#Qonunchilikdagi_yangiliklar
💡 Adliya vazirligi Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (ro‘yxat raqami 3864, 2026-yil 26-iyun) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
📌 Unga ko‘ra:
🔹 tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini avtomatlashtirilgan tarzda baholash mexanizmi joriy etiladi;
🔹 xavf darajasini aniqlashda davlat organlari axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, OAV va boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi;
🔹 xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlar talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
🔹 xavf darajasini baholash tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi, firma nomlari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari hamda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar bo‘yicha alohida mezonlar asosida amalga oshiriladi;
🔹 huquqbuzarlik xavfi darajasi yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi;
🔹 yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi subyektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilik asosida tashkil etiladi;
🔹 past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazilmaydi;
🔹 elektron tizimda aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik subyektiga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir choralari qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

❤2🔥2
#Adliya_xabari
Ijtimoiy tarmoqlarda manba ko‘rsatmasdan boshqa shaxslarga tegishli materiallardan foydalanish holatlari mualliflik huquqiga rioya etilishi masalasini yana bir bor dolzarb mavzuga aylantirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra har qanday asar yoki materialdan foydalanishda muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari, jumladan, muallif nomini ko‘rsatish huquqi hurmat qilinishi lozim.
Manbani ko‘rsatmasdan boshqa shaxsning ijodiy mehnati natijasini o‘ziniki sifatida taqdim etish qonunchilikda belgilangan tamoyillarga zid hisoblanadi.
Adliya vazirligi barcha axborot resurslari va kontent yaratuvchilarni mualliflik huquqiga rioya qilishga, foydalanilgan materiallar manbasini ko‘rsatishga hamda boshqa shaxslarning intellektual mulk huquqlarini hurmat qilishga chaqiradi.
Mualliflik huquqi madaniyatini yuksaltirish barchamizning umumiy mas'uliyatimizdir. Muallif tomonidan huquqbuzarlik bo‘yicha faktlar adliya organlariga taqdim etilsa holat belgilangan tartibda o‘rganib chiqiladi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

👍2🔥1
#Adliya_xabari
Adliya vazirligining 2026-yil I yarim yillik ish rejasi ijrosi doirasida “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining faoliyati kompleks tekshirildi.
Tekshirish yakunlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari M.Ikramov rahbarligida muassasaning hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.
Hay’at yig‘ilishida muassasa tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ta’kidlab o‘tildi.
Yig‘ilishda mavjud xato va kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, tizimli muammolar tahlil qilindi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli choralar ko‘rildi.
Shu bilan birga, yig‘ilishda kelgusida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi hamda ish faoliyatida asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan holatlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

🔥2❤1
#Adliya_xabari
Samarali mahalliy boshqaruv faol jamoatchilik ishtirokidan boshlanadi!
Bugun Samarqandda “Samarali mahalliy boshqaruv uchun Jamoatchilik maslahat kengashlari” mavzusidagi uch kunlik Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.
Tadbir mamlakatimizning pilot hududlaridan 40 nafarga yaqin Jamoatchilik maslahat kengashlari a’zolari, mahalliy Kengashlar, hokimliklar va mahalla vakillarini bir maydonga jamladi.
Dastur davomida ishtirokchilar:
✅ jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni;
✅ mahalliy budjet va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini;
✅ fuqarolarga yo‘naltirilgan davlat xizmatlarini rivojlantirish usullarini;
✅ xalqaro tajriba va muvaffaqiyatli amaliyotlarni o‘rganadilar.
Yozgi maktab yakunida ishtirokchilar o‘z hududlarida Jamoatchilik maslahat kengashlari faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan amaliy harakat rejalarini ishlab chiqadilar.
Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Renovatsiya: uy buzilsa, evaziga nima beriladi?
Renovatsiya o‘zi nima, u aholiga qanday foyda keltiradi? Qaysi uylar buziladiyu, ularga beriladigan kompensatsiya miqdorlari va tartiblari qanday bo‘ladi? Shu va shu kabi savollarga “Sayilgoh”da javob oling!
To‘liq video bu yerda 👉 https://youtu.be/noUk5jcJr3c

❤3
#Adliya_tabrigi
Aziz yoshlar!
🎉 Sizlarni sevimli bayramingiz, azm-u shijoat, go'zallik va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Sizlarning chuqur mushohadali, vaziyatni atroflicha tahlil qila oladigan, muammolarga qonun doirasida yechim topishga intiladigan keng fikrli insonlar bo'lib kamol topishingizda tilakdoshmiz.
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz.
Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Aziz yoshlar!
Sizlarning chuqur mushohadali, vaziyatni atroflicha tahlil qila oladigan, muammolarga qonun doirasida yechim topishga intiladigan keng fikrli insonlar bo'lib kamol topishingizda tilakdoshmiz.
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz.
Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6🎉3❤2🔥1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qiladi hamda faol va tashabbuskor yigit-qizlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan uchrashib, ularning turli sohalardagi loyihalari bilan tanishadi.
—
Сегодня, в День молодежи, Президент Шавкат Мирзиёев проведет диалог с молодежью и вручит государственные награды группе активных и инициативных юношей и девушек. Также глава нашего государства встретится с талантливыми молодыми людьми и ознакомится с их проектами в различных сферах.
Facebook|Instagram|X

❤2👏2