ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

QR-kodlar orqali toʻlovlarni amalga oshirish tartibi qanday?

Muxbir: Diyora G’aniyeva

Ekspert: Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Temur Hasanov

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2🔥2👍1
#Adliya_aralashgach

🔴 Homiladorlik va tug‘ish ta’tili puli undirib berildi

🔹Fuqarolarning homiladorlik va tug‘ish ta’tili uchun haq to‘lanmayotgani yuzasidan qilgan murojaatlari tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.

🔹O‘rganish davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–206-son Farmoni qabul qilingani munosabati bilan ish beruvchi tomonidan tegishli to‘lovlar amalga oshirilmaganligi aniqlandi.

🔹Adliya bo‘limi tomonidan fuqarolar manfaatida sudga da’vo arizalari kiritildi.

🔹Natijada, sud qarori bilan xodimlarning buzilgan huquqlari tiklanib, homiladorlik va tug‘ish ta’tili uchun 30 mln so‘mdan ortiq mablag‘ undirilishi ta’minlandi.

📌 Adliya organlari tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
2
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 So‘xda yoshlar bilan ochiq muloqot: huquqbuzarlik va giyohvandlikning salbiy oqibatlari tushuntirildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Farg‘ona viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida ochiq muloqot tashkil etildi.

🔹Xususan, So‘x tumanidagi umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlarga huquqbuzarliklar profilaktikasi, giyohvandlik va korrupsiya kabi jinoyatlarning inson hayotiga salbiy ta’siri hayotiy misollar asosida tushuntirildi.

🔹Tadbir davomida yoshlarning huquqiy ongi va ogohligini oshirish, ularni turli zararli illatlardan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Yakunda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

📌 Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
🔥4👍3👏1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Sardobada yoshlar bilan ochiq muloqot: amaliy yechimlar muhokamada


🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Sirdaryo viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Sardoba tumanidagi mahallada o‘tkazilgan ochiq muloqotda yoshlar bilan erkin va samimiy suhbat olib borilib, ularning muammo, taklif va tashabbuslari bevosita tinglandi.

🔹Uchrashuv davomida qonunchilikdagi yangiliklar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar hamda dolzarb huquqiy masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

🔹Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, muammolarni joyida hal etishga qaratilgan choralar belgilandi.

🔹Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi orqali ish izlayotgan yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinib, ularning bandligini ta’minlashga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

📌 Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning muammolariga amaliy yechim topish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
🔥3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni

🔴 Buxoroda yosh arxivchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan vazifalar doirasida Buxoro viloyatida yosh mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔹Ochiq muloqot davomida soha rahbari tomonidan arxiv tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, hujjatlarni raqamlashtirish, elektron arxivlarni shakllantirish hamda xizmatlar sifatini oshirish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

🔹Shuningdek, yosh mutaxassislarning kasbiy rivoji, ularning tizimdagi o‘rni va imkoniyatlari, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

📌 Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda davlat organlari faoliyatida yoshlarning rolini oshirishga xizmat qilmoqda.
👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni

🔴 Navoiyda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi avtodromda o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Navoiy viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

🔹Mazkur muloqot Vatanparvar tashkilotining amaliy mashg‘ulotlar maydoni — avtodromda o‘tkazilib, yoshlar uchun o‘ziga xos interaktiv muhit yaratildi.

🔹Tadbir davomida yoshlar miltiqdan o‘q otish, motokros va velokros kabi sport turlarida foydalaniladigan jihozlar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi.

🔹Shuningdek, avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha ta’lim jarayoni, amaliy mashg‘ulotlar orqali shakllantirilayotgan ko‘nikmalar hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔹Ochiq muloqot jarayonida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

📌 Mazkur tadbir yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularni sport va texnik yo‘nalishlarga jalb etish hamda yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
🔥9👍53