#Adliya_xabari
Adliya vazirligi rahbariyatining 2025-yil uchun belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichlarining (KPI) bajarilish holati yuzasidan axboroti eshitildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2026-yil 5-martdagi yig‘ilishida Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan samaradorlik ko‘rsatkichlarining har bir sohalar kesimida bajarilishi yuzasidan deputatlarga batafsil axborot taqdim etildi.
Ta'kidlash joizki, 2025-yil uchun vazir va uning o‘rinbosarlari uchun belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilgan.
Qo‘mita a’zolari tomonidan ko‘rsatkichlarning nafaqat belgilangan miqdorlariga erishilishi, balki ularning sifatli bajarilishi holati atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, amalga oshirilgan ishlarning aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan qulayliklarga, huquqiy muhitning yaxshilanishiga, byurokratik to‘siqlarning kamayishiga ta’siri yuzasidan savollar ko‘tarildi. Vazirlik tomonidan ushbu savollarga atroflicha javoblar berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

Jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni maqbullashtirish va ularning sonini qisqartirish, tartibga solish ta’sirini baholash tizimini keng joriy etish, korrupsiyaga qarshi ekspertiza hajmini oshirish, davlat xizmatlarini soddalashtirish va raqamlashtirish, yuridik ta'lim va sud ekspertiza sohasini rivojlantirish, davlat boshqaruvi samaradorligini tahlil va monitoring qilish, advokatura, sud-ekspertiza hamda intellektual mulk sohalarini rivojlantirish, “ijro.gov.uz” tizimi orqali ijro intizomini ta’minlash, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil axborot berildi.
Ta'kidlash joizki, 2025-yil uchun vazir va uning o‘rinbosarlari uchun belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilgan.
Davlat xizmatlarini soddalashtirish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish, intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hajmini oshirish hamda huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish borasida sezilarli natijalarga erishilgan.
Qo‘mita a’zolari tomonidan ko‘rsatkichlarning nafaqat belgilangan miqdorlariga erishilishi, balki ularning sifatli bajarilishi holati atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, amalga oshirilgan ishlarning aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan qulayliklarga, huquqiy muhitning yaxshilanishiga, byurokratik to‘siqlarning kamayishiga ta’siri yuzasidan savollar ko‘tarildi. Vazirlik tomonidan ushbu savollarga atroflicha javoblar berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤10👍2
#Adliya_xabari
🔥 Yong‘inlar nega ko‘paymoqda? - Qonunchilik yangilanmoqda!
2025-yilda O‘zbekistonda 11 241 ta yong‘in sodir bo‘ldi. Yetkazilgan zarar — 249,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 82 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
Bu quruq statistika emas. Bu — tizimga signal.
Jumladan, amaldagi Qonun 16 yil avval qabul qilinganligi sababli, bugungi xavflarga(qurilish sur’ati, savdo markazlari ko‘payishi, yangi materiallar paydo bo‘lishi va h.k.) to‘liq javob bermayapti.
✅ Yechim nima?
“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda, bunda:
🔹qurilishda yonuvchan materiallardan foydalanishni cheklash, xususan, binolar yong‘in xavfi bo‘yicha toifalarga ajratilib, har biri uchun alohida majburiy texnik talablarni belgilash, standartlarga javob bermaydigan mahsulotlardan qurilishda foydalanish taqiqlanishi;
🔹yong‘in auditi joriy etilishi, xususan,obyektlarning xavfsizlik holati mustaqil baholanishi,audit ixtiyoriy o‘tkazilishi hamda ijobiy xulosa olingan obyektlar bir yil davomida rejali tekshiruvdan ozod etilishi;
🔹bozorlar va savdo markazlarini majburiy sug‘urtalash, ya’ni obyektlarni, shuningdek uchinchi shaxslarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun o‘zlarining fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilinishi;
🔹aybdorlardan tovon undirish mexanizmi joriy etilishi, jumladan, jabrlanuvchi vafot etganda, nogiron bo‘lib qolganda yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda zarar yetganda aybdordan yetkazilgan zarar bilan birga mutanosib miqdorda tovon undirilishi nazarda tutilmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda sohadagi muammolar chuqur tahlil qilindi.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, yirik yong‘inlarning asosiy sabablari nafaqat ehtiyotsizlik, balki qonunchilikdagi bo‘shliqlar bilan ham bog‘liq.
Jumladan, amaldagi Qonun 16 yil avval qabul qilinganligi sababli, bugungi xavflarga(qurilish sur’ati, savdo markazlari ko‘payishi, yangi materiallar paydo bo‘lishi va h.k.) to‘liq javob bermayapti.
So‘nggi yillarda savdo markazlari, ishlab chiqarish obyektlari va ko‘p qavatli binolardagi yirik yong‘inlar bu muammolarni ochiq ko‘rsatdi.
Xususan, 2023-yilda Qoʻqon shahridagi “Buyuk ipak yoʻli” savdo majmuasida, 2024-yilda “G‘ijduvon” bozorida, 2025-yilda “Aviasozlar” bozorida, “Uch-qahramon savdo majmuasi”da, shuningdek, 2026-yil 31-yanvarda “Aviator” nomli savdo-ko‘ngilochar markazida va “Izza” qurilish bozorida sodir bo‘lgan yong‘inlar so‘zimiz isbotidir.
“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda, bunda:
🔹qurilishda yonuvchan materiallardan foydalanishni cheklash, xususan, binolar yong‘in xavfi bo‘yicha toifalarga ajratilib, har biri uchun alohida majburiy texnik talablarni belgilash, standartlarga javob bermaydigan mahsulotlardan qurilishda foydalanish taqiqlanishi;
🔹yong‘in auditi joriy etilishi, xususan,obyektlarning xavfsizlik holati mustaqil baholanishi,audit ixtiyoriy o‘tkazilishi hamda ijobiy xulosa olingan obyektlar bir yil davomida rejali tekshiruvdan ozod etilishi;
🔹bozorlar va savdo markazlarini majburiy sug‘urtalash, ya’ni obyektlarni, shuningdek uchinchi shaxslarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun o‘zlarining fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilinishi;
🔹aybdorlardan tovon undirish mexanizmi joriy etilishi, jumladan, jabrlanuvchi vafot etganda, nogiron bo‘lib qolganda yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda zarar yetganda aybdordan yetkazilgan zarar bilan birga mutanosib miqdorda tovon undirilishi nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasi – fojealardan keyingi reaksiya emas, balki kelajakdagi yong‘inlarning oldini olishga qaratilgantizimli yechimdir. Zero, har bir yong‘in ortida inson taqdiri yotadi. Qonunchilikdagi har bir bo‘shliq esa potensial xavf hisoblanadi. Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ma’qullangan.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👏3❤1👍1
#Hamdardlik
Adliya vazirligi jamoasi vazirlikning Inson resurslari boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Isakov Atxam Azamatovich hamda uning oila a’zolariga otasi — Azamat ota Isakovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

🙏56😢6❤5
#Adliya_tabrigi
Aziz ayollar!
Sizlarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.
Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Doimo e'tibor va e'tirofda, aziz va mukarram bo'lib yuring! Bayramingiz muborak bo'lsin!
Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Aziz ayollar!
Sizlarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.
Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Doimo e'tibor va e'tirofda, aziz va mukarram bo'lib yuring! Bayramingiz muborak bo'lsin!
Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥7❤4👏1😢1🎉1🙏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Aviakompaniya dispetcherlari uchun smenadan oldingi tibbiy ko‘rikdan o‘tish talabi bekor qilindi.
🔹Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (O‘zR AQ-91) o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 1723-13, 2026-yil 6-mart).
🔹Mazkur idoraviy hujjat bilan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiyaga muvofiq havodagi harakatni boshqarish dispetcherlarining har kuni smenadan oldingi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bo‘yicha talab bekor qilinmoqda.
🔻Shuningdek, xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiya talablaridan kelib chiqib hamda o‘z ahamiyatini yo‘qotganligi bois, bir qator qoidalar (masalan, bulutlarning quyi chegarasi balandligi minimumdan past bo‘lmasa,o‘tish eshelonidan pasayishga ruxsat berilishi va boshqalar) chiqarib tashlanmoqda.
🔹Jihozlanishiga ko‘ra, havo kemalari asosiy havo kemasi va qayta jihozlangan havo kemasiga ajratilmoqda.

❤2🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🔹Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni (ro‘yxat raqami 3387-1, 2026-yil 7-mart) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
🔻Unga ko‘ra:
➖axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga;
➖Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning oʻrinbosarlariga;
➖Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar taʼsischilariga (ishtirokchilariga) va mutaxassislariga;
➖oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilariga ham IT-visa beriladi.
🔹Shu bilan birga, IT-visa olish uchun berilgan tavsiyalar u berilgan kundan boshlab 3 oy ichida olib ketilishi lozimligi belgilandi.

Shunindek, IT-visa berish uchun bir qator yangi talablar belgilandi.
🔻Jumladan:
▪️xorijiy investor – O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxsni 30 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda moliyalashtirishni amalga oshiruvchi yoki ushbu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etishi;
▪️Texnopark rezidentining ta’sischisi – Texnopark rezidenti maqomini olgan yuridik shaxsning ta’sischisi (ishtirokchisi) bo‘lgan va ushbu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etadigan jismoniy shaxs bo‘lishi;
▪️Texnopark rezidenti rahbar xodimlari – Texnopark rezidenti maqomini olgan yuridik shaxsning oxirgi 12 oyda yillik 30 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan daromadga ega bo‘lgan yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi va ularning o‘rinbosarlari bo‘lishi lozimligi belgilandi.
🔹Shu bilan birga, IT-visa olish uchun berilgan tavsiyalar u berilgan kundan boshlab 3 oy ichida olib ketilishi lozimligi belgilandi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥3👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
10-mart – Xalqaro ayol sudyalar kuni
Adolat yo‘lida xizmat qilayotgan, qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan ayol sudyalar jamiyatimizda alohida o‘rin tutadi.
Ularning har bir qarori ortida katta mas’uliyat, chuqur bilim va inson taqdiriga befarq bo‘lmagan qalb turadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adolat yo‘lida xizmat qilayotgan, qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan ayol sudyalar jamiyatimizda alohida o‘rin tutadi.
Ularning har bir qarori ortida katta mas’uliyat, chuqur bilim va inson taqdiriga befarq bo‘lmagan qalb turadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤5🔥5👍4👏1
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Adliya vazirligida raqamlashtirish jarayonlari
👍6🔥2👏2
Adliya vaziri o‘rinbosari Sirdaryoda
Adliya vaziri o‘rinbosari M. Allakuliyev xizmat safari bilan Sirdaryo viloyatida bo‘lib, Guliston shahar adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.
Dastlab, davlat xizmatlari markazida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchagidan foydalanish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shundan so‘ng FHDY hamda notarial arxivlarda hujjatlarni saqlash holati, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Xizmat safari davomida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi faoliyati ham ko‘rib chiqildi. Jarayonda boshqarmada tashkil etilgan axborot-tahlil, media va situatsion-tahliliy markaz faoliyati bilan tanishildi.
O‘rganish davomida faoliyat samaradorligini ta’minlash, huquqiy kontent va media materiallarni sodda hamda xalqchil tilda tayyorlash, fuqarolarga davlat va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

👍9❤4🔥1
#oyning_eng_yaxshi_xodimi
🔷Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va axborot-tahlil boshqarmasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i Xodjimuratov Baxtiyor Yakubovich 2026-yilning fevral oyi uchun vazirlik tomonidan "Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi" deb topildi.
🔷Baxtiyor Xodjimuratov 2016-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.
🔷2026-yildan buyon Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.
🔷 Baxtiyor Xodjimuratov tomonidan Yashnobod tumanida ijtimoiy-iqtisodiy va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek ishlarni yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish maqsadida Adliya vazirligining ishchi guruhi tashkil etilib uning faoliyati samaradorligini baholash maqsadida maxsus samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
🔷 Bundan tashqari, probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan ishlashni samarali tashkil etish maqsadida Yashnobod tumanida sayyor qabullar o‘tkazildi hamda tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy va kriminogen vaziyatni doimiy nazorat qilish hamda tahlil etish uchun maxsus dashbord ishlab chiqilishi kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritilmoqda.
🔷 Vazirlik jamoasi Baxtiyor Xodjimuratovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

▪️Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2017-yilda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Tashkiliy-nazorat va tahlil sho‘basi yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
▪️2018-yilda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari bo‘limi yetakchi maslahatchisi;
▪️2018-2019-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Kadrlar bo‘limi bosh maslahatchisi;
▪️2019-2020-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari bo‘limi boshlig‘i;
▪️2022-2023-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari bo‘limi boshlig‘i;
▪️2023-2024-yillarda vazirlikning Strategik rejalashtirish va samaradorlikni baholash boshqarmasi bosh maslahatchisi;
▪️2024-2026-yillarda Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va ijro nazorati boshqarmasi Strategik rejalashtirish va metodologiya bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
🔷2026-yildan buyon Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.
🔷 Baxtiyor Xodjimuratov tomonidan Yashnobod tumanida ijtimoiy-iqtisodiy va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek ishlarni yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish maqsadida Adliya vazirligining ishchi guruhi tashkil etilib uning faoliyati samaradorligini baholash maqsadida maxsus samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
🔷 Bundan tashqari, probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan ishlashni samarali tashkil etish maqsadida Yashnobod tumanida sayyor qabullar o‘tkazildi hamda tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy va kriminogen vaziyatni doimiy nazorat qilish hamda tahlil etish uchun maxsus dashbord ishlab chiqilishi kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritilmoqda.
🔷 Vazirlik jamoasi Baxtiyor Xodjimuratovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍16❤7🔥1😢1
#oyning_eng_yaxshi_texnik_xodimi
🔷Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Shukurov El’dor Narzulla o‘g‘li 2026-yilning fevral oyi uchun vazirlik tomonidan “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.
🔷El’dor Shukurov 2024-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.
🔷Mehnat faoliyatini 2024-yilda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida boshlab, hozirga qadar faoliyatini davom ettirmoqda.
🔷El’dor Shukurov Minsk va Kishinyov konvensiyalari doirasida chet davlatlar hamda hududiy adliya organlaridan kelib tushgan 80 dan ortiq xat va hujjatlarning ijrosi ta’minlash, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali kelib tushgan arizalar asosida 150 dan ortiq advokatning guvohnomasi chop etilishi, “E-notarius.uz” va “E-advokat.uz” elektron tizimlari bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarga tizimdan foydalanish tartibi yuzasidan muntazam amaliy yordam ko‘rsatish kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.
🔷Vazirlik jamoasi El’dor Shukurovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

👍26❤5🔥3👏1😢1