ham bu borada manzilli tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, hududdagi barcha MFYlar binolari, tijorat banklari va aholi gavjum bo‘ladigan maskanlarga “Yuridik elektron kutubxona” va axborot manbalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkonini beruvchi QR-kod va targ‘ibot materialari joylashtiridi.

Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “ "Huquqiy axborot kuni" loyihasi doirasida mahallalarda, shu jumladan, ZOOM platformasi orqali, huquqiy o‘quvlar tashkil etildi.

Uyma-uy yurish tadbirlari davomida fuqarolarning qonunchilikka oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish bilan bir qatorda so‘rovnomalar o‘tkazish tashkil etildi.

Ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va yoshlar o‘rtasida huquqiy muloqotlar, davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish yuzasidan amaliy seminarlar o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#huquqingizni_bilasizmi

Xotin-qizlarga qilingan har qanday tazyiq va zo‘ravonlik uchun jazo bor

Bilingki, ayollarning haq-huquqlari qonun himoyasida.

Ushbu loyiha Zamon.uz nashri tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J.Nuritdinov 31-yanvar kuni Buxoro viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida yuridik texnikumda o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi.

Shuningdek, yuridik texnikumdagi dars jarayonlarida o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lib, ularga professional huqushunos bo‘lish uchun yetarli ilm olish va ularga bu borada sharoitlar yaratib berilishini qayd etib o‘tdi.

Shu bilan birga, yuridik texnikumdagi mavjud muammolar yuzasidan hamda o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Fargʻonada aksiya doirasida 500 ga yaqin fuqarolar oʻz hujjatlariga ega boʻldi


Hozirgi kunda fuqarolikni tasdiqlovchi yoki shaxs bilan bogʻliq boshqa turdagi hujjatlarsiz hech qayerga bora olmasligimiz turgan gap. Buning ustiga, fuqaroning muhim hujjatlariga ega emasligi uning farzandlari, oila aʼzolari va yaqinlariga bevosita taʼsir qiladi. Yaratilgan ijtimoiy imkoniyatlar, imtiyozlardan mahrum qiladi.

Ehtiyotsizlik va beparvolik qilib oʻz vaqtida hal etilmagan hujjat ishlari kelgusida muayyan huquqlardan mahrum qilishi mumkin. Shunday holatlarni aniqlash va barham berish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi keng miqyosda oʻtkazilmoqda.

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#2024_yil_1_fevraldan

🗓 1 fevraldan nimalar o'zgaradi?


🔹Ayrim mahsulotlarga ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud bo'lish talabi qo'yiladi➖BATAFSIL

🔹Yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lganlarga kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar ijtimoiy xizmat ko'rsatish shartnomasi asosida ko'rsatiladi➖BATAFSIL

🔹Ichimlik suvi loyihalari doirasida uskuna va jihozlar faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinadi➖BATAFSIL

🔹Kasanachilikda yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga o'qitiladi➖BATAFSIL

🔹Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi ➖ BATAFSIL

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_aksiya

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshchiligida viloyat aholisining huquqiy muammolari o‘rganilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Natijalar ham uzoq kuttirayotgani yo‘q.

Birgina Urgut tumanida olib borilgan xatlovlar davomida FHDY bilan bog‘liq bir nechta masalalar borligi ma'lum bo‘ldi. Jumladan, “Kamardon” mahallasida yashovchi fuqarolar Rustam Xusaynov va Zuhra Toshkentovalarning 2023-yil 1-iyulda tug‘ilgan o‘g‘liga guvohnoma rasmiylashtirmagani aniqlandi. Bo‘lim tomonidan tegishli hujjatlar yig‘ilib, tug‘ilganlik guvohnomasi otalik belgilanib, rasmiylashtirilib berildi.

“Bunyodkor” mahallasida yashovchi fuqaro Abdulaziz Qodirovda ham shunday muammo mavjud edi. Uning qariyb 5 yoshli farzandi Sanjarbek Toshtemirov aksiya doirasida hujjatli bo‘ldi. Shuningdek, “Paxmov” mahallasida yashovchi fuqaro Zilola Uroqova 2017-yilda tug‘ilib, vafot etgan farzandi Sardor Amonovning o‘lim guvohnomasini olish uchun shu paytgacha paysalga solib kelgan. Adliya xodimlari o‘rganishlari davomida oydinlashgan bu muammo ham qonuniy bartaraf etildi.

Bundan tashqari, targ‘ibot va xatlov ishlari jarayonida 73 yoshni qarshilayotgan, tumanning “Vag‘ashti” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Mirahmat Mirzoahmatovning xonadonida bo‘linganida nuroniy otaxon tug‘ilganlik guvohnomasini yo‘qotib qo‘yganligini ma'lum qilgan edi. Fuqaroga takroriy guvohnoma berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Bir oilaning uch nafar farzandi hujjatga ega bo‘ldi

Yashnobod tumanining “Shirinobod” mahallasida istiqomat qiluvchi 27 yoshli Jamila Xodjayeva shu paytgcha fuqarolik pasporti yoki ID-karta olmagan. Shu sababli farzandlariga ham tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olishning imkoni bo‘lmagan.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi”
aksiyasi doirasida ushbu oilaning 3 nafar farzandining tug'ilishi qayd etilib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari shaxsan adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev va Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i N.Muhammadiyevlar ishtirokida topshirildi.

Huquqiy aksiya doirasida dastlabki 10 kunlikda Toshkent shahri bo‘yicha 150 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib berildi.

Jumladan,
▫️36 nafar shaxslarning tug'ilishi qayd etilib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar berildi;
▫️17 nafar shaxslarning yaqin qarindoshining o'limi qayd etilib, o'lim haqidagi guvohnomalar berildi;
▫️50 nafar shaxslarga tug'ilganlik va o'lim haqida takroriy guvohnomalar berildi;
▫️14 nafar shaxslarga ID-kartalar berildi;
▫️33 nafar shaxslarga tegishli tadbirkorlik subyektlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Respublika doirasida barcha hududlarga Adliya vazirligining tarkibiy bo'linma rahbarlari biriktirilib, maxsus shtablar faoliyat ko'rsatmoqda.

Murojaatlar "1148" qisqa raqamli ishonch telefoni yoki adliya bo'limlarida tashkil etilgan maxsus shtablar orqali qabul qilinmoqda.

@adliyangiliklari
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Sherzod Gayratovich Sadikov Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

“O‘zarxiv” agentligi jamoasi Sh.Sadikovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
#Adliya_hudud

“Men donorman” xayriya aksiyasi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tashabbusi bilan bugun “Men donorman” xayriya aksiyasi doirasida  Qon preparatlari ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi mobil labaratoriyasi boshqarma hovlisiga kelib joylashdi.

Bugun ko‘ngilli tarzda boshqarma yoshlari qatorida 60 yoshli haydovchi Abdulla Sulaymonov ham qon topshirib, donorlik aksiyasida ishtirok etdi

Mazkur aksiya doirasida olingan qon preparatlari Onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar va shoshilinch tez yordam markazlari bemorlari uchun beg‘araz yordam sifatida yuboriladi.

@adliyangiliklari