ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from Kutilgan Fursat
Raqamli davlat xizmatlari orqali byurokratik to'siqlarni bartaraf etamiz

Batafsil YouTube kanalimizda tomosha qiling!

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi bosh maslahatchisi - Yahyoxon Jo‘rayev "KUTILGAN FURSAT" sahnasida!

📱 Bizga obuna bo'lishni unutmang!

📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍3👏21
#Adliya_xabari

Hurmatli yurtdoshlar!


📣 Joriy yilning 18-mart kuni soat 11:00 da Adliya vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazida aholini ish bilan ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli “Mehnat yarmarkasi” tashkil etiladi.

Mazkur yarmarkada turli soha va yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar ishtirok etib, bo‘sh ish o‘rinlari, kasbga o‘qitish imkoniyatlari hamda bandlikka oid maslahatlar taqdim etadi. Tadbir davomida ish izlayotgan fuqarolar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlariga mos ish topish, shuningdek kasbiy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


⌛️Barcha ish izlayotgan fuqarolarni, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar va kasb o‘rganishga qiziqqan yurtdoshlarimizni mazkur mehnat yarmarkasida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

📌Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi 331-uy.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#biz_giyohvandlikka_qarshimiz

Yoshlar — jamiyatimizning eng katta boyligi. Ularning sog‘lom, ongli va maqsadli hayot kechirishi esa mamlakatimiz kelajagining mustahkam poydevoridir.

Giyohvandlik illati nafaqat inson salomatligiga, balki jamiyat barqarorligi va taraqqiyotiga ham jiddiy xavf tug‘diradi. Shu bois ushbu illatga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish muhim vazifalardan biridir.

Adliya organlari tomonidan ham yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Barchani giyohvandlikka qarshi kurashishda befarq bo‘lmaslikka, sog‘lom turmush tarzini tanlashga hamda yoshlarimizni zararli illatlardan asrashga chorlaymiz.

Sog‘lom avlod — sog‘lom jamiyat va yorqin kelajak garovidir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2🔥2👍1👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Bojxona nazorati jarayonlari uchun yangi hujjat shakllari tasdiqlandi

📗Adliya vazirligi tomonidan “Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Tegishli qaror (ro‘yxat raqami 2778-7, 2026-yil 13-mart) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

🔎 Ushbu o‘zgarishlar bojxona nazorati jarayonlarini yanada aniq, shaffof va tizimli hujjatlashtirishga qaratilgan.

📎Yangi tartibga ko‘ra quyidagi bojxona hujjatlari shakllari joriy etildi:
🔻Jumladan:
✔️ tovar va transport vositalarini tekshirish natijalarini rasmiylashtirish uchun bojxona ko‘rigi dalolatnomasi
✔️ jismoniy shaxslarning qo‘l yuki va bagajlarini tekshirish bo‘yicha alohida bojxona ko‘rigi dalolatnomasi
✔️ deklarant tomonidan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oldin ko‘zdan kechirish yoki o‘lchash uchun elektron murojaatnoma
✔️ yuklarni bojxona omboriga bojxona xodimi ishtirokida yoki ishtirokisiz tushirish bo‘yicha maxsus dalolatnomalar


💻 Mazkur hujjatlar bojxona organlarining axborot tizimi orqali elektron shaklda tayyorlanadi va rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, endilikda avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlarda tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega bojxona tashuvchilarining Davlat bojxona qo‘mitasiga reyestrga kiritish uchun murojaat qilish talabi hamda ariza shakli bekor qilindi.


Bu yangiliklar bojxona jarayonlarini soddalashtirish va raqamlashtirishga xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍21🔥1
#Adliya_aralashgach

Fuqaro 20 yil yashagan uyiga egalik huquqini oldi

Fuqaro M.U. “Shukrona” mahallasida 2006-yildan buyon yashab kelayotganligini bildirib, ushbu xonadonga egalik faktini sud orqali belgilashda huquqiy yordam ko‘rsatishni so‘rab Yangiyer shahar adliya bo‘limiga murojaat qilgan.

▶️Batafsil👈

▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
👍9🎉4🔥31👏1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Sharof Rashidov tumanida O‘RQ-937-son Qonuni asosida fuqarolarning mulk huquqlari e’tirof etilmoqda.

📊 4731 ta obyekt xatlovdan o‘tkazilib, 640 nafar fuqaroning mulk huquqi e’tirof etildi.

🎥 Batafsil — videoda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔹"O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida” 2026-yil 6-martdagi O'RQ-1120-son Qonuni bilan dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun javobgarlik oshirilgani xususida

🔸Adliya vazirligi Axborot xizmati bosh maslahatchisi Anasxon Xamdamov

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5🔥2👍1
📣 Notariuslikka talabgorlarga MUHIM XABAR!

Notarius bo‘lishni rejalashtiryapsizmi? Endi buning uchun aniq belgilangan tartib va professional o‘quv kurslari mavjud!

⚡️ O‘quv kurslari qayerda va qanday o‘tkaziladi?
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (an'anaviy yoki masofaviy)
Institut bilan tuzilgan shartnomaga asosan
72 soatlik o‘quv dasturi asosida
Tinglovchilar elektron yoki yozma shakldagi ariza bilan Institutga murojaat qiladi
➡️Pochta manzil: minjusttraining@adliya.uz

👥 O‘quv jarayoni:
➡️ 25 nafardan oshmagan akademik guruhlarda olib boriladi

📜 Baholash va sertifikat:
🔸 Yakunda suhbat shaklida imtihon
🔸 100 ballik tizim asosida baholash
🔸 Kamida 56% ball to‘plagan tinglovchilarga sertifikat beriladi

🎯 Agar siz notariuslik faoliyatiga tayyorlanayotgan bo‘lsangiz, bu kurs siz uchun muhim va majburiy bosqich hisoblanadi!

👉 Batafsil ma’lumot va yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalni kuzatib boring!

📞 +998 55 518 47 77

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42
#Adliya_xabari

Navro‘z bayrami arafasida notariuslar va ularning ota-onalari e’tirof etildi

🔹Xorazm viloyati adliya boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Notarial palatasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan notariuslar va ularning ota-onalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda notariat sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, vazifa va topshiriqlarni samarali bajarishda faol qatnashayotgan, jumladan onlayn notarial harakatlarni rasmiylashtirishda yuqori natijalarga erishayotgan bir guruh notariuslar e’tirof etilib, ularga Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi.

🔹Shuningdek, farzandlarini halollik, mas’uliyat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi mutaxassislarni kamolga yetkazganlari uchun bir guruh notariuslarning ota-onalariga O'zbekiston Respublikasi Notarial palatasi raisining tashakkurnomalari topshirildi.

🔹Tadbirda ota-onalar farzandlariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va hurmat uchun samimiy minnatdorlik bildirdilar.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE_jarayon

Ayni damda Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan Nukus shahridagi "Do'stlik" istirohat bog'ida "Adliya sayli" tadbiri o'tkazilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Farg'onada aholining huquqiy muammolari hal etilmoqda

“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida 2025-yil davomida 8 mingdan ortiq huquqiy muammolar aniqlandi. Ushbu muammolarning 6 minga yaqini to‘liq qanoatlantirilgan.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍103🔥3👏1🎉1🙏1
#Adliya_xabari

Jamoatchilik kengashi a'zolari bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Bugun Adliya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov, kengash a’zolari ishtirok etdi.

🎚Yig‘ilish davomida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, adliya organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, fuqarolar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🔘Shu bilan birga, sohada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi. Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar kelgusidagi faoliyatni yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🤔Tadbir ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalari bilan faol ishtirok etdilar. Bu esa davlat organlari va jamoatchilik o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

✔️Yig‘ilish yakunida bildirilgan taklif va fikrlar asosida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda kelgusidagi faoliyatda ularni inobatga olish bo‘yicha kelishib olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥1👏1🎉1🙏1