#Adliya_xabar
Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev ishtirokida Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida davlat organlari va tashkilotlarining ijro nazorati uchun masʼul xodimlari ishtirokida “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida oʻquv seminar o'tkazildi.
Tadbirda 40 dan ortiq viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga mas’ul rahbarlari hamda xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida «Ijro.gov.uz» platformasi bilan ishlash, ijro intizomini mustahkamlashga va xodimlarning mas'uliyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilishi, O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezidentning Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini belgilangan muddatlarda, to‘laqonli va sifatli taʼminlash muhim ekanligi alohida ta’kidlandi hamda sohaga oid taklif va mulohazalar bildirildi.
@adliyangiliklari

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan bolalarning qaysi sport turlarida shug‘ullanish qobiliyatini aniqlashga doir tadqiqot turi yo‘lga qo‘yildi.
Bu o‘z navbatida bolalarni yoshligidan qobiliyatiga ko‘ra sport turiga yo‘naltirish orqali yuqori natijalarga erishishiga imkoniyat yaratadi.

#Adliya_xabari
Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2024-yilning 2-fevral kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkaziladi.

#Adliya_aksiya
Qashqadaryoda huquqiy aksiya doirasida 300 ga yaqin fuqarolar hujjatli bo'lishdi
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida ishchi guruhlar aholining muammolarini oʻrganishga qaratilgan xatlov ishlarini olib borishmoqda.
Qashqadaryo viloyatida xatlov davomida shu kunga qadar adliya xodimlari 300 dan ortiq tug'ilganlik, nikoh, o'lim hamda yashaganlik fakti bo'yicha muammolarni roʻyxatga olishdi.
Shuningdek, 1400 dan ortiq sayyor tartibda fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatildi. Qolgan masalalar davlat xizmatlaridan foydalanishida imtiyozlardan foydalanish huquqi, pensiya, tadbirkorlik, kadastr masalalariga oid boʻldi. Mazkur masalalar qonuniy tartibda koʻrib chiqilib, fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatiladi.

Hech kim hujjatsiz qolmaydi: Yangiyo‘lda bir oilaning 5 nafar farzandiga tug‘ilganlik guvohnomasi topshirildi
Yangiyo‘lda bir ayolning turli yoshdagi 4 nafar farzandi va bir nafar nabirasiga tug‘ilganlik haqida guvohnoma topshirildi. Ularning shu paytgacha guvohnoma va boshqa hujjatlari yo‘q edi.
Yangiyo‘l shahrida yashab kelayotgan Zulxumor opaning farzandlari Sardor (23 yosh), Sevinch (20 yosh), Sadriddin (10 yosh) va Samariddin (5 yosh) hamda nevarasi Bexruzbek (3 yosh)lar tibbiy yordamsiz tug‘ruqxonadan tashqarida (xonadonida) tug‘ilganligi sababli bugungi kunga qadar tug‘ilganlik haqida guvohnoma ololmagan.
Sardorbek va Sevinch 16 yoshdan oshgan bo‘lsa-da, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi mavjud bo‘lmaganligi sababli ID-karta berilmagan. Oilaning o‘rtancha farzandi Sadriddin 10 yoshga to‘lgan, biroq bugungi kunga qadar umumta'lim maktabiga, Samariddin va Bexruzbeklar esa bog‘chaga qabul qilinmagan edi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Zulxumor opaning 4 nafar farzandlari va 1 nafar nevarasining tug‘ilishi rasmiylashtirilib, guvohnomalari shaxsan adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan topshirildi.
Shu bilan birgalikda, Sardor va Sevinchga identifikasiyalovchi ID-karta ham olib berildi. 10 yoshli Sadriddin Yangiyo‘l shahridagi 7-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 1-sinfi o‘quvchisi sifatida ta'limni davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi. Adliya vazirligi tomonidan ularga kitoblar, maktab formasi va o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.
Eslatma: Huquqiy aksiya doirasida fuqarolar bevosita tuman (shahar) adliya bo‘limlarida tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaatlarini qoldirishlari mumkin.

📊 AKSIYA RAQAMLARDA
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida bir hafta davomida 1 250 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi.
Huquqiy aksiya doirasida:
🔹165 nafar shaxslarning tug‘ilishi qayd qilinib, tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi;
🔹170 nafar shaxslarni qarindoshining o‘limi qayd qilinib, o‘lim haqida guvohnoma berildi;
🔹464 nafar shaxslarga tug‘ilganlik va o‘lim haqida takroriy guvohnomalar berildi;
🔹48 nafar shaxslarga ID-kartalar berildi;
🔹276 nafar shaxslarga tegishli tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berildi;
🔹127 nafar shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga kelgan muammolari bartaraf etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
👥 2 777 nafar shaxslarga elektron raqamli imzo berish, “Mobile-ID” dan ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini shakllantirish va boshqa turdagi davlat xizmatlari sayyor shaklda ko‘rsatildi.

#Adliyadan_javob
❓ Davlat sport-ta’lim muassasalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish qaysi normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinadi?
— Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-noyabrdagi 589-son qarori bilan tartibga solinadi.
___________________
❓ Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-noyabrdagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy regalament talablari qaysi sport ta’lim muassasalariga nisbatan qo‘llaniladi?
— Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga nisbatan qo‘llaniladi.
___________________
❓ Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-noyabrdagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy regalament talablari qaysi sport ta’lim muassasalariga nisbatan qo‘llanilmaydi?
— Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimiga kirmaydigan boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi sport ta’lim muassasalari hamda nodavlat sport ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
___________________
❓ Ariza beruvchi murojaati bo‘yicha yuborilgan sport ta’lim muassasasiga onlayn navbat bo‘yicha boradi va qaysi hujjatlarni taqdim etadi?
— Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablariga bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomani.
___________________
❓ Davlat sport ta’lim muassasalariga bolalarning o‘qishga kirish uchun hujjatlarini qabul qilish hamda davlat sport ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarni bir davlat sport ta’lim muassasasidan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish uchun to‘lovlari qancha?
— Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6 noyabrdagi 589-son qarori.
@adliyangiliklari
— Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-noyabrdagi 589-son qarori bilan tartibga solinadi.
___________________
— Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga nisbatan qo‘llaniladi.
___________________
— Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimiga kirmaydigan boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi sport ta’lim muassasalari hamda nodavlat sport ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
___________________
— Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablariga bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomani.
___________________
— Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6 noyabrdagi 589-son qarori.
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM