ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mustaqillik_35

🇺🇿 35 yil — ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

💬 “35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi”, — dedi Prezident.


🇺🇿 Davlatimiz rahbari bugungi o‘zgarish va yutuqlarning haqiqiy muallifi — mehnatkash va olijanob xalqimiz ekanini alohida ta’kidladi.

Mustaqillikning qadr-qimmati:
🔹 qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar;
🔹 farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar;
🔹 inson hayotini asrayotgan shifokorlar;
🔹 ilm-fanga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar;
🔹 zamonaviy korxonalar barpo etayotgan tadbirkor va sanoatchilar;
🔹 yurtimizni obod qilayotgan quruvchi va arxitektorlarning fidokorona mehnatida namoyon bo‘lishi qayd etildi.

Mustaqillikning eng katta kuchi — uning bunyodkori bo‘lgan xalqimizning mehnati, salohiyati va ertangi kunga ishonchidir.
1
#Mustaqillik_35

🇺🇿 So‘nggi 10 yilda 5,7 million doimiy ish o‘rni yaratildi, 650 ming oila yangi uy-joyli bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihatlikda amalga oshirilgan islohotlar natijasida iqtisodiyot barqaror va tez sur’atlarda o‘sib borayotganini ta’kidladi.

📈 O‘tgan davrda:
🔹 mamlakatimizga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilindi;
🔹 iqtisodiyot hajmi 2,5 barobardan ziyod oshdi;
🔹 joriy yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda;
🔹 sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5 million 700 ming doimiy ish o‘rni yaratildi.

🏫 Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga 1 million 500 ming o‘rinli zamonaviy maktablar, 342 ming o‘rinli bog‘chalar va 62 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirildi.

🛣 Aholining kundalik hayotini yaxshilash maqsadida 83 ming kilometr ichki yo‘l qurildi va ta’mirlandi.

💧 8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetib bordi, yana 11,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilandi.

🏠 O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldi.
“Xalqimizda «Uyli bo‘lish – vatanli bo‘lish» degan naql bor. Shu ma’noda, kamida 2,5 million aholi vatanli bo‘ldi!”


Bu raqamlar ortida millionlab oilalarning turmushi, yangi ish o‘rinlari, yaxshilangan infratuzilma va ertangi kunga mustahkam ishonch bor.
3
#Mustaqillik_35

🇺🇿 Yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shgan fidoyi insonlar mehnati yuksak e’tirof etildi

Davlat mukofotlarini topshirish marosimida turli sohalarda ko‘p yillardan buyon sidqidildan mehnat qilib, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimizning xizmatlari alohida e’tirof etildi.

🌾 Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning cho‘llarni o‘zlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirish yo‘lidagi mehnati haqiqiy qahramonlik sifatida qayd etildi.

🏭 Bekobod metallurgiya kombinatida uzoq yillardan buyon po‘lat erituvchi bo‘lib ishlayotgan G‘ulomjon Turonovga “Xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni berildi.

Shuningdek:
🔹 paxtachilik va g‘allachilikda o‘z maktabini yaratgan namanganlik Ilhom Ziyovuddinov;
🔹 yilning uch mavsumida ipak qurti parvarishlab, yuqori hosil olayotgan buxorolik Jamila Xudoyberdiyeva;
🔹 chorvachilikda ilg‘or texnologiyalarni joriy qilayotgan qoraqalpog‘istonlik Esenbay Aytimuratov;
🔹 suv yo‘qotishlarini kamaytirishga hissa qo‘shayotgan samarqandlik irrigator Aslanqul Karimqulovning xizmatlari ham munosib baholandi.

🎨 O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini bezatishda ishtirok etgan usta-naqqosh Sattorxo‘ja To‘xtaxo‘jayevga “Xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni berildi.

Bu e’tirof — yerga mehr bergan dehqon, po‘lat eritgan ishchi, suvni asragan irrigator, bunyodkor usta va barcha fidoyi yurtdoshlarimiz mehnatiga berilgan yuksak bahodir.
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️ O‘zbekiston va Singapur adliya vazirliklari hamkorligi yangi bosqichga ko‘tariladi

“Singapore Convention Week 2026” doirasida Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Singapur Huquq vaziri Edvin Tong bilan muzokaralar o‘tkazdi.

🤝 Muloqotda ikki mamlakat adliya tizimlari o‘rtasidagi hamkorlikni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish, huquqiy islohotlar bo‘yicha muntazam tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar qator amaliy yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi:
🔹 to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) — Singapurning zamonaviy qonunchilik modeli va biznesni sog‘lomlashtirish amaliyotini o‘rganish;
🔹 Legal Tech va sun’iy intellekt — adliya xizmatlarini raqamlashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni huquqiy jarayonlarga joriy etish;
🔹 mediatsiya va arbitraj — nizolarni sudgacha va muqobil hal etishning samarali mexanizmlarini rivojlantirish;
🔹 ekspert ko‘magi — O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi huquqiy islohotlarga singapurlik mutaxassislarni jalb etish;
🔹 qo‘shma tadbirlar — konferensiyalar, forumlar va stajirovka dasturlarini birgalikda tashkil etish.

📌 Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni aniq amaliy loyihalarga aylantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishildi.

🇺🇿 Maqsad — ilg‘or xalqaro tajribani O‘zbekiston huquqiy tizimiga moslashtirib, adliya xizmatlarini yanada zamonaviy, samarali va qulay qilish.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️O‘zbekistonlik huquqshunoslar uchun Singapur tajribasi asosida yangi ta’lim va hamkorlik imkoniyatlari yaratiladi

“Singapore Convention Week 2026” doirasida Adliya vaziri Akbar Toshqulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Singapur Huquq akademiyasi (Singapore Academy of Law) rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

🏛 Akademiya Singapur huquqshunoslar hamjamiyatini birlashtiruvchi, huquqiy tadqiqotlar, kasbiy ta’lim, nashriyot faoliyati va Legal Tech yo‘nalishlarini rivojlantiruvchi yetakchi institutlardan biri hisoblanadi.

🤝 Muzokaralar yakunida qator amaliy yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi:
🔹 Mediatsiyani rivojlantirish — mediatorlarni tayyorlash va sertifikatlash, mediatsiya tizimini institutsional jihatdan mustahkamlash bo‘yicha Singapur tajribasini o‘rganish;
🔹 Legal Tech va sun’iy intellekt — zamonaviy texnologiyalarni huquqiy amaliyotga joriy etish, sun’iy intellektdan foydalanishning huquqiy va etik mezonlari bo‘yicha tajriba almashish;
🔹 Qo‘shma ilmiy nashrlar — huquqiy tadqiqotlar bo‘yicha maqolalar, tahliliy sharhlar va boshqa nashrlarni birgalikda tayyorlash;
🔹 Common law bo‘yicha maxsus kurslar — o‘zbekistonlik huquqshunoslar uchun xalqaro tijorat munosabatlarida keng qo‘llaniladigan umumiy huquq tizimi asoslarini o‘rgatishga qaratilgan dasturlarni tashkil etish.

🇺🇿 Maqsad — o‘zbekistonlik huquqshunoslarning xalqaro huquqiy muhitda ishlash salohiyatini oshirish, zamonaviy huquqiy institutlar va texnologiyalarni milliy amaliyotga olib kirish.

Xalqaro tajriba — kuchli bilim, zamonaviy yondashuv va yanada malakali huquqshunoslar uchun yangi imkoniyat.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны.

#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍42👏2🔥1
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️ O‘zbekistonda xalqaro tijorat nizolarini mediatsiya orqali hal etish imkoniyatlari kengaytiriladi

Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Singapur xalqaro mediatsiya markazi (SIMC) raisi Jorj Lim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Muzokaralarda O‘zbekistonda mediatsiya institutini rivojlantirish, xalqaro nizolarni sudgacha tez, samarali va ishonchli hal etish mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldi:
🔹 Qo‘shma treninglar — o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun xalqaro tijorat mediatsiyasi bo‘yicha SIMC ekspertlari ishtirokida o‘quv dasturlarini tashkil etish;
🔹 Amaliy tajriba — o‘zbekistonlik mediatorlarni SIMC ko‘rib chiqayotgan real ishlar jarayoniga jalb etish orqali xalqaro darajadagi ko‘nikmalarini oshirish;
🔹 Mintaqaviy markaz — SIMCning mintaqaviy vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish imkoniyatlarini o‘rganish;
🔹 Qo‘shma tadbirlar — mediatsiyani ommalashtirishga qaratilgan xalqaro konferensiya va forumlarni birgalikda tashkil etish.

🌐 2014-yilda tashkil etilgan SIMC bugungi kunda xalqaro tijorat nizolarini mediatsiya orqali hal etishga ixtisoslashgan nufuzli institutlardan biri hisoblanadi.


🇺🇿 Maqsad — investor va tadbirkorlar uchun nizolarni uzoq sud jarayonlarisiz, tez va samarali hal etish imkoniyatlarini kengaytirish hamda O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi muqobil nizolarni hal etish markazi sifatidagi salohiyatini oshirish.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️ To‘lovga qobiliyatsizlik tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik kengaymoqda

27-avgust kuni adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov Osiyo taraqqiyot bankining Huquq va siyosatni isloh qilish bo‘yicha bosh yuridik maslahatchisi yordamchisi Kristina Pak bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Muloqotda O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini yanada takomillashtirish, ilg‘or xalqaro tajribani milliy amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Xususan:
🔹 qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va loyihalarni xorijiy ekspertlar ishtirokida ko‘rib chiqish;
🔹 To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi xodimlari hamda sud boshqaruvchilarining malakasini oshirish, xorijiy davlatlarda o‘quv dasturlarini tashkil etish;
🔹 sohada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish;
🔹 to‘lovga qobiliyatsizlik bilan bog‘liq jarayonlarni qamrab oluvchi Yagona elektron platformani ishga tushirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni xalqaro ilg‘or tajriba asosida davom ettirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥41