ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Yashil_makon

📣 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tizimi xodimlari "Yashil makon" umummilliy loyihasida ishtirok etishdi.

🌳 Xorazm viloyatining Bog`ot tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 4 ga yer maydoniga 500 ta ko‘chatlar ekildi.

🍃 Yashil makon – kelajagimiz uchun! Atrof-muhitni asrashga o‘z hissamizni qo‘shaylik: daraxt ekaylik, tabiatni asraylik va yurtimizni yanada obod qilaylik!

🌴 “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida ekilgan har bir daraxt — kelajak avlodga qoldirilgan bebaho merosdir.
4🔥1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Taqsimlanmagan infratuzilma mablag‘larini taqsimlash tartibi belgilandi


Adliya vazirligi tomonidan “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida buyurtmachisi aniqlanmagan va taqsimlanmagan mablagʻlarni buyurtmachilarga taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3786, 2026-yil 13-mart).

Mazkur nizom Davlat dasturi doirasida buyurtmachisi aniqlanmagan hamda taqsimlanmagan mablagʻlarni obyektlar (loyihalar) va buyurtmachilar kesimida taqsimlash tartibini belgilaydi.

Unga ko‘ra:

🔹 vazirlik va idoralar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari taqsimlanmagan mablagʻlardan foydalanish boʻyicha takliflarini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga elektron shaklda taqdim etadi;

🔹 Nizom ilovasida maqsadli yo‘nalishlar hamda takliflarni taqdim etish muddatlari belgilangan;

🔹 Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etilgan takliflarni bir oy ichida o‘rganib chiqadi va Davlat dasturi bo‘yicha manzilli ro‘yxatni shakllantiradi;

🔹 mazkur manzilli ro‘yxat har chorakda kamida bir marotaba Hukumatga tasdiqlash uchun kiritiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
Tarjimon Abdulla Qodiriydan ruxsat soʻraganmi?

“Mualliflik prezumpsiyasi” haqida eshitganmisiz? Intellektual mulk huquqida “Hosila asar” tushunchasi mavjud. Muallif vafotidan 70-yil oʻtgach, mualliflik huquqi bekor boʻladimi? “Huquqshunos oshxonasi”ning navbatdagi sonida intellektual mulk haqida muhim savollarga javob oling


Batafsil 👉 https://youtu.be/BG5F8YkKwSM

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥2👍1👏1
#Adliya_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “SSSRning so‘nggi fuqarosi Samarqandda yashamoqda” sarlavhali material yuzasidan Adliya vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Aniqlanishicha, 1972-yil 21-dekabrda Nurota tumanida tug‘ilgan fuqaro Kubayeva Onarxol Xoldorovna Qo‘shrabot tumani “Quvkalla” mahallasida istiqomat qilib, 1992-yilda Payariq tumani “Nakurt” mahallasiga kelin bo‘lib tushgan.

Fuqaro uzoq vaqt davomida e’tiborsizlik hamda oilaviy shart-sharoitlarning yetarli darajada bo‘lmaganligi sababli sobiq ittifoq — SSSR pasporti bilan yashab kelgan.

Adliya vazirligi, xususan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aniqlanishicha, fuqaro O.X. Kubaeva mazkur masala bo‘yicha avval MFY xodimlari, ichki ishlar yoki FHDY organlariga murojaat qilmaganligi sababli sobiq ittifoq pasportini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga almashtirilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻshrabot va Payariq tuman adliya bo‘limlari va Payariq tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan oʻzaro hamkorlikda zarur choralar ko‘rilib, 2026-yil 14-mart kuni fuqaro O.X. Kubaevaga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartasi rasmiylashtirib berildi.

Adliya vazirligi fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, shu jumladan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilishini ma’lum qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍125🔥4👏2🙏1
Forwarded from Kutilgan Fursat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlarini optimallashtirish orqali yiliga 90 milliard so'm tejaldi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi bosh maslahatchisi - Yahyoxon Jo‘rayev "KUTILGAN FURSAT" sahnasida!


📱 Bizga obuna bo'lishni unutmang!

📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vengriya adliya vaziri o‘rinbosari, qonunchilik ishlari bo‘yicha davlat kotibi Zoltan Totning O’zbekistonga xizmat safari davomida olgan taassurotlari

Uchrashuv davomida biz juda ko‘p foydali tajribalarni o‘rganish imkoniga ega bo‘ldik va bu bilimlar kelgusida faoliyatimizda albatta qo‘l keladi.

Hozirgi kunda Vengriyada tomonlar masofadan turib ham shartnomani notarial hujjat sifatida rasmiylashtirish imkoni hali mavjud emas.

Shu bois, biz aynan shunday tizim muvaffaqiyatli ishlayotgan davlatni izlab, uning tajribasini o‘rganishni maqsad qildik. Ushbu tizim qanday ishlashi, unda biz uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan jihatlarni sinchkovlik bilan o‘rganmoqdamiz.

Agar bu tajribani Vengriya huquq tizimiga moslashtirish imkoniyati bo‘lsa, biz uni albatta amaliyotga joriy etishni maqsad qilganmiz.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍12🔥1
#barcha_baxtli_bo’lishga_haqli

IVAN BOBONING “KO‘KSIGA SHAMOL TEGADIGAN BO‘LDI” 

🔍 Gap shundaki, ayni paytda Qiziltepa tumanida istiqomat qilayotgan Yabarov Ivan Egorovich aslida Rossiya Federatsiyasida tug‘ilgan.

Bolalgida ma’lum sabablarga ko‘ra O‘zbekistonga kelib qolgan otaxon hozirda 66 yoshda.

Ammo shu kunga qadar qo‘lida biror bir hujjati bo‘lmagan. “Bu haqda kimgadir murojaat qilish esimga ham kelmagan” - deydi biz bilan suhbatda.

So’zi davomida Qiziltepa xalqi unga boshpana berganini, odamlarning uylarida yumushlariga qarashib rizqini terib yurganini ta’kidlaydi.

Adliya bo‘limi tomonidan xonadonbay olib borilgan o‘rganishlar davomida I.Egorovichning masalasi ish yurituviga qabul qilindi. Jarayon unga tugʼilish toʼgʼrisidagi guvohnomasini olishdan boshlandi.

👍Tuman FHDY boʼlimi tomonidan “Fuqarolik, oila hamda jinoyat ishlari boʼyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʼgʼrisida”gi (2002-yil 7-oktyabr) Kishinev Konventsiyasiga asosan Rossiya Federatsiyasiga soʼrov xatlari yuborilib fuqaroning tugʼilganlik haqidagi guvohnomasini olishga erishildi.

🌟 Ayni paytda qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanish, yoshga doir nafaqa tayinlash va boshqa huquqlarni ta’minlash maqsadida huquqiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

📱|Telegram 📱|Facebook 📱|Instagram
8👍4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vengriya adliya vaziri o‘rinbosari, qonunchilik ishlari bo‘yicha davlat kotibi Zoltan Totning O’zbekistonga xizmat safari davomida olgan taassurotlari

Bu yerda biz juda qimmatli tajribaga guvoh bo‘ldik. Bizda ham ko‘plab xizmatlar mavjud va turli ishlar amalga oshiriladi. Biroq fuqarolar hamda tadbirkorlar barcha xizmatlarni bir joyning o‘zida va markazlashgan tarzda hal qila oladigan tizim bizda hali mavjud emas.

Shu sababli bu yerda ko‘rgan tajribamiz biz uchun juda muhim va o‘rganishga arziydi. Haqiqatan ham juda samarali va ilg‘or amaliyotga guvoh bo‘ldik.

Bu yerda ko‘rgan ayrim jarayonlar men uchun mutlaqo yangilik bo‘ldi . Bunday tizimni ilgari ko‘rmaganman.

Hayotim davomida men deyarli barcha turdagi huquqiy jarayonlardan qatnashganman: bir tomondan oddiy fuqaro sifatida, ikkinchi tomondan esa notarius sifatida. Ammo bu yerda ko‘rganim meni chinakamiga hayratga soldi.

Menda eng katta taassurot qoldirgan narsa bu xizmatlar fuqarolar uchun naqadar qulay va mijozga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etilganidir. Bu tajriba bilan almashganinglar uchun sizlarga yana bir bor samimiy rahmat aytaman.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍86🔥1