ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aksiya

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Namangan viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati hamda tuman, shahar adliya bo’limi boshliqlari hududlarda sayyor qabul tadbirlari o’tkazildi.

Jumladan, Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig’i tomonidan Uychi tumani “Mashad” mahallasida sayyor qabul o’tkazdi.

Dastlab, Adliya vazirligi tomonidan 2024-yilning 20-yanvaridan 20-martiga qadar o‘tkazilayotgan huquqiy aksiya yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shundan so’ng, mashadlik va unga yondosh bo’lgan mahalla aholining murojaatlari tinglandi.

Zarifa Aliyeva pasport olish uchun tug‘ilganlik guvohnomasini olishda amaliy yordam so‘ragan bo'lsa, "Quvurboshi" mahallasida yashovchi Marjona Botirova pasport olishda amaliy yordam so‘ran murojaat qildi.

Qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jami 23 nafar fuqaro qabul qilinib, ularning 26 ta masaladagi murojaatlari tinglandi.

Qabul qilingan fuqarolarning 13 ta masaladagi murojaatga joyida huquqiy tushuntirish va ma’lumot berildi, 5 ta masaladagi murojaatlar ijobiy hal etildi. Shuningdek, 7 nafar fuqarolarning murojaati o‘rganish talab etganligi sababli tuman adliya bo‘limi ish yurituviga olindi.

Shu kuni tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 15 nafar fuqaroga sayyor xizmat ko'rsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi bir oilaning 3 nafar aʼzosining mushkulini oson qildi

Quva tumani “Iftixor” mahalla fuqarolari yigʻinida istiqomat qiluvchi Neʼmatovlar xonadonida yongʻin kelib chiqishi sababli oilaning ikki nafar farzandi oʻz hujjatlaridan ayrildi. Koʻp oʻtmay xonadon qayta tiklandi, yoʻqotishlarning barchasi oʻz oʻrniga keldi.

Biroq yonib ketgan hujjatlarni qayta tiklash masalasi Sadoqat ona Neʼmatovaga tinchlik bermayotgan edi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi oilaning ogʻirini yengil qildi.

1989-yil 8-noyabrda tugʻilgan fuqaro Sadoqat Neʼmatovaning nikoh haqidagi guvohnomasi hamda 2 nafar farzandlari - 2010-yilda tugʻilgan Xonguli Nabiyeva, 2012-yilda tugʻilgan Qalbinur Nabiyevalarga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari qayta tiklab berilib, oʻz xonadonlarida ularga topshirildi. Xonadon uchun zarur boʻlgan maishiy jihozlar taqdim etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Nokia Corporation” kompaniyasining intellektual mulk huquqi himoya qilindi

Adliya vazirligiga 2023-yil davomida “Nokia Corporation” Finlyandiya kompaniyasining ishonchli vakili tomonidan mazkur kompaniyaga tegishli bo‘lgan “Nokia” (MGU 5043, 5044, MBX 1715263, 1435983, 1715260, 1416724-son guvonomalar) tovar belgisidan ayrim shaxslar noqonuniy foydalanayotganligi to‘g‘risida murojaati kelib tushgan.

Ushbu murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan tegishli tartibda o‘rganishlar o‘tkazildi. Oʻrganish natijasida bir qator jismoniy shaxslar “Nokia” tovar belgisi bilan aynan bir xil bo‘lgan kontrafakt mahsulot sotayotganliklari aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan jismoniy shaxslarga nisbatan ma‘muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur hamda Chilonzor tuman sudlari tomonidan huquqbuzarlar (O.U., R. Dj., O.N., M.A., A. Sh., M.O., A.S., V.O.,)ga Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismida keltirilgan huquqbuzarlik holatlarini sodir etganligi uchun huquqbuzarlarga nisbatan jami 23 760 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

@adliyangiliklari
📢📢 Darakchi.uz Adliya vazirligi bilan hamkorlikda "Qonunda nima deyilgan?" loyihasini taqdim etadi!

Endilikda siz huquq va majburiyatlaringiz haqidagi savollarga ushbu loyiha orqali javob topishingiz mumkin.

Savollaringizni @darakchipochta'ga yuboring va malakali yuristlardan tezkor va asosli javob oling.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Shartnoma majburiyatlari buzildi


Adliya aralashuvi bilan Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan “Guliston Metan Savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 20 241 700 soʻm qarzdorlik undiriladigan boʻldi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Muhim

Misinformatsiya (ingl. misinformation) — yolg‘on xabar: yetarli darajada to‘liq va aniq ma'lumotlar taqdim etilmagan soxta axborot.

❌ Misinformatsiya tarqatishda ma'naviy-moddiy zarar yetkazish maqsad qilinmaydi.

⚠️ Bugungi global "axborotlar xuruji" davrida dezinformatsiya osongina misinformatsiyaga "aylanib qolishi" mumkin.

Demak, misinformatsiya ham xavflimi?
Uning qanday shakllari mavjud?
Misinformatsiya va dezinformatsiyadan himoyalanish vositalari bormi?

👉Infografikada keltirilgan ma'lumotlar bu borada sizga keng tasavvur va tushuncha beradi.

@adliyangiliklari
ADLIYA YANGILIKLARI
#Muhim Misinformatsiya (ingl. misinformation) — yolg‘on xabar: yetarli darajada to‘liq va aniq ma'lumotlar taqdim etilmagan soxta axborot. ❌ Misinformatsiya tarqatishda ma'naviy-moddiy zarar yetkazish maqsad qilinmaydi. ⚠️ Bugungi global "axborotlar xuruji"…
🗞 Har kuni minglab axborot qabul qilamiz. Biroq ularning hammasi ham haqiqat bo‘lavermaydi.

🔤Siz yolg‘on ma'lumotni farqlay olasizmi?

📝 Infgorafikada ko‘rsatilgan misinformatsiya va dezinformatsiyaning 10 shakli bu borada sizga "shpargalka" bo‘ladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

📢📢
Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining professor-o'qituvchilari tomonidan olib boriladigan "Bepul huquq darslari" kurslariga sizni taklif etamiz!

Ushbu darslar orqali huquqiy savodxonlikni oshirishda yosh va vaqt ahamiyatli emas. Endilikda siz bizning "Bepul huquq darslari"mizda hohlagan vaqt va hohlagan joydan turib onlayn ishtirok etishingiz va huquqiy bilimlaringizni hech qanday to'lovlarsiz oshirishingiz mumkin.

❗️Bugun, 30-yanvar kuni “Yuvenal yustitsiya: Xalqaro standartlar va O‘zbekistonda qo‘llash masalalari” mavzusida dars bo'lib o'tadi.

Dars Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra dotsenti Shaxnoza Ganibayeva tomonidan olib boriladi.

⏳Boshlanish vaqti: 16:00

Ulanish uchun havola 👉 https://us06web.zoom.us/j/4533803510?pwd=ZB9N3fu0GCZAzXdRelt2CPbVASVk7G.1

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Zarafshonda aholi murojaatlari o'rganildi

Zarafshon shahrida Navoiy viloyat adliya boshqarmasining sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda aholi murojaatlarini boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, hudud faollari va mutasaddilari qabul qildi.

Yuzma-yuz uchrashuvda ishtirok etgan xotin-qizlar uy-joy ta’minoti, ta’lim, tadbirkorlik uchun kredit, davolanish uchun pul mablag‘i olish, sud-huquq masalasi, mehnat munosabatlari, ishga joylashish kabi murojaatlar bilan yuzlandi. Mutasaddilar fuqarolarning huquqiy va adliya sohasida duch kelayotgan muammo va takliflari ham o‘rgandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Tadbirkor manfaatlari sudda himoya qilindi

Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Ibrat Yo‘l Loyiha” MChJ rahbarining murojaati o‘rganildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Aksiya doirasida qariyb 25 yillik muammo yechim topdi

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Paxtachi tumanining olis xududlaridan biri bo‘lgan Qarnab ota qishlog‘ida yashovchi fuqaroning qariyb 25 yillik muammosi yechim topdi.

Aksiya doirasida olib borilgan xatlov jarayonlarida aniqlanishicha, fuqaro Ilola Zakirovaning 1996-yilda tug‘ilgan qizi Malika Sulaymanova 1999-yilda vafot etgan. Ammo oila vakillari bee’tiborlik sabab vaqtida o‘lim guvohnomasi olmagan.

Paxtachi tuman adliya bo‘limi FHDY organi tomonidan ushbu o‘lim fakti muddatini o‘tkazib qayd qilindi va fuqaroga farzandining o‘limi haqidagi guvohnoma berildi.

Sizda ham bu borada muammo bo‘lsa tuman (shahar) adliya bo‘limlariga yo “1148” ishonch telefoni va Samarqand viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan maxsus shtabning 55 701 00 55 (4044) telefon raqami orqali ma’lum qiling

Batafsil 👉intervyuda

@adliyangiliklari