ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri xizmat safari doirasida Vengriya sud hokimiyati milliy idorasi Prezidenti Gyorgy Senyei bilan uchrashdi.

Akbar Tashkulov uchrashuv davomida sud ish yurituvini raqamlashtirish, odil sudlovni ta’minlashga qaratilgan asosiy sud-huquq islohotlari haqida to’xtalib, nizolarni muqobil hal etishning samarali mexanizmi sifatida mediatsiya institutini rivojlantirishga alohida urg‘u berilayotganligi va bugungi kunda O’zbekistonda mediatorlar soni 3 mingdan oshganini qayd etdi.

Mediatsiyani qo‘llash bo‘yicha normativ-huquqiy baza izchil takomillashtirilayotgani, mediatorlar uchun kasbiy talablar kuchaytirilib, mediativ kelishuvlarning ijrosini kafolatlovchi mexanizmlar mustahkamlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Tomonlar tajriba almashish, qo‘shma tadbirlar va ta’lim dasturlarini amalga oshirish orqali amaliy hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍133🔥3👏1
Adliya vaziri hamda Vengriya Intellektual mulk idorasi prezidenti Szabolcs Farkas oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi
 
Uchrashuvda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi intellektual mulk sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Akbar Tashkulov O‘zbekistonda intellektual mulk tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, so‘nggi yillarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan intellektual mulk obyekti soni ikki baravarga oshgani, milliy qonunchilik Jahon Savdo Tashkilotining TRIPS bitimi talablariga to‘liq moslashtirilganligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, geografik ko‘rsatkichlarni huquqiy muhofaza qilish, mintaqaviy brendlarni rivojlantirish hamda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Vengriya intellektual mulki idorasi o‘rtasida 2026-2027-yillar uchun hamkorlik dasturi imzolandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍9🔥32
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#Adliya_xabari

❗️Notariat sohasidagi muhim yangiliklar xalqaro maydonda e’tirof etilmoqda


Xabaringiz bor, joriy yilning 5-yanvar kuni “Notariuslar tomonidan nikoh shartnomalarini tasdiqlash tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3743-son).

📜 Nizomga ko'ra, notariuslar tomonidan nikoh shartnomasi notarial idora binosida, videokonferensaloqa orqali yoki murojaat qiluvchilarning xohishiga ko'ra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.


✍️ Mazkur yangilik Xalqaro Notariuslar Ittifoqining rasmiy sayti orqali ispan tilida yoritildi.

👉Tanishish uchun: https://onpi.org.ar/uzbekistan-uzbekistan-establece-el-procedimiento-para-la-certificacion-de-contratos-matrimoniales/

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥6👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_qulayliklar
#Adliya_QR

❗️ Raqamli qulayliklar — fuqaroga yaqin, zamon bilan hamnafas xizmat

⚡️ Ma’lumki, endilikda fuqarolar o‘z telefonlari orqali hujjatlarni “Adliya-QR” axborot tizimi yordamida skanerlab, xizmat ko‘rsatuvchi operator kompyuteriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishlari, shuningdek, mazkur tizim orqali operator faoliyatini baholash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu amaliyot ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytirish, vaqtni tejash hamda xizmatlarning shaffofligi va ochiqligini ta’minlashga xizmat qiladi.


👉 Batafsil videorolikda ⤴️

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍7🔥3👏3
#adliya_xabari

Adliya vaziri Vengriya sud-ekspertiza instituti direktori Marton Lontai bilan uchrashdi.
 
Akbar Tashkulov xizmat safari doirasida Vengriya sud-ekspertiza instituti direktori Marton Lontai bilan uchrashib, sud-ekspertiza faoliyatini isloh qilish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, infratuzilmani modernizatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyati xalqaro standartlar, jumladan, ISO/IEC 17025 talablariga to’liq muvofiq tashkil etilgani, sohani raqamlashtirish va sunʼiy intellektni joriy etish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va ilmiy-tadqiqot salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida urg’u berildi.

Markazning xalqaro ekspert tarmoqlarida faol ishtirok etishi hamda 2028-yilda Samarqand shahrida AFSNning 20-yigʻilishi oʻtkazilishi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O’zbekiston va Vengriya sud ekspertiza tuzilmalari oʻrtasida memorandum imzolash orqali amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍74🔥3
#Bir_murojaat_izidan
#Namangan_viloyati

59 nafar yosh salohiyatli shifokorlarga 271 million so'm pul mablag'lari to'lab berildi


Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Toʻraqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasi yosh salohiyatli shifokorlar uchun har oyda toʻlanishi lozim boʻlgan maxsus oylik ustamalarni toʻlab bermayotganidan norozi boʻlib qilingan murojaat oʻrganib chiqildi.

👉Batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥3👏1
#Bir_murojaat_izidan
#Navoiy_viloyati

Adliya aralashuvi bilan 8 nafar shifokorning 77 million so'mdan ortiq pul mablag‘i to‘lab berilishi belgilandi


Navbahor tumani adliya bo'limiga tuman tibbiyot birlashmasining bir guruh xodimlari tomonidan qonunchilikka muvofiq yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustama to‘lab berilishi belgilanganligi, biroq tibbiyot birlashmasi tomonidan mazkur maxsus ustama to'lash tartibiga rioya qilinmayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.


👉Batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥3😢2🎉1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2
#Adliya_tabrik

TABRIKNOMA

🗓Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi tashkil etilganligining 6 yilligi munosabati bilan Palata rahbariyati hamda butun notarial hamjamiyatni yuksak hurmat va eʼtirof bilan samimiy muborakbod etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi notariat institutini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga, huquqiy xizmatlar sifatini tubdan oshirishga, notariuslarning kasbiy salohiyati va masʼuliyatini mustahkamlashga, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.


Notarial palataning Adliya vazirligi bilan uzviy hamkorlikdagi faoliyati mamlakatimizda huquqiy islohotlarni izchil amalga oshirish, notarial faoliyatni raqamlashtirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan Notarial palata jamoasiga mustahkam sogʻlik, yuksak masʼuliyat va fidoyilik talab etiladigan sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, kelgusida esa yanada yuksak marralar va yangi zafarlar tilaymiz.


🟡Notarial palataning ezgu va masʼuliyatli faoliyati bundan buyon ham mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash va huquqiy davlat barpo etishga munosib hissa qo'shishiga ishonch bildiramiz.

Hurmat bilan,
O'zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi jamoasi


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥85👍5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏32👍2🎉1
#Hamdardlik

Adliya vazirligi jamoasi vazirlikning Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Kudratov Inomjon Sattarkulovich hamda uning oila a’zolari va yaqinlariga onasi Kifoyatxon Qudratovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
😢24🙏53