ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Adliya_tabrigi

🇺🇿 Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
🔥3👍2👏21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

🇺🇿 Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍6🔥2👏2🎉1
Qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish o'quv kurslari yo‘lga qo‘yildi

📑 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF–111-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish va metodologiya bo‘linmalari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Mazkur o'quv kursi Adliya vazirligi hamda uning huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti tomonidan tashkil etildi.

Kursda nimalar o‘rgatiladi?
➡️Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish uslubiyati;
➡️Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyati;
➡️Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining iqtisodiyot, raqobat muhiti hamda ekologiya va atrof-muhitga ta’sirini baholash;
➡️“Ex-ante” va “Ex-post” usullari boʻyicha tartibga solish taʼsirini baholash.


💡 Kurs yakunida ishtirokchilar muammoni tahlil qilish va davlat aralashuvi zaruratini va sabablarini aniqlash, tartibga solish orqali erishilishi lozim boʻlgan maqsadlarni belgilash, muqobil usullar va ularning taʼsir doirasini aniqlash, monitoring oʻtkazish va normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilishini tahlil qilish bo‘yicha mustahkam amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

#RIA #NormaIjodkorligi #MalakaOshirish #AdliyaVazirligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogoh_boling

⁉️ Erta nikoh nega xatarli

Erta nikoh — bu yoshlar hali jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan toʻliq shakllanmagan paytda turmush qurishidir. Bunday holat nafaqat ikki yoshning, balki butun jamiyatning rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

• Yosh qiz yoki yigit hali turmush masʼuliyatini anglay olmaydi.
• Sogʻliq bilan bogʻliq muammolar, ayniqsa ona va bola salomatligiga xavf tugʻiladi.
• Taʼlim va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari cheklanadi.
• Oilaviy nizolar, ajralishlar va ijtimoiy qiyinchiliklar koʻpayadi.

Turmush qurish — jiddiy qaror. U hayotda muvaffaqiyatga erishgan, mustaqil fikrlay oladigan va javobgarlikni his etadigan yoshlar uchungina toʻgʻri qadam boʻladi. Erta nikohdan saqlanish — bu oʻzingni, kelajagingni va oilaviy baxtingni asrashdir.

Batafsil videolavhada 👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1👏1🎉1
Surxondaryada intellektual mulk obyektlarini ro'yxatdan o'tkazish va ularni himoya qilish bo'yicha targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlari tomonidan Termiz shahar hamda Angor tuman davlat xizmatlari markazida "Turn key" tamoyili asosida intellektual mulk obyektlarini ro'yxatdan o'tkazishni kuchaytirish va jonlantirish bo'yicha amaliy yordam berildi.

Shuningdek, Angor tumanidagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishib, ularga o‘z brendiga ega bo‘lish tartibi va afzalliklari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berdi.

Xususan, "Imkon PM" MChJga "Imkon pm" belgisini tovar belgisi sifatida ekspertizadan o'tkazish uchun talabnoma topshirishga amaliy yordam berildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlar joriy yilning 10-noyabridan intellektual mulk huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi haqida ogohlantirildilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
#Adliya_aralashgach
#Qashqadaryo_viloyati

ADLIYA ARALASHGACH O'QITUVCHILARNING PULLARI UNDIRIB BERILDI

Ko'kdala tuman adliya bo’limi tomonidan Ko'kdala tumani 75-maktab o'qituvchilari Z.I va M.Ilarning moddiy yordam pullarini to'lab berilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatlari o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida haqiqatda xodimlarning 14 500 000 so‘m moddiy yordam pullari tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan to‘lanmasdan kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan adliya bo'limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga "TAQDIMNOMA" kiritilib, fuqaro Z.I va M.Ilarga 14 500 000 so‘m moddiy yordam pullari to'lab berilishi ta’minlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1🔥1
#Bilasizmi

📄 Quyidagi hollarda litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish lozim:

🔹yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) faoliyat turlari boʻyicha oʻzgarganda:

🔸jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgarganda;

🔹litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun tugatilganda yoki bir nechta faoliyat turlari birlashtirilganda.

Asos:
"Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi Qonun.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1🔥1
#Adliya_aralashgach

Zomin tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro S.Zning Zomin tumani, Qo‘rg‘on MFYda joylashgan savdo do‘koni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilganligi, biroq hokimlik tomonidan kompensatsiya to'lovlari to‘lab berilmaganidan norozi bo'lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro S.Zga tegishli bo‘lgan savdo do‘koni hokimning 15.10.2011-yildagi 686-sonli qaroriga asosan buzib tashlangan, biroq kompensatsiya to‘lovlari bugungi kunga qadar to‘lab berilmagan.

Vaholanki, Fuqarolik kodeksining 163-moddasida mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining oʻz huquqini har qanday buzishlarni bartaraf etish haqidagi talablariga nisbatan da'vo muddati joriy qilinmaydi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudiga fuqaro manfaatida 163.688.934 so‘m zararni undirishni so‘rab da’vo ariza kiritildi va sudning hal qiluv qaroriga asosan qanoatlantirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥32👍2🎉1
#Adliya_xabari

❗️Farg'onada 2 400 nafar fuqarolarning yer va mulkka bo‘lgan huquqlarini e'tirof etildi

Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining joriy yil 21-oktabr kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 960 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatda jami 2 461 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3👏2🎉1
#Adliya_xabari

❗️"Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida 152 907 ta huquqiy muammosi aniqlandi

Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibida viloyatda amalga oshirilayotgan "Huquqiy mahalla" loyihasi yuzasidan Adliya boshqarmasining hisoboti eshitildi.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida o‘tkazilgan “Huquqiy mahalla” loyihasi davomida viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 171 ta mahallada joylashgan 144 458 ta xonadonlarning 130 899 tasiga uyma-uy yurgan holda o‘rganilib, uyma-uy yurish vaqtida hamda aqlli yondashuvlar asosida aholining 13 turdagi jami 152 907 ta huquqiy muammosi aniqlanib, mazkur aniqlangan huquqiy muammolarning 145 628 tasi vakolat doirasida ko‘rib chiqilib, hal etilganligi aytib o'tildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3🎉2👏1