#Adliya_aralashgach
⚔️ Samarqand viloyatida 6 nafar xodim foydasiga 64 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi
📍 Jomboy tuman sport maktabining 6 nafar xodimi ish haqlari to‘liq to‘lanmagani yuzasidan adliya organlariga murojaat qildi.
🔍 Murojaatlar adliya organlari tomonidan o‘rganilib, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish maqsadida sudga da’vo arizalari kiritildi.
⚖️ Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining hal qiluv qarorlariga asosan xodimlar foydasiga:
💵 22 million 175 ming 640 so‘m ish haqi;
💵 42 million 120 ming so‘m kompensatsiya va moddiy yordam puli undirilishi ta’minlandi.
✅ Natijada adliya aralashuvi bilan 6 nafar xodimning mehnat huquqlari tiklandi hamda ularning foydasiga jami 64 million 295 ming 640 so‘m mablag‘ undirildi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
#Adliya_xabari
#Sayyor_qabul
⚔️ Sirdaryoda sayyor qabulda 5 ta murojaat joyida hal etildi
📍 Sirdaryo viloyatining Islomobod mahallasida viloyat adliya boshqarmasi hamda Bojxona boshqarmasi rahbariyati ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
👥 Sayyor qabul davomida fuqarolarning uy-joy, FHDY, ijtimoiy himoya, mulkiy huquqlar, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid 20 dan ortiq murojaati ko‘rib chiqildi.
✅ Qabul yakunlariga ko‘ra:
• 5 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi;
• 10 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi;
• 6 ta murojaat ish yurituviga olinib, ijrosi nazoratga qo‘yildi.
⚖️ Shuningdek, tadbirkorlik, mulkiy huquqlar hamda FHDY xizmatlariga oid qator masalalar mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda joyida ko‘rib chiqilib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🤝 Sayyor qabul yakunida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i mahalla faxriysi, ichki ishlar organlari faxriysi xonadoniga borib, u bilan samimiy suhbatlashdi hamda bugungi islohotlar va faxriylarni e'zozlash masalalari yuzasidan fikr almashdi.

❤1👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3🔥1👏1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
⚖️ TSUL Consulting 50 dan ortiq yuridik va konsalting xizmatlarini taqdim etadi
🎓 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshida faoliyat yuritayotgan TSUL Consulting professional spin-off kompaniyasi jismoniy va yuridik shaxslarga 50 dan ortiq turdagi yuridik hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatmoqda.
📚 Xizmatlar universitetning professor-o‘qituvchilari, yetakchi olimlari va malakali mutaxassislari ishtirokida amalga oshiriladi.
💼 TSUL Consulting quyidagi yo‘nalishlarda xizmatlar ko‘rsatadi:
✅ yuridik maslahatlar;
✅ biznes va korporativ huquq;
✅ shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
✅ konsalting va boshqa professional xizmatlar.
🤝 Har bir murojaat bo‘yicha individual yondashuv asosida huquqiy yechimlar taklif etiladi.
📞 Murojaat uchun:
+998 (88) 504-99-90
+998 (97) 675-88-88
❗️ TSUL Consulting — ilmiy salohiyat va amaliy tajribaga tayangan ishonchli huquqiy hamkor.

👍7🔥2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari
⚔️ Navbat kutish o'tmishda qoldi: "O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish" burchagi qulayliklari
Shokirjon Sultonovning mehnat faoliyati bevosita davlat xizmatlari bilan chambarchas bog‘liq. Uning ta'kidlashicha, avvallari birgina hujjat uchun soatlab vaqt sarflangan bo‘lsa, hozirda DXMlardagi "O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish" burchaklari orqali barcha jarayonlar bir necha daqiqada hal bo'lmoqda.
Ushbu tizimning asosiy afzalliklari - vaqt tejamkorligi! Hech qanday navbatlarsiz, o‘z ishingizni o'zingiz tez va oson bitirasiz.
Qulaylik va moslashuvchanlik - xizmatlardan ham kompyuter, ham smartfoningiz orqali foydalanishingiz mumkin.
Doimiy ko‘mak! Tizimda ishlashda tushunmovchilik tug'ilsa, markaz xodimlari doim yordam berishga tayyor.
Siz ham zamonaviy raqamli imkoniyatlardan unumli foydalaning va oltindan qimmat vaqtingizni tejang.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Shokirjon Sultonovning mehnat faoliyati bevosita davlat xizmatlari bilan chambarchas bog‘liq. Uning ta'kidlashicha, avvallari birgina hujjat uchun soatlab vaqt sarflangan bo‘lsa, hozirda DXMlardagi "O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish" burchaklari orqali barcha jarayonlar bir necha daqiqada hal bo'lmoqda.
Ushbu tizimning asosiy afzalliklari - vaqt tejamkorligi! Hech qanday navbatlarsiz, o‘z ishingizni o'zingiz tez va oson bitirasiz.
Qulaylik va moslashuvchanlik - xizmatlardan ham kompyuter, ham smartfoningiz orqali foydalanishingiz mumkin.
Doimiy ko‘mak! Tizimda ishlashda tushunmovchilik tug'ilsa, markaz xodimlari doim yordam berishga tayyor.
Siz ham zamonaviy raqamli imkoniyatlardan unumli foydalaning va oltindan qimmat vaqtingizni tejang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥2👏2
#Adliya_xabari
⚔️ Oliy Majlisda intellektual mulkni himoya qilish masalasi muhokama qilindi
🏛 Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan majlisda adliya vaziri Akbar Tashkulov intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida axborot berdi.
⚖️ Ta'kidlanganidek, so‘nggi 4 yilda sohani takomillashtirish maqsadida:
✅ 16 ta qonun;
✅ 25 ta qonunosti hujjati;
✅ 19 ta muhim xalqaro shartnoma qabul qilindi va ratifikatsiya qilindi.
🔍 Shuningdek, adliya organlariga kontrafakt mahsulotlarni ko‘zdan kechirish va xatlash, bojxona organlariga esa intellektual mulk huquqlarini o‘z tashabbusi bilan (ex officio) himoya qilish vakolati berildi.
📊 Islohotlar natijasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida:
📈 patentlarga talabnomalar va berilgan patentlar soni 43 foizga;
📈 tovar belgilari, EHM dasturlari va ma'lumotlar bazalariga berilgan guvohnomalar soni 35 foizga oshdi.
🌍 O‘zbekiston AQSH Savdo vakilligining 301-Maxsus hisobotida ilk bor kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxatidan chiqarildi hamda Global innovatsiyalar indeksida 2020-yildagi 93-o‘rindan 2025-yilda 79-o‘ringa ko‘tarildi.

👍11❤3🔥3👏2
#Adliya_xabari
⚔️ 60 mingdan ortiq kontrafakt mahsulot aniqlandi
⚖️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi majlisda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar natijalari ma'lum qilindi.
📌 So‘nggi davrda:
✅ 2025-yilda 3,8 mingta, joriy yilning birinchi yarim yilligida esa 2,2 mingta intellektual mulk obyektining huquqiy himoyasi ta'minlandi.
🚫 60 mingdan ortiq kontrafakt mahsulot aniqlandi.
⚖️ 15 mingta kontrafakt mahsulot sud qarorlari asosida yo‘q qilindi.
📄 Intellektual mulk huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan 437 ta ma'muriy material sudlarga kiritildi.

💬 "Intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning eng muhim mezoni — bu huquqlarning amalda ishonchli ta'minlanishidir." — Akbar Tashkulov.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#Adliya_xabari
⚔️ Intellektual mulk — bu avvalo insonning ijodi va mehnati
✔️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi majlisda Adliya vaziri Akbar Tashkulov intellektual mulk deganda faqat patent yoki tovar belgisi emas, balki olimning ilmiy izlanishi, yozuvchining asari, bastakorning musiqasi va dasturchining intellektual mahsuli tushunilishini ta'kidladi.
📌 Natijada:
✅ 220 nafardan ortiq ijodkorning mualliflik huquqlari himoya qilindi.
💻 Shuningdek, Prezidentimiz topshirig‘i asosida "E–Muallif" elektron platformasi ishlab chiqilmoqda.
Ushbu platforma orqali:
✔️ mualliflik huquqlarini boshqarish;
✔️ elektron shartnomalar tuzish;
✔️ mualliflik haqini avtomatik hisoblash;
✔️ to‘lovlarni adolatli taqsimlash imkoniyati yaratiladi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
📌 Natijada:
✅ 220 nafardan ortiq ijodkorning mualliflik huquqlari himoya qilindi.
💻 Shuningdek, Prezidentimiz topshirig‘i asosida "E–Muallif" elektron platformasi ishlab chiqilmoqda.
Ushbu platforma orqali:
✔️ mualliflik huquqlarini boshqarish;
✔️ elektron shartnomalar tuzish;
✔️ mualliflik haqini avtomatik hisoblash;
✔️ to‘lovlarni adolatli taqsimlash imkoniyati yaratiladi.
💬 "Biz intellektual mulkni himoya qilar ekanmiz, avvalo
insonning aqliy mehnati, bilimi va ijodiga bo‘lgan hurmatni himoya qilamiz." — Akbar Tashkulov.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚔️ Adliya vazirligi tomonidan islomiy banklar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
📌 O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi O‘RQ–1126-son Qonuniga muvofiq mamlakatimizda islomiy bank faoliyati joriy etildi.
📑 Mazkur Qonunni amalga oshirish doirasida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan 10 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatga islomiy banklar faoliyatini tartibga soluvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
🔹 Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha huquqiy mexanizmlar takomillashtirildi:
▫️ banklar va banklar guruhlarida tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi;
▫️ tijorat banklarining mol-mulk va ustav kapitalidagi ulushlarni sotib olishi bilan bog‘liq talablar;
▫️ bir qarz oluvchi yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini belgilash;
▫️ tijorat banklarida korporativ boshqaruvni tashkil etish;
▫️ banklarning Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badallar to‘lash tartibi.
✅ Mazkur o‘zgartirishlar islomiy banklar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.