ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Torlot bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Muhim

📣📣 Jurnalistlar va blogerlar diqqatiga!

Bugun, 21-fevral kuni soat 16:00 da Adliya vazirligi tomonidan AOKAda matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Mavzu: Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini tartibga solish ta'sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

👉 Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

@adliyangiliklari
#Matbuot_anjumani

Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini tartibga solish ta'sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish

AOKAda Adliya vazirligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida shu mavzuda matbuot anjumani boshlandi.

Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin 👉https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/1096795731297091/

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Jahon savdo tashkilotining Jenevadagi bosh shtab-kvartirasida Markaziy Osiyoda intellektual mulk huquqini himoya qilish masalalariga doir xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 13–16-fevral kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan vakillar ishtirok etayotgan mazkur yig‘ilishda mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida adliya vaziri o‘rinbosari To‘lqin Abdusattarov ham ishtirok etdi.

Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari bo‘yicha Bitimga qo‘shilish hamda unda nazarda tutilgan qoidalarni milliy qonunchilikda aks ettirish O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, mazkur bitim nufuzli xalqaro tashkilotning eng muhim ta’sis hujjatlaridan biridir ham.

1994-yil 15-aprelda Marokashda qabul qilingan va 1995-yil 1-yanvardan kuchga kirgan Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari bo‘yicha Bitim Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish bo‘yicha minimal talablarni o‘zida ifodalagan.

Hozirda ushbu bitimga tashkilotga a’zo 160 ta davlatning barchasi qo‘shilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

📹 Ayni vaqtda Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda tayyorlanayotgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Zamonaviy sud ekspertizaning imkoniyatlari

Ko‘rsatuvda Adliya vazirligi va H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mas'ul xodimlari sizlardan kelib tushgan savollarga javob beradi.

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bog‘lanish orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

Kuzatish uchun havola👉 https://www.youtube.com/embed/0c2G3WONMaU

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi mutaxassislari ishtirokida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida muloqot tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#adliya_xabari

Adliya vazirligida Finlyandiyaning Helsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi direktori Tuyya Braks tashrif bilan bo‘ldi

Bugun, 22-fevral kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov hamda Finlyandiyaning Helsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi direktori Tuyya Braks o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Finlyandiya hukumati O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelayotganligi, xususan, ikki davlat o‘rtasida sud-huquq sohasini rivojlantirish hamda qonun ustuvorligini ta'minlashda yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatilganligini ta'kidladi.

Akbar Toshqulov xorijiy mehmonlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar to‘g‘risida, xususan, Adliya vazirligining amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlash, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, fuqarolarning huquqiy muammolarni hal etish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va boshqa sohalardagi faoliyati to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Tomonlar vazirlik, Helsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi hamda BMT Tarraqiyot dasturi bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish” loyihasi doirasidagi qo‘shma tadbirlar haqida fikr almashdilar.

Tuyya Braks hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimini yanada mustahkamlash, ushbu yo‘nalishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan bepul yuridik yordam tizimini joriy etishga hamda adliya vazirligining qonun ustivorligini ta'minlashdagi salohiyatini yuksaltirishda o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini ma'lum qildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Belarus Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi norma ijodkorligi sohasidagi islohotlar bilan tanishdi

Belarus Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Nataliya Filippova boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida joriy yilning 22-fevral kuni Adliya vazirligida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan norma ijodkorligi sohasidagi islohotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvda Adliya vazirligining norma ijodkorligi jarayonidagi o‘rni va faoliyati, shu jumladan bugungi kundagi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, ularni huquqiy ekspertizadan va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish hamda norma ijodkorligi sohasiga joriy etilgan “aqlli tartibga solish” modeli, tartibga solish ta’sirini baholash, “tartibga solish gilotinasi” kabi institutlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Belarus Adliya vazirliklari o‘rtasida norma ijodkorligi sohasida kelgusida o‘zaro keng ko‘lamli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Belarus Respublikasi delegatsiyasi tashrifi davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlarining samarali faoliyati, adliya organlari tizimida raqamlashtirish va huquqiy axborotni tarqatish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishish va tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

@adliyangiliklari