ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Davlat arxivlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni jamlaydigan “O‘zbekiston arxivlari” portali portal.archive.uz joriy etildi

AOKAda “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjmunida arxiv ishini rivojlantirishning 2023-yilga mo‘ljallangan rejasi 18 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajarilib, shundan 17 ta ko‘rsatkich bo‘yicha oshirib bajarilganligi xususida maʼlumot berildi:

▫️O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan (2023-yil 28-dekabr holatiga) jami 1 016,4 ming saqlov birligidagi 68,2 mln kadr hujjatlar raqamlashtirildi. Tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2023-yil boshidan 148,7 ming saqlov birligidagi qariyb 14,7 mln kadr raqamlashtirildi va reja 106,5 %ga bajarildi.
▫️"Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimida jami 48 486 ta fond, 50 709 ta ro‘yxat, 704 796 saqlov birligi va 358 269 hujjat bazasi yaratildi.
▫️Tadqiqotchilar va boshqa foydalanuvchilar hozirda ushbu tizimdagi maʼlumotlar bilan doc.archive.uz orqali kirib tanishish imkoniyatiga ega.
▫️Arxiv ishi bo‘yicha davlat nazoratini onlayn ro‘yxatga olishni tashkil etish maqsadida “Davlat nazorati” axborot tizimi nazorat.archive.uz ishlab chiqilib test-sinov tariqasida joriy qilindi.

👉 Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

60 yoshda tug‘ilganlik haqida guvohnomaga ega bo‘ldi!

Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Huquqiy aksiya doirasida: Izboskan tumanida yashovchi lnoyatxon xolani tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi mavjud bo‘lmaganligi bois tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini olmagan va yoshligidan Asaka tumanidagi nogironligi bo'lgan bolalar maktab internatida hamda 1993-yildan "Muruvvat" internat uyida yashagan.

Izboskan tumani adliya bo‘limi tomonidan Inoyatxon xolani tug‘ilganlik fakti sud idoralari orqali tasdiqlandi va  FHDY bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Endilikda, tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi tomonidan identifikatsiyalovchi ID-karta rasmiylashtirish masalasi ko'rib chiqilmoqda.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tashabbus

📹 “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi davom etmoqda

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida Navoiy viloyat adliya organlari tizimida tadbirlar davom etmoqda.

Xususan, Konimex tumani aholisining huquqiy masalalari o'rganildi. Dastlab tumandagi "Yuksalish" mahallasida adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Z.Farmanov tomonidan fuqarolar bilan sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar tug'ilish va o'lim to'g'risidagi guvohnomalar olish, uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishda kerakli hujjatlarni tayyorlash, shartnomaviy munosabatlarda yuzaga kelayotgan anglashilmovchiliklarga oydinlik kiritish singari bir qator masalalarda murojaat qilishdi.

Matluba Eshpo'latova bugungi kunda nikoh guvohnomasini yo'qotib qo'ygan. Ijara asosida yashaydigan fuqaro turli joylarda ko'chib yurgani bois ana shunday vaziyatga tushganini ta'kidlaydi. Matluba Eshpo'latovaning masalasi takroriy nikoh guvohnomasi olib berish orqali ijobiy hal etib berildi.

Shuningdek, yoshlarning nikoh guvohnomalari, ayrim fuqarolarning o'lim guvohnomasini rasmiylashtirish bo'yicha ijobiy ishlar amalga oshirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida mahallalar kesimida tegishli hujjatga ega bo'lmagan shaxslar xatlovdan o'tkazilmoqda.

Xatlov o'tkazish jarayonida tegishli hujjatlarga ega bo'lmagan shaxslarning murojaatlari qabul qilinib, malakali mutaxassislar tomonidan o'rganib chiqilishi natijasida aholi muammolari ijobiy hal etilmoqda.

Natijada, fuqarolar tug'ilganlik haqida guvohnoma, ID-karta va boshqa turdagi hujjatlarni olish kabi ishlarini turli tashkilotlarga murojaat qilish va hujjat to'plash kabi ovoragarchiliklarsiz hal etish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar.

Jumladan, Bektemir tumani "Chashma" mahallasida tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilayotgan xatlov jarayonlarida tug'ilganlik haqidagi guvohnoma hamda fuqarolik pasporti yoki ID-kartaga ega bo‘lmaganligi sababli qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslar murojaatlari qabul qilinib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish choralari ko'rilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida ishchi guruhlar aholining muammolarini o‘rganishga qaratilgan xatlov ishlarini olib borishmoqda.

Samarqand tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tumandagi "Gulobod" va "Yangiariq" MFY hududida bo‘lib, fuqarolarning davlat xizmatlari va FHDY organlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan bog‘liq murojaatlarini o‘rganishdi.

Xatlov davomida adliya xodimlari 10 dan ortiq muammolarni ro‘yxatga olishdi. Ular kadastr, tug‘ilganlik guvohnomasi, nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat xizmatlaridan foydalanishida imtiyozlardan foydalanish huquqi, pensiya, tadbirkorlik masalalariga oid bo‘ldi. Mazkur masalalar qonuniy tartibda ko‘rib chiqilib, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatiladi.

@adliyangiliklari