ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent shahrida yilning eng yirik media forumlaridan biri bo‘lib o‘tdi.


Anjuman mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jurnalistlar, blogerlar, vazirlik va idoralar matbuot kotiblari, media ekspertlar hamda kontent yaratuvchilarni bir maydonga jamladi.

Forum davomida zamonaviy media makonining bugungi talablari, milliy kontent sifatini oshirish, axborot bilan ishlashning yangi yondashuvlari hamda sohaning istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov so‘zga chiqib, mamlakatimizda media sohasini rivojlantirish, professional jurnalistikani qo‘llab-quvvatlash va raqobatbardosh milliy kontent yaratishning ustuvor vazifalariga alohida to‘xtaldi.

Forum doirasida joriy yilning 30-martidan 26-iyuniga qadar respublika bo‘ylab ilk bor o‘tkazilgan “Media haftalik” loyihasi yakunlari sarhisob qilinib, eng faol ishtirokchilar e'tirof etildi.

Mazkur tadbirda Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Aliyev Anvarjon Orifjonovich ham faol ishtiroki va media sohasiga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.

Media forum professional muloqot, tajriba almashish va yangi g‘oyalar maydoniga aylanib, mamlakat media hamjamiyatini yagona maqsad — sifatli, ishonchli va zamonaviy kontent yaratish yo‘lida birlashtirdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Payshanba_yoshlar_kuni
#Navoiy_viloyati

Davlat xizmatlari markazida yoshlar kuni!

✔️ Navoiy shahridagi Davlat xizmatlari markazida yoshlar uchun bayramona ruhda tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" juda qiziqarli va foydali lahzalarga boy bo'ldi.

✔️ Tadbirda asosiy e'tibor fuqarolarga onlayn xizmatlardan foydalanishni o'rgatishga qaratildi. Yoshlar maxsus burchakda mustaqil ravishda va my.gov ilovasi orqali uydan chiqmay turib masofaviy davlat xizmatidan foydalanish bo'yicha tushunchalarga ega bo'lishdi.

✔️ Qizg'in o'tgan "Huquqiy viktorina" va "Eng chaqqon davlat xizmatidan foydalanuvchi" tanlovlari ishtirokchilarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi, g'oliblar esa markazning maxsus vaucherlariga ega bo'lishdi.

✔️ Shu kuni tashkil etilgan "Oq takliflar daraxti" ham barchaning diqqatini tortdi, chunki fuqarolar unga tizimni yanada rivojlantirish bo'yicha o'zlarining eng yaxshi g'oyalarini yozib qoldirishdi.

Quvonarlisi, markaz xodimlari ko'magi bilan birgina tadbir davomida 34 nafar fuqaro davlat xizmatlaridan onlayn foydalanishni to'liq o'rganib oldi. Mazkur ijobiy tajribani davom ettirish maqsadida Navoiy shahar DXMda endi har payshanba rasman "Onlayn davlat xizmatlari ko‘rsatish kuni" deb belgilandi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5👍2🙏1
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri o`rinbosari M.Allakuliyev boshchiligida fuqarolar va tadbirkorlarning muammolarini bevosita o‘rganish va ularga huquqiy yechim berish maqsadida Urganch tumanida “Turkmanlar” mahallasida sayyor qabul bo`lib o`tdi.
 
🟢 Mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishliligi bo`yicha har bir murojaat atroflicha tinglanib, amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
 
📊 Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra:

 20 ga yaqin murojaat joyida hal etildi;
 30 dan ortiq murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi;
29 ta murojaat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazish hamda tegishli huquqiy hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.
  60 nafar fuqarolarga sayyor tartibda davlat va huquqiy xizmatlar ko`rsatildi.
 
🔵 Sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

🔰 Shuningdek, 27-iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan bir guruh ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar e’tirof etilib, Tashakkurnoma va esdalik sovg`alari topshirildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
7🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrik

☄️Haqiqat posbonlariga ehtirom

Har bir xabar ortida izlanish, mashaqqat va mas’uliyat yotadi.

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha media sohasi fidoyilarini samimiy tabriklaymiz!

Sizning xolis so‘zingiz, tezkor xabaringiz va fidokorona mehnatingiz jamiyat taraqqiyoti hamda xalq ishonchining mustahkam poydevoridir.

❗️Qalamingiz o‘tkir, nigohingiz teran, ijodingiz esa bardavom bo‘lsin!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21