ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Reklama va insofsiz (nohalol) raqobat sohasidagi huquqiy masalalar” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikerlari:

➖O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

➖Toshkent davlat yuridik universiteti mutaxassislari.


⏰Ovozli chat 24-fevral kuni soat 15:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📹Suhbat facebookda online translyatsiya qilinadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.


Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sharhi

Sud ekspertiza sohasidagi islohotlar samarasi. Adliya vazirligi va X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi taqdim etadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_nazorat

DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISH TARTIBINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MUQARRAR!

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda o‘z vazifasini sidqidildan bajarayotgan davlat idoralaridan tashqari davlat xizmatlarini o‘z vaqtida ko‘rsatmasdan, fuqarolarni sarson qilayotgan, ularning murojaatlarini eʼtiborsiz qoldirayotgan ayrim davlat idoralari ham uchrab turibdi.

Adliya vazirligi tomonidan “Litsenziya” axborot tizimi orqali ruxsat etish, litsenziyalash va xabardor qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishi doimiy nazorat qilib kelinmoqda.

Xususan, Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash davlat xizmati ko‘rsatilishida Tabiat resurslari vazirligi tomonidan xulosalar taqdim etishda qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi yuzasidan Tabiat resurslari vazirligining mas’ul mansabdor shaxsiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-5-moddasiga asosan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Bugun Adliya vazirligida Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari bo‘yicha Tematik ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda milliy intellektual mulk tizimini Intellektual mulk huquqlarining savdo aspektlari bo‘yicha bitim (TRIPS) talablariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkilotlari tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, tadbir kun tartibidan intellektual mulk bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun rezident va norezidentlar tomonidan to‘lanadigan davlat boji miqdorlarini tenglashtirish hamda farmasevtika va agrokimyo sohasiga klinik tadqiqotlardan oldingi va klinik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlarni himoya qilish mexanizmini qonunchilikka kiritish kabi O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar o‘rin oldi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Jizzax viloyatida ikki nafar notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 22-fevraldagi 1-sonli majlis bayoniga asosan, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

▫️Mirzacho‘l tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A. Xaydarovning xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya (litsenziya GZ 0017, 21.04.2020-y.) va notarius maqomi 2023-yil 24-fevraldan 1 oy muddatga
▫️G‘allaorol tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius B. Abdiyevning xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya (litsenziya GZ 0025, 09.10.2020-y.) va notarius maqomi 2023-yil 24-fevraldan 2 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#FHDY_xizmatlari

📌 FHDY organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan toʻlov miqdorlari haqidagi maʼlumotlar infografikalarda.

🔊Hurmatli fuqarolar!

⚡️ FHDY organlarida ortiqcha pul mablagʻlari talab qilish holatlariga guvoh bo‘lsangiz, Adliya vazirligining @antikorbot telegram botiga hamda 1148 ishonch telefon raqamiga xabar berishingizni soʻraymiz.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Belarus delegatsiyasi davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi

#24feb #uzbekiston24

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Bu_muhim

Jurnalist matbuot erkinligidan o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishga haqli emas!

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Kontrafaktsiz_oy

Mualliflik huquqi himoyasidagi mavjud amaliyot, muammo va ularni bartaraf etish yo‘llariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Har bir shaxs boshqalarning huquqi, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ochiqdan ochiq yoki turli yashirin shaxsiy sahifalar, guruhlar orqali shaxsning qadr-qimmatini kamsitish orqali haqorat qilish va uni sharmanda qilishga qaratilgan holatlar ko‘payib bormoqda.

Jumladan, tuhmat qilganligi uchun 2018–2022-yillarda 11 574 nafar shaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Ayni shu davrda OAV yoki internet orqali ushbu jinoyatni sodir etgan 28 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muxammadiyev o‘tgan haftada Buxoro viloyatida aholi muammolarini aniqlash va hal etish, energetika va oziq-ovqat ta'minoti hamda kriminogen vaziyatga ta'sir etuvchi ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazdi.

Xususan, “Taraqqiyot” (Kogon tumani), “Furqat” (Kogon shahri), “Kulonxona” (Buxoro tumani) va “Qumrabot” (Romitan tumani) mahallalarida sayyor qabullar tashkil etildi. Sayyor qabulda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha jami 200dan ortiq fuqaroning murojaatlari eshitildi. Ayrimlari joyida hal etildi.

23-fevralida vazir o‘rinbosari G‘ijduvon erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurib, tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdi, tadbirkorlar bilan uchrashdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi sirdaryolik tadbirkorlar bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari