ADLIYA YANGILIKLARI
βœ”
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏒Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
πŸ“ž1008
☎️ (71)-207-04-38
πŸ“₯ info@adliya.uz
πŸ“² www.facebook.com/minjustuz
πŸ“² www.youtube.com/c/Adliya
πŸ“² www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Payshanba_yoshlar_kuni
#Navoiy_viloyati

Davlat xizmatlari markazida yoshlar kuni!

βœ”οΈ Navoiy shahridagi Davlat xizmatlari markazida yoshlar uchun bayramona ruhda tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" juda qiziqarli va foydali lahzalarga boy bo'ldi.

βœ”οΈ Tadbirda asosiy e'tibor fuqarolarga onlayn xizmatlardan foydalanishni o'rgatishga qaratildi. Yoshlar maxsus burchakda mustaqil ravishda va my.gov ilovasi orqali uydan chiqmay turib masofaviy davlat xizmatidan foydalanish bo'yicha tushunchalarga ega bo'lishdi.

βœ”οΈ Qizg'in o'tgan "Huquqiy viktorina" va "Eng chaqqon davlat xizmatidan foydalanuvchi" tanlovlari ishtirokchilarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi, g'oliblar esa markazning maxsus vaucherlariga ega bo'lishdi.

βœ”οΈ Shu kuni tashkil etilgan "Oq takliflar daraxti" ham barchaning diqqatini tortdi, chunki fuqarolar unga tizimni yanada rivojlantirish bo'yicha o'zlarining eng yaxshi g'oyalarini yozib qoldirishdi.

Quvonarlisi, markaz xodimlari ko'magi bilan birgina tadbir davomida 34 nafar fuqaro davlat xizmatlaridan onlayn foydalanishni to'liq o'rganib oldi. Mazkur ijobiy tajribani davom ettirish maqsadida Navoiy shahar DXMda endi har payshanba rasman "Onlayn davlat xizmatlari koβ€˜rsatish kuni" deb belgilandi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❀5πŸ‘2πŸ™1