ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#adliya_xabari

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 175-son qarori bilan ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslarga 60 ga yaqin turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda belgilangan yig‘im va to‘lovlarni undirishda ushbu to‘lovlarning 50 foizi miqdorida imtiyoz qo‘llanilishi nazarda tutildi.

Bularga quyidagi davlat xizmatlarini misol qilib keltirish mumkin:
1. Umumta’lim fanlaridan bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish
2. Chet tilini bilish darajasini aniqlash
3. Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish
4. Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish
5. Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash
6. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
7. Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash
8. Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash
9. Ko‘chmas mulk obyektlariga (noturar bino va inshootlarga oid hamda turar joy fondiga oid qismlariga) hamda ko‘p kvartirali uydagi umumiy mulkka kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
10. Qurilish tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish
11. Yer uchastkalariga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
12. Ko‘chmas mulk buzilishga tushganligi yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish
13. Shaxsning nomida ko‘chmas mulk (turar va noturar joy) mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish
14. Elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish
15. Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash
16. Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash
17. Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash
18. Yuridik va jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suv chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash
19. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv ma’lumotnomalari berish
20. Statistika ma’lumotlarini taqdim etish


➡️ Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda loyiha ko‘rib chiqish jarayonida.

Loyihada pedagog shaxslarga tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxsning vakili sifatida murojaat qilish hollaridan tashqari barcha davlat xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari bo‘yicha ellik foizli chegirma qo‘llanilishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Prezidentning “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida” 2025-yil 9-noyabrdagi PQ–336-son qaroriga ko‘ra Sog‘liqni saqlash vazirligiga davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni kamaytirishga oid imtiyozlarni qo‘llash hamda qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish borasida takliflar tayyorlash vazifasi yuklatilgan.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚖️ BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ..

🟡Giyohvandlik millat kushandasi. Bugun mamlakatimizda mazkur illatga qarshi keskin kurash choralari ko'rilmoqda. Giyohvandlikka qarshi kurash bo'yicha respublika bo'ylab quloch yoygan tadbirlar Navoiy viloyatida ham davom etmoqda.

🟡Xususan, adliya organlar tizimida ta'lim muassasalarida, yoshlar davrasi, mahallalarda, mehnat jamoalarida va uyma-uy yurgan holda targ'ibot tadbirlari tashkil etmoqda.

📱|Telegram 📱|Facebook 📱|Instagram
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥
#Adliya_va_yoshlar
#stopnarko

❗️Narkojinoyatchilik va giyohvandlik — millat genofondiga tahdid

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Bag'dod tumanidagi 1-umumta'lim maktabining yuqori sinf o'quvchilari bilan "Giyohvandlik - asr vabosi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Suhbat davomida giyohvandlik ilmni ham, maʼrifatni ham, umuman olganda, barcha insoniy qadriyatlarni bir zumda vayron qilib yuboradigan illat ekanligi, uning zarari butun oila, jamiyat, millat va insoniyat hayotini tahlika ostida qo‘yishi mumkinligi alohida ta'kidlandi va yoshlarni giyohvandlikka qarshi kurash yuzasidan fikrlari tinglandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥32👏2🎉1
#intellektual_mulk

🔴Darakchi.uz” brendi rasmiy himoya ostida

🔹O‘zbekiston axborot makonida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Darakchi.uz” brendi Adliya vazirligi tomonidan tovar belgisi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

🔹Ma’lumki, brend — bu nashrning nufuzi va o‘quvchilar ishonchining muhim omili hisoblanadi. Ayniqsa, yillar davomida shakllangan brend nomini huquqiy himoya qilish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

🔹Brendning ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning nomidan foydalanib ochilgan soxta resurslarga qarshi kurashish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi.

🔹Shuningdek, tovar belgilariga bo‘lgan egalik huquqi ariza topshirilgan sana bilan belgilanadi. Shu bois, o‘z brendingizni himoya qilishni kechiktirmaslik muhim.

🔹Qonunchilikka ko‘ra, tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi hamda uning amal qilish muddati cheklanmagan tarzda (har safar 10 yilga) uzaytirilishi mumkin.

❗️Unutmang: tovar belgisi birinchi bo‘lib ariza topshirgan shaxs yoki tashkilot nomiga rasmiylashtiriladi. Mehnatingiz mahsulini boshqalar o‘zlashtirib olishiga yo‘l qo‘ymang!

🌐 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani Adliya vazirligining im.adliya.uz portali orqali onlayn tarzda topshirishingiz mumkin.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2👍1🔥1
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni

🔴 Yo‘l harakati xavfsizligi madaniyati — yoshlar e’tiborida

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Mazkur uchrashuv “Boran” avtomobil maktabida o‘tkazilib, unda talaba-yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularning muammolariga yechim topish hamda ochiq va samimiy muloqot muhitini yaratish asosiy maqsad etib belgilandi.

🔹Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E. Tursunov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Yoshlarning ta’lim jarayoni, ijtimoiy sharoitlari va kelajak rejalari yuzasidan fikrlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🔹Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda buzg‘unchi g‘oyalar, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish uchun belgilangan javobgarlik yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

📌 Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda turli salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3👍1🔥1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Xorazmda yo‘l harakati xavfsizligi madaniyati yoshlar orasida targ‘ib etilmoqda

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Xorazm viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida tadbir tashkil etildi.

🔹Viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.

🔹Tadbir davomida yo‘l harakati qoidalari, transport vositalari harakati, yo‘l belgilari hamda maxsus ko‘rgazmali maketlar orqali amaliy tushuntirishlar berilib, yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🔹Shuningdek, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinmaslikning og‘ir oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berilib, mavzuga oid videorolik namoyish etildi.

📌 Mazkur tadbir yoshlarning yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, yo‘l harakati ishtirokchilariga nisbatan hurmat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4👍3🔥1