ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Yuridik xizmat xodimlari bilan ochiq muloqot o'tkazildi


Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari davomida tuman va shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammo va kamchiliklar, shuningdek, faoliyat samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda xodimlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ish jarayonlarini takomillashtirish, sohani yanada rivojlantirish hamda aholiga va tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Bildirilgan fikr va takliflar yuridik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, faoliyat samaradorligini oshirish hamda sohada mavjud masalalarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥1👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Banklar endi kredit qarzi uchun kartadagi pullarni yechishda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmiga teng mablag‘ni saqlab qolishi kerak


Adliya vazirligi tomonidan Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklari faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3030-13, 2026-yil 9-oktyabr).

2027-yil 10-yanvardan kuchga kiradigan yangi tartibga ko‘ra, mijozning roziligisiz kredit yoki kafillik to‘lovlarini undirishda banklar mijozning bank kartasida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining kamida yarmiga teng mablag‘ni  (bugungi kunda 680 ming so‘m) saqlab qolishi shart.

Mazkur talab fuqarolarning eng zarur kundalik ehtiyojlari uchun mablag‘siz qolishining oldini olish va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1
#Adliya_xabari

Notariat sohasida amaliy masalalar muhokama qilindi


Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Qashqadaryo viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida notariat sohasini takomillashtirish, xizmatlarni raqamlashtirish, onlayn notarial harakatlar ulushini oshirish hamda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, “Notarius” axborot tizimi orqali hujjatlarni elektron shaklda yuritish, notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonlarini soddalashtirish va raqamli xizmatlardan samarali foydalanish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, notariuslarning yangi vakolatlari, ijro hujjatlarini joriy etish, ayrim holatlarda hujjatlarning asl nusxasini talab qilish zaruratini kamaytirish, notarial xizmatlarning sifati va tezkorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🔥1👏1
#14_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

Ortiqcha bosqich — ortiqcha korrupsiyaviy xavf

Xizmat ko‘rsatish jarayonida keraksiz hujjatlar, ortiqcha bosqichlar va asossiz talablar fuqarolar uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkin.

✅ Yechim: jarayonlarni qayta ko‘rib chiqish, ortiqcha bosqichlarni qisqartirish va xizmatlarni raqamlashtirish.

🎯 Natija: fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi ortiqcha aloqalar kamayadi.

Qulay xizmat — shaffof xizmat.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
❤4👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

SAMARQAND | KORXONALARNI SOG‘LOMLASHTIRISH MASALALARIGA E‘TIBOR QARATILDI


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#15_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

Komplayens-nazorat nima uchun kerak?

Komplayens-nazorat — tashkilot faoliyatida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va ularning oldini olishga qaratilgan muhim mexanizmlardan biridir.

🔹 Uning vazifasi faqat kamchilikni aniqlash emas, balki xavfni oldindan ko‘rish va tegishli choralarni belgilashdir.

✅ Yechim: komplayens-nazorat tizimini tashkilot faoliyatining ajralmas qismiga aylantirish.

🎯 Natija: korrupsiyaviy xavflarni tizimli boshqarish imkoniyati yaratiladi.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
❤2👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

🇵🇲 Internetda bor ekan, foydalanish mumkinmi? Muallif ko‘rsatilmagan bo‘lsa-chi? © belgisi bo‘lmasa, kontentdan foydalanish mumkinmi? Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda qanday yo‘l tutish kerak?

Ushbu savollarga batafsil javobni videomizda bilib oling! 🎥

✅ Unutmang: internet ham qonunlardan xoli hudud emas!

#Adliya #MualliflikHuquqi #HuquqiySavodxonlik

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3🔥2
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyihalarni amalga oshirayotgan investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazadi. Tadbir doirasida davlatimiz rahbari Yangi Toshkent hududidagi bir qator obyektlarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimida ishtirok etadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Новый Ташкент, где проведет встречу с инвесторами и предпринимателями, реализующими здесь крупные проекты. В рамках мероприятия глава нашего государства примет участие в церемонии ввода в эксплуатацию и начала строительства ряда объектов на территории Нового Ташкента.

Facebook|Instagram|X
👍2