ADLIYA YANGILIKLARI
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.5K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Fargʻona viloyati: Adliya organlari tomonidan fuqaroning mol-mulkni rasmiylashtirishdagi muammolari sud tartibida ijobiy hal qilindi.

🖥 Jizzax viloyati: "Targʻibot poyezdi" va "Tengdoshimga huquqiy yordam" loyihalari davom etmoqda.

🖥 Qashqadaryo viloyati: Shahrisabzlik xosiyat momo 96 yoshda hujjatli bo'ldi.

🖥 Qoraqalpog'iston Respublikasi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

🖥 Samarqand viloyati: Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Sattarov tomonidan PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan Kattaqo'rg'on shahar "Amir Temur" MFYda sayyor qabul o'tkazildi.

🖥 Sirdaryo viloyati: Mirzaobodda “Adliya kuni”: olis hudud aholisi bilan muloqot.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥42👏2
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Andijon viloyati: Xodimning huquqlari tiklanib, o'z vazifasiga qaytarilishida amaliy yordam berildi.

🖥 Fargʻona viloyati: Adliya aralashuvi bilan fuqaroga 106 milliondan ziyod pul mablag'i undirib berildi.

🖥 Samarqand viloyati: Soliq imtiyozi huquqiy yordam natijasida qo‘llanildi.

🖥 Sirdaryo viloyati: Olis hududda sayyor xizmat.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Fargʻona viloyati: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi ta'minlanmoqda.

🖥 Jizzax viloyati: Huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

🖥 Namangan viloyati: "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.

🖥 Qashqadaryo viloyati: Adliya sizni eshitadi.

🖥 Samarqand viloyati: Xotin-qizlar huquq va maanfatlarini himoya qilish mazvusida tadbir.

🖥 Sirdaryo viloyati: Adliya jamoasi uchun ilhom baxsh etgan spektakl.

🖥 Toshkent viloyati: Yettita oila jrimdan saqlab qolindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏2
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Fargʻona viloyati: DXMda fuqarolarga tezkor va zamonaviy to‘lov usuli orqali xizmat ko‘rsatilmoqda.

🖥 Jizzax viloyati: Jizzax viloyat adliya boshqarmasida yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etdi.

🖥 Namangan viloyati: “Mahalla huquqshunosi” loyihasi.

🖥 Samarqand viloyati: Urgut savdo kompleksida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

🖥 Sirdaryo viloyati: Sayxunobod tumanida kontrafaktga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlari tashkil qilindi.

🖥 Toshkent shahri: Hududlarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏1
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥Andijon viloyati: Fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan noreal qarzdorlik bekor qilindi.

🖥 Buxoro viloyati: 1709 nafar fuqarolarning uy-joylariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

🖥Farg'ona viloyati: Yangi O‘zbekiston yoshlari: imkoniyat va huquqiy kafolatlar.

🖥 Jizzax viloyati: 443 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.

🖥 Qashqadaryo viloyati: Muborakda aholi murojaatlari sayyor tartibda o‘rganildi.

🖥 Samarqand viloyati: Oqdaryoda oilaviy tinchlikni ta'minlash va salbiy oqibatlarning oldini olish bilan bog‘liq tadbir o‘tkazildi.

🖥 Xorazm viloyati: Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🖥 Toshkent shahri: "Xushnud" va "Yorqinhayot" mahallalari aholisi uchun sayyor qabul hamda “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Andijon viloyati: "8-mart - xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan bayram tadbir.

🖥 Fargʻona viloyati: Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi barcha bo'limlarda bayram shukuhi.

🖥 Navoiy viloyati: Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun bayram tadbir tashkil etildi.

🖥Qashqadaryo viloyati: 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan ehtirom ko'rsatildi.

🖥 Samarqand viloyati: 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbirilari oʻtkazilmoqda.

🖥 Sirdaryo viloyati: 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Sirdaryo viloyatidagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida bayramona muhit hukm surmoqda.

🖥 Toshkent viloyati: 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_hudud

Navoiyda 2000 dan ortiq fuqaroning mulk huquqlari e’tirof etildi

Adliya organlari tomonidan fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Navoiy viloyatida noqonuniy qurilgan uy-joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida 2000 dan ortiq fuqaroning uy-joyga bo‘lgan huquqlari qonuniy asosda rasmiylashtirildi.

Jumladan, Qiziltepa tumanida ushbu ko‘rsatkich 240 tani tashkil etmoqda.

Mazkur amaliyot ko‘plab fuqarolarning yillar davomida yechilmay kelgan muammolariga yechim bo‘lib, ularning huquqiy himoyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
1
#adliya_hudud

Namanganda keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan qarori ijrosi doirasida Mingbuloq tumani Madaniyat markazida xotin-qizlar va yoshlar uchun keng qamrovli tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratilib, 62 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, shundan 6 nafariga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir doirasida 14 nafar xotin-qizlarga psixologik maslahatlar ko‘rsatildi, yoshlar ishtirokida vatanparvarlik ruhidagi amaliy tadbirlar tashkil etildi.

Ayni kuni ajrim yoqasiga kelib qolgan 5 ta oila bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning 3 tasida yarashuvga erishildi.

Davlat xizmatlari markazi tomonidan 10 ta sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi, FHDY bo‘limi tomonidan esa 2 ta oilaga nikoh guvohnomasi topshirildi.

Mazkur tadbir aholi, ayniqsa xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
5
#Adliya_hudud

Naqdsiz hisob-kitoblar — iqtisodiy barqarorlik omili

Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy shaffoflikni oshirish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada naqdsiz hisob-kitoblarni keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk hamda transport vositalarini oldi-sotdi qilishda hisob-kitoblar faqat naqdsiz shaklda amalga oshirilishi belgilandi.

Mazkur tartibga ko‘ra, endilikda bitimlar notarius va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali rasmiylashtiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, mablag‘larning qonuniy aylanishini ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz tizim yaratishga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Ahmedov tomonidan hududlarda ushbu tizimning amaliy ijrosi o‘rganilmoqda. Xususan, Norin tumanida faoliyat yuritayotgan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar hamda “Asaka bank” filiali xodimlarining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganishlar davomida avtomobil oldi-sotdi jarayonlari amalga oshirilayotgan “Norin avto savdo bozori” MChJ hududida yaratilgan shart-sharoitlar, elektron tizimlarning ishlashi hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilar tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish va aholiga qulaylik yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Ta’kidlash joizki, naqdsiz hisob-kitoblarning keng joriy etilishi nafaqat iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, balki jamiyatda moliyaviy intizomni oshirishda ham muhim omil hisoblanadi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring

Youtube
| Facebook | Telegram | Instagram
2👍2🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_hudud

🔷 Navoiyda DXMlarda navbat muammosiga zamonaviy yechim

Bugungi kunda davlat xizmatlari markazlari orqali 500 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida markazlarga murojaat qilayotgan fuqarolar sonining sezilarli darajada ortishiga olib kelmoqda.

📍 Natijada ayrim hollarda navbat bilan bog‘liq noqulayliklar yuzaga kelishi tabiiy. Shu bois Navoiy viloyatida fuqarolarga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida yangi amaliyot joriy etildi.

Endilikda markazga tashrif buyurgan fuqarolar uchun navbat jarayonini yengillashtiruvchi qo‘shimcha qulayliklar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu xizmatlardan foydalanish tartibi soddalashtirildi.

🎥 Mazkur yangilik va uning afzalliklari bilan videolavha orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥
#Adliya_hudud

❗️So'x tumanida sayyor qabul o'tkazilmoqda

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Chumoqcha" mahallasida "Sayyor qabul" tashkil etildi.

Unda fuqarolarning muammolari, murojaatlari o'rganilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3👏2
#Adliya_xabari #adliya_hudud

🔴 Adliya bo‘limlari faoliyati joylarda o‘rganilmoqda

🔹Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan hududlarda adliya bo‘limlari faoliyati reja asosida o‘rganilib, xodimlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.

🔹O‘rganishlar davomida xodimlarning mehnat va ijro intizomi holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan tartib-intizomga qat’iy amal qilish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

🔹Shuningdek, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, kiyinish va muomala madaniyati, fuqarolar bilan ishlashda zarur bo‘lgan psixologik yondashuvlar alohida tahlil qilinmoqda.

🔹Mazkur o‘rganishlarning asosiy maqsadi — tizimda korrupsiyaga murosasizlik muhitini shakllantirish, xodimlarda mas’uliyat hissini oshirish hamda korrupsiyaviy omillarga qarshi immunitetni kuchaytirishdan iborat.

🔹Suhbatlar davomida xodimlar tomonidan bildirilgan takliflar tinglanib, har bir ijobiy tashabbus qo‘llab-quvvatlanmoqda.

🔹Shu bilan birga, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan naqdsiz hisob-kitoblarni yuritish hamda ijro xatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan muloqot o‘tkazilib, zarur tavsiyalar berildi.

📌 Bunday o‘rganishlar adliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1👍1🔥1
#Adliya_hudud
#Jizzax_viloyati

❗️ Jizzax viloyatida yana 1 004 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2026-yil 24-apreldagi tegishli qaroriga asosan, 1 004 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga nisbatan huquqlari qonuniy ravishda e’tirof etildi.

Mazkur qarorga muvofiq:
🔹 fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi;
🔹 unda barpo etilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi
belgilangan tartibda tan olindi.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar natijasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulklari qonuniylashtirilmoqda.
Bu esa:
🔸 mulkiy nizolarni kamaytirish;
🔸 meros bilan bog‘liq kelishmovchiliklarning oldini olish;
🔸 aholining huquqiy ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

📊 Ma’lumot uchun: bugungi kunga qadar viloyatda jami 5 061 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍42🔥1
#Adliya_hudud

Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatida nizoli oilalar bilan ishlashda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o'rganmoqda.


Nizoli oilalar soni yuqori bo'lgan mahallalar adliya organlariga biriktirilgan bo'lib, ularga huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko'rsatib kelinmoqda.

Nurota tumanining  "G'ofur G'ulom" mahalla fuqarolar yig'inida adliya boshqarmasi boshlig'i mazkur yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berib o'tdi.

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, oilalardagi nizolar asosan uchinchi shaxs aralashuvi, tazyiq va zo'ravonlik holatlari, xiyonat hamda moddiy ta'minot bilan bog'liq sabablarga ko'ra yuzaga kelmoqda.

Taqdimotda ushbu masalalar haqida so'z yuritilib, ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, ruhiy muvozanatni tiklash va iqtisodiy barqarorlikka erishishga ko'maklashishda adliya idoralari tomonidan zarur mutaxassislarni jalb etgan holdan olib borilayotgan ishlar tafsilotiga to'xtalib o'tildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2🔥1
#Adliya_hudud

🔴 Uzun tumanida sayyor qabul va mehnat yarmarkasi tashkil etildi

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash, aholi muammolarini o‘rganish hamda bandlikni ta’minlash maqsadida hududlarda manzilli ishlar davom ettirilmoqda.

🔹Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Uzun tumanining “Do‘stlik” mahallasida sayyor qabul hamda mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning huquqiy muammolari yuzasidan amaliy yordam va huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ish izlovchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda bandlik imkoniyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

🔹Ochiq muloqot jarayonida ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Bunday tadbirlar aholining muammolarini joyida hal etish, fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda ularning bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍31
#adliya_hudud

⚔️ Adliya organlari — huquq va manfaatlaringiz himoyasida

⚔️ Jizzax viloyati: G‘allaorolda fermerning dala shiyponini kadastrdan o‘tkazish bo‘yicha to‘rt marta asossiz rad etilgan murojaatini qonuniy hal qilish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

⚔️ Sirdaryo viloyati: Adliya aralashuvi bilan noqonuniy ishdan bo‘shatilgan fuqaro lavozimiga tiklanib, unga 18,5 million so‘mdan ortiq ish haqi to‘lanishi ta’minlandi.

⚔️ Namangan viloyati: Chortoq tumanida buzilgan bino-inshootlar uchun tadbirkor foydasiga 423 million so‘mdan ortiq kompensatsiya undirildi.

⚔️ Farg‘ona viloyati: Adliya aralashuvi bilan tadbirkorga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanmay kelgan 69 million 608 ming so‘m mablag‘ to‘liq undirib berildi.

⚔️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Nukus shahar adliya bo‘limi fuqaro manfaatida sudga murojaat qilib, uning foydasiga 4 million 84 ming so‘m ta’til puli va 17 million 164 ming so‘m kompensatsiya undirilishiga erishdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Adliya_hudud_muassasa

Hududiy adliya organlari va muassasalari: kun davomida:

Xorazm viloyati: “Yangiariq tumanida yashovchi 78 yoshli fuqaro Tarbeyeva Anna Mixaylovnaga tugʻilganlik haqidagi takroriy guvohnoma topshirildi.

Navoiy viloyati: Fuqaroning imtiyozli shartlarda pensiya olishga bo‘lgan huquqi tiklandi

Qashqadaryo viloyati: Adliya aralashuvi bilan fuqaro zimmasiga asossiz yuklangan 1 milliard 334 million 633 ming 333 so‘mlik soliq qarzdorligi bekor qilindi.

Samarqand viloyati: Adliya aralashuvi bilan o‘qituvchi yana ishiga qaytdi.

Sirdaryo viloyati: 25 yil davom etgan muammoga Adliya nuqta qo‘ydi.

Toshkent viloyati: Notariat sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Toshkent davlat yuridik universiteti: TDYUning 10 nafar talabasi Adliya vazirligi stipendiyasi sohibi bo‘ldi

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2👏1
#Adliya_hudud

📚 “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan joylarda, xususan, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ishtirokida targ'ibot tadbirlari tashkil etilib kelinmoqda.

Xususan:

⚔️ Farg‘ona viloyati: Jazoni ijro etish departamenti ikkinchi mintaqaviy hudud 10-sonli tergov hibsxonasi xodimlari ishtirokida;

⚔️ Qashqadaryo viloyati: Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirokida;

⚔️Samarqand viloyati: Oqdaryo tuman hokimligi xodimlari ishtirokida;

⚔️ Sirdaryo viloyati: Sirdaryo viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari ishtirokida;

⚔️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti: Savdo-sanoat palatasi markaziy apparati hamda hududiy organlari xodimlari ishtirokida.

📌 Huquqiy targ‘ibot — qonunchilikdagi yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazishning muhim vositasidir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1👏1
#Adliya_hudud
#Adliya_yoshlar

⚔️Adliya organlarida yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

Andijon viloyati: Andijon ilg'or kasbiy mahorat texnikumida “Sun'iy intellekt bilan kelajak sari" mavzusida yoshlar bilan master-klass tashkil etildi.

Buxoro viloyati: “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Fargʻona viloyati: Farg‘onada bo'lajak huquqshunoslar bilan IT va AI imkoniyatlari muhokama qilindi.

Jizzax viloyati: “Sun’iy intellekt bilan kelajak sari” yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Xorazm viloyati: “Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida “Sun’iy intellekt bilan kelajak sari” mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Namangan viloyati: Davlatobodda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati: “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida sun’iy intellekt bo‘yicha master-klass tashkil etildi.

Samarqand viloyati: “Sun’iy intellekt — kelajak sari” mavzusida master-klass tashkil etildi.

Sirdaryo viloyati: Guliston shahridagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Huquq sinfi” o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Surxondaryo viloyati: Termiz shahrida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida “Sun’iy intellekt bilan kelajak sari” mavzusida master-klass tashkil etildi.

Toshkent viloyati: “Rahbar va yoshlar”: sun’iy intellekt bilan kelajak sari.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Andijon_viloyati

MEHNAT HUQUQLARINING HIMOYA QILINISHI TA'MINLANDI

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2