#Adliya_aralashgach
⚔️ Adliya aralashuvi bilan homilador ayolning mehnat huquqi tiklandi
📍Sirdaryo tumanidagi umumta’lim maktabi o‘qituvchisi muddatli mehnat shartnomasi muddati tugaganligi sababli ishdan bo‘shatilgani yuzasidan adliya bo‘limiga murojaat qildi.
🔍 Murojaatni o‘rganish davomida xodima homiladorligi haqida ish beruvchini oldindan xabardor qilgani hamda homiladorlikni tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomani taqdim etganiga qaramay, mehnat shartnomasi bekor qilingani aniqlandi.
⚖️ Holat yuzasidan adliya bo‘limi tomonidan maktab ma’muriyatiga qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi.
✅ Natijada Adliya aralashuvi bilan homilador xodima bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qayta tiklanib, uning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1👏1
#Adliya_xabari
⚔️ Adliya vazirligi tashabbusi bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning raqamli shaklidan foydalanish amaliyoti kengaytirilmoqda
📑 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF–161-son Farmoni bilan Adliya vazirligiga idoraviy hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qayta ishlash (tahrirlash) orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazish vakolati berilgan.
⚖️ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi tashabbusi bilan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida idoraviy hujjatlarga fuqarolarning kundalik hayotida aniqlanadigan muammolarni bartaraf etish va ularga yengillik yaratish bo‘yicha takliflar kiritib borilmoqda.
📌 Xususan, quyidagi idoraviy hujjatlarga fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni my.gov.uz va “Ijtimoiy karta” mobil ilovasida orqali elektron shaklda taqdim etish imkoniyatini nazarda tutuvchi normalar kiritildi:
🔹 Ovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarni o‘quv kurslarida o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3887, 2026-yil 3-iyul);
🔹 Xizmat quroli va uning o‘q dorilarini saqlash hamda ulardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning qoʻriqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari toʻgʻrisidagi nizom (ro‘yxat raqami 3896, 2026-yil 10-iyul);
🔹 “Yangi Oʻzbekiston” universitetida davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlarni tayyorlash boʻyicha “Rektorlar maktabi” dasturi doirasida o‘qishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (ro‘yxat raqami 3897, 2026-yil 13-iyul);
🔹 Sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari (ro‘yxat raqami 3898, 2026-yil 13-iyul).
✅ Endilikda fuqarolar ovchilik guvohnomasini olish, xizmat quroli bilan ishlash huquqiga ega xodimlarni o‘qitish va “Rektorlar maktabi” dasturi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish hamda sug‘urta xizmatlaridan foydalanishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi bilan bir qatorda uning my.gov.uz yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi elektron shaklidan ham foydalanishlari mumkin.

❤19
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚔️ Adliya vazirligi “Yangi Oʻzbekiston” universitetida davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlarni tayyorlash boʻyicha “Rektorlar maktabi” dasturi doirasida o‘qishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3897, 2026-yil 13-iyul).
📌 Mazkur hujjatga ko‘ra, Dastur doirasida 30 yoshga toʻlgan, kamida magistr akademik darajasiga va oliy taʼlim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan, 2 yil rahbarlik lavozimlarida ishlagan nomzodlar ochiq tanlov asosida oʻqishga qabul qilinadi.
ℹ️ Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining “Yangi Oʻzbekiston” universitetida “Rektorlar maktabi” dasturini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 16-apreldagi 177-son qarorining 3-bandi “v” kichik bandiga asosan davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlar faqat Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan va oliy taʼlim tashkilotlari rektori (direktori) zaxirasiga kiritilgan shaxslar orasidan tanlab olinadi.
📝 Qabul jarayoni quyidagi to‘rtta bosqichda tashkil etiladi:
1️⃣ hujjatlarni qabul qilish va o‘rganish;
2️⃣ test sinovlari;
3️⃣ psixologik baholash;
4️⃣ suhbat.
📊 Nomzodlar test, psixologik baholash va suhbat natijalari bo‘yicha to‘plagan umumiy ballari asosida reyting shakllantiriladi hamda qabul kvotasi doirasida o‘qishga tavsiya etiladi.
✅ Shuningdek, Nizom bilan hujjatlarni topshirish, baholash mezonlari, natijalarni e’lon qilish, apellyatsiya tartibi hamda qabul jarayonining shaffofligini ta’minlash mexanizmlari belgilangan.

❤2🔥2
🤝 Uchrashuv davomida:
💡 Tomonlar O‘zbekistonda IP Management Clinic dasturini joriy etish, kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun intellektual mulkni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish hamda IP Business Center loyihasini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
📈 Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonda intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish hamda biznes uchun zamonaviy qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasini yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Adliya_yoshlari
📚 Adliya vazirligi kutubxonasi "Yoshlar uchun ming kitob" loyihasi doirasida yangi adabiyotlar bilan boyitildi
📖 Prezidentimizning 2023-yil 28-noyabrdagi PQ–380-son qarori bilan amalga oshirilayotgan "Yoshlar uchun ming kitob" loyihasi doirasida davlat buyurtmasi asosida nashr etilgan kitoblar Adliya vazirligi kutubxonasiga topshirildi.
🌍 Loyiha doirasida jahonning mashhur adiblari va mutafakkirlarining asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ilmiy va badiiy tafakkurini rivojlantirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
⚖️ Adliya vazirligi kutubxonasining mazkur adabiyotlar bilan boyitilishi vazirlik xodimlarining kasbiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda tafakkurini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🤝 Yangi O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish, kitobxon xalqni shakllantirish va ma’rifatni taraqqiyotning bosh mezoniga aylantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Adliya vazirligi kutubxonasiga topshirilgan ushbu kitoblar ana shu ezgu maqsadlar yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ifodasidir.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
#Adliya_yoshlari
📚 Adliya vazirligi kutubxonasi "Yoshlar uchun ming kitob" loyihasi doirasida yangi adabiyotlar bilan boyitildi
📖 Prezidentimizning 2023-yil 28-noyabrdagi PQ–380-son qarori bilan amalga oshirilayotgan "Yoshlar uchun ming kitob" loyihasi doirasida davlat buyurtmasi asosida nashr etilgan kitoblar Adliya vazirligi kutubxonasiga topshirildi.
Mazkur qarorga muvofiq, jahon adabiyotining sara namunalari davlat organlari kutubxonalariga beg‘araz yetkazib berilishi belgilangan.
🌍 Loyiha doirasida jahonning mashhur adiblari va mutafakkirlarining asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ilmiy va badiiy tafakkurini rivojlantirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📚 Bugungi kunga qadar loyiha doirasida 47 nomdagi kitob 140 ming nusxada chop etilib, oliy ta’lim muassasalari, davlat organlari kutubxonalari hamda axborot-kutubxona markazlariga beg‘araz tarqatildi. Joriy yil yakuniga qadar esa yana 35 nomdagi kitobni 105 ming nusxada nashr etish rejalashtirilgan.
⚖️ Adliya vazirligi kutubxonasining mazkur adabiyotlar bilan boyitilishi vazirlik xodimlarining kasbiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda tafakkurini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🤝 Yangi O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish, kitobxon xalqni shakllantirish va ma’rifatni taraqqiyotning bosh mezoniga aylantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Adliya vazirligi kutubxonasiga topshirilgan ushbu kitoblar ana shu ezgu maqsadlar yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ifodasidir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤3
Forwarded from “O‘ZARXIV” AGENTLIGI
#matbuot_anjumani
“O‘zarxiv” agentligi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi
2026-yil 15-iyul kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda arxiv sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida arxiv hujjatlarini saqlash va raqamlashtirish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, davlat nazorati natijalari, xalqaro hamkorlik, normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi hamda joriy yilning ikkinchi yarmida amalga oshiriladigan muhim yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube

BATAFSIL: https://gov.uz/oz/archive/news/view/193599
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
❤1👍1
#Adliya_xabari
🥙 "Qo‘qon patiri" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
📜 Adliya vazirligida Farg‘ona viloyatiga xos bo‘lgan "Qo‘qon patiri" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
🏛 Qo‘qon qadimdan hunarmandchilik, savdo va milliy pazandachilik rivojlangan yirik madaniy markazlardan biri hisoblanadi. Ana shunday noyob gastronomik meros namunalaridan biri bo‘lgan Qo‘qon patiri o‘zining betakror ta’mi, an’anaviy retsepti va tayyorlash texnologiyasi bilan ajralib turadi.
🥖 Mazkur non turi aynan o‘ziga xos tayyorlash usuli tufayli bir necha hafta davomida o‘z sifati va ta’mini saqlab qolishi bilan mashhur.
✅ "Qo‘qon patiri"ning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mahsulot nomi va uni tayyorlashning an’anaviy texnologiyasini huquqiy himoya qilish, sifat standartlarini mustahkamlash hamda Farg‘ona viloyatining gastronomik brendini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
📚 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum bir hududga mansubligini hamda uning sifati, shuhrati va o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hududning tabiiy-iqlimiy va ijtimoiy-madaniy omillari bilan chambarchas bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

🔥5❤4🙏1
#Adliya_xabari
📍 PQ–1 ijrosi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
🤝 Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanining "Isvaxon" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
📋 Tadbir avvalida mahalla faollari ishtirokida PQ–1-son qarorining mazmun-mohiyati hamda nizoli oilalar bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi.
👥 Shuningdek, mahalla faollari, probatsiya hisobida turgan shaxslar va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi hamda tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
📊 Sayyor qabul davomida 16 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi.
✅ 4 ta murojaat joyida hal etildi;
📖 2 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi;
📝 10 ta murojaat ish yurituviga qabul qilindi.
💼 Bundan tashqari, tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 10 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
🤝 Olib borilgan manzilli ishlar natijasida "Isvaxon" mahallasida yil boshida ro‘yxatda bo‘lgan 14 ta nizoli oilaning 12 tasida yarashuvga erishildi. Bu esa mahallalarda amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasini yaqqol namoyon etmoqda.
⚖️ Sayyor qabullar fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, huquqiy yordam ko‘rsatish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.