ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📈 Adliya vazirligi Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi professional faoliyatlarini litsenziyalash tartib-taomillari to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3850, 2026-yil 9-iyun)

📄 Mazkur Nizom qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyatlarni litsenziyalash tartibini belgilaydi.

🏢 Yuqoridagi litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun yuridik shaxslarga cheklanmagan muddatga namunaviy litsenziya beriladi. Bunda, banklar va sug‘urta tashkilotlaridan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab etilmaydi.

📋 Ushbu hujjatda litsenziya talabgori uchun quyidagi litsenziya talab va shartlari belgilangan:

⚖️ – qimmatli qog‘ozlar bozori sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish;

💰 – litsenziyalanadigan faoliyatning har bir turi bo‘yicha pul mablag‘i ko‘rinishida shakllantirilgan ustav kapitalining eng kam miqdori quyidagicha bo‘lishi:

🔹 2026-yil 1-iyuldan boshlab – BHMning 3 000 baravari;
🔹 2027-yil 1-iyuldan boshlab – BHMning 4 000 baravari;
🔹 2028-yil 1-iyuldan boshlab – BHMning 6 000 baravari;

👤 – ichki nazoratni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan kamida bitta xodimning (nazoratchining) mavjudligi va boshqalar.

💵 Litsenziyalovchi organ (Istiqbolli loyihalar milliy agentligi) tomonidan litsenziya olish bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.

Litsenziya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi qabul qilingan kundan e’tiboran 20 ish kuni ichida qabul qilinadi.

📱 Litsenziya QR-kod qo‘yilgan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi hamda litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2
🎓 Adliya vazirligi Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3849, 2026-yil 9-iyun)

📋 Xususan, ushbu ro‘yxatda maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 465 ta pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar belgilandi.

👨‍🏫 Shu jumladan, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, kichik o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, yo‘riqchi, uslubchi va boshqalar pedagogik lavozimlar hisoblanadi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, mazkur Qonunning 3-moddasiga muvofiq taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan jismoniy shaxs pedagogdir.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#PQ_1

❗️ Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax voliyatidagi xizmat safari davomida nizoli oilalar bilan ishlashda mediatsiyaning ahamiyati hamda mahalla raislarini mediatorlik kurslarida o'qitish yuzasidan o'quv seminarida ishtirok etdi.

➡️ Tashkil etilgan seminarda Adliya vazirligi hamda viloyat adliya boshqarmasi mas'ullari, Mahalla uyushmasi Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari, viloyatdagi mahallalar raislari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari hamda boshqa manfaatdor tashkilot vakillari ishtirok etib, muloqot jarayonida profilaktika ishlarini manzilli va samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xususan, TDYU dotsenti, yuridik fanlar doktori A.Xaqberdiyev "Oilaviy nizolarni mediatsiya yo'li bilan hal qilish" mavzusida ma'ruza qilib, meditsiyaning ahamiyati, bugungi kunda qo'llanish sohasi hamda amaliyotdagi yangiliklar bo'yicha yig'ilish qatnashchilariga huquqiy tushunchalar berib o'tdi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
#Adliya_xabari

Yashnobod tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Tadbirkorlarning muammolarini bevosita o‘rganish va ularga huquqiy yechim berish maqsadida Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M.Istamov tomonidan Yashnobod tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Ochiq muloqot ruhida kechgan qabul davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan yer munosabatlari, ruxsat berish tartiblari, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar hamda boshqa yo‘nalishlarga oid masalalar ko‘tarildi.


Mutasaddilar tomonidan har bir murojaat atroflicha tinglanib, amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

📌Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra:
jami 26 nafar tadbirkorlik subyekti qabul qilindi;
3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi;
5 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi;
18 ta murojaat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazish hamda tegishli huquqiy hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61
Prezident Shavkat Mirziyoyev urbanizatsiya va shaharsozlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по повышению эффективности реформ, осуществляемых в сфере урбанизации и градостроительства.

#Mirziyoyev #taqdimot #shaharsozlik #urbanizatsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
KONSTITUTSIYAVIY SUDINING
MAJLISI

 
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi uchinchi qismi beshinchi xatboshisini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29, 65 va 141-moddalariga muvofiqligini aniqlash haqidagi masala muhokama qilindi.

 
Batafsil ⬅️
👍54😢2
#Adliya_aralashgach

🎓 Adliya aralashuvi bilan pedagoglarning 358,8 million so‘mlik ustama pullari undirib berildi

⚖️ Samarqand viloyat adliya boshqarmasiga Nurobod tumanidagi umumta’lim maktablaridan birida faoliyat yuritayotgan bir guruh pedagoglar tomonidan murojaat kelib tushdi.

🔍 Murojaatni o‘rganish davomida 10 nafar pedagogga qonunchilikda nazarda tutilgan maxsus ustama pullari uzoq muddat davomida to‘lanmay kelayotgani aniqlandi.

📝 Adliya organlari tomonidan pedagoglarning ma’lumotlarini tegishli elektron platformaga kiritish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi hamda ularning manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizalari kiritildi.

👨‍⚖️ Sud qarorlariga asosan pedagoglarga 2025-yil sentyabr oyidan buyon to‘lanmay kelgan jami 358 million 880 ming 724 so‘m miqdoridagi maxsus ustama pullarini undirish belgilandi.

Natijada pedagoglarning mehnat huquqlari tiklanib, qonun bilan kafolatlangan manfaatlari himoya qilindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2👍1🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📊 Adliya vazirligi Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishning konseptual asoslarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3854, 2026-yil 10-iyun).

📄 Ushbu Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishning konseptual asoslari mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar tomonidan tuziladigan va taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning maqsadini ifodalaydi hamda moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishning asosiy tamoyillarini belgilaydi.

Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda oʻrinlilik va haqqoniy (ishonchli) taqdim etish fundamental sifat tavsiflari hisoblanadi.

📈 Qiyoslanuvchanlik, tekshiriluvchanlik, oʻz vaqtida taqdim etish va tushunarlilik oʻrinli va haqqoniy (ishonchli) taqdim etishni taʼminlaydigan hamda maʼlumotning foydaliligini oshiradigan sifat tavsiflari hisoblanadi.

🏢 Hisobot beruvchi tashkilot faoliyatida moliyaviy holatni aniqlash bilan bogʻliq moliyaviy hisobot elementlari:
🔹 aktivlar;
🔹 majburiyatlar;
🔹 xususiy kapital.

📋 Hisobot beruvchi tashkilot faoliyatida moliyaviy natijalarni aniqlash bilan bogʻliq moliyaviy hisobot elementlari:
💰 daromad;
💸 xarajat.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥3