ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from Poytaxt_adliya
#davlat_xizmatlari

❄️ Tabiatning go‘zal manzarasi oppoq qor bugun poytaxtimizga o‘zgacha chiroy baxsh etmoqda

☕️ Qalblarga bir olam zavq bag‘ishlovchi ushbu manzaradan bahramand bo‘lib Davlat xizmatlari markazi ostonasidan kirgan har bir mijozga  xush kayfiyat va mehr bilan issiq choy va shirinliklar ulashayotgan xodimlar esa kayfiyatingizni yanada ko‘taradi.

😊 Har qanday ob-havo sharoitida ham biz Sizga iliqlik va mehr ulashishdan to‘xtamaymiz…


Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J.Nuritdinov 25-yanvar kuni Xorazm viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida yuridik texnikumda o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi.

Shuningdek, yuridik texnikumdagi dars jarayonlarida o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lib, ularga professional huqushunos bo‘lish uchun yetarli ilm olish va ularga bu borada sharoitlar yaratib berilishini qayd etib o‘tdi.

Shu bilan birga, yuridik texnikumdagi mavjud muammolar yuzasidan hamda o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiya doirasida Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasining barcha tuman (shahar) FHDY bo'limlari tomonidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, o‘lim guvohnomasi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma va boshqa turdagi guvohnomalar olmagan shaxslarga hujjatlari rasmiylashtirilib, tantanali ravishda topshirilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Respublika sud-ekspertiza markazining hududiy bo‘limlari faoliyati o‘rganilmoqda.

Joriy yilning 25-yanvar kuni Adliya vazirligi va markaz vakillaridan iborat ishchi guruhi markazning Xorazm viloyati bo‘limiga tashrif buyurdi.

Ishchi guruhi tomonidan hududiy bo‘lim faoliyatidagi mavjud muammolar hamda kelgusida bo‘lim faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek, tashrif davomida ishchi guruhi tomonidan Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, advokatlar, davlat organlarining vakillari hamda fuqarolar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizda sud  ekspertiza sohasida amalga  oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar seminar ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi hamda ularning sud ekspertiza faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflari muhokama etilib, qiziqtirgan savollariga javob berildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

📹 Navoiy viloyatida adliya tizimida e’lon qilingan “Hech kim hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiya doirasida ko‘pgina fuqarolarning yo‘qotilgan, umuman olinmagan u yoki bu turdagi hujjatlari tiklanmoqda. Shunday tadbirlar Karmana tumanining "Ko‘hnaqo‘rg‘on" mahallasida ham olib borildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Chimyonda 4-sektor hududida “Adliya kutubxonasi” tashkil etildi


Adliya vazirligi tashabbusi bilan Fargʻona tumanining “Xonqiz” mahallasida “Adliya kutubxonasi” ish boshladi.

Kutubxona ochilish marosimida adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev, adliya boshqarmasi vakillari, qishloq faollari va yoshlari ishtirok etdi.

“Xonqiz” mahallasi Fargʻona tumani markazidan 35 km uzoqlikda joylashgan. 5 mingdan ortiq aholi istiqomat qiluvchi ushbu hududning 62 foiz aholisini yoshlar tashkil etadi.

“Adliya kutubxonasi”ning bu qishloqda ochilishi ayni muddao boʻldi. Chunki qishloq yoshlari axborot resurslaridan foydalanishda tuman yoki viloyat maʼmuriy makraziga borishga majbur edi.

Endilikda kutubxonadan joy olgan 1,5 mingdan ortiq turli adabiyotlar va 40 mingdan ortiq elektron kutubxona fondiga ega bo’lgan doimiy Internet tarmogʻiga ulangan kompyuterlarda yoshlar va qishloq aholisi foydalanish va bilim ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati paydo boʻldi.

@adliyangiliklari