ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Farg'onadagi FHDY organlarida nikohni tantanali vaziyatda qayd etish (Keytering) xizmatlari joriy etildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi fuqarolarga nikohni tantanali vaziyatda qayd etish jarayonlarida yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida yangi xizmatlarni taklif qilinmoqda.

Maqsad, viloyatning barcha tuman (shahar) Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) boʻlimlarida nikohlanuvchi shaxslarning buyurtmasi asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan bir martalik qoʻshimcha xizmatlar (fotosessiya, keytering, bezak ishlari va boshqalar) koʻrsatilishiga koʻmaklashish rejalashtirilgan.

Mazkur xizmatlar amalga oshirilishi adliya organlari tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlab olingan hamkor tadbirkorlar orqali tashkil etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥7👍5👏2🎉2
Forwarded from Rasmiy axborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔠 Onam meni suygan kabi suydim seni,
Jon jomimga hayotim deb quydim seni
Bu dunyoga kelib, go‘dak chog‘im ilk bor,
Onajonim allasida tuydim seni.

Sen muhabbat, mehrga kon, Ona tilim,
Ham g‘ururu ham sharaf-shon, Ona tilim
Qadrimiz, qudratimiz sen bilan baland,
Jonimiz senga fido, jon Ona tilim.

t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Avtomobilsiz_kun

📣Toshkent shahrida har oy bir kun davomida “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o‘tkaziladi.

⚠️Bunda shaxsiy avtomobillar harakatlanishi cheklanib jamoat transportidan foydalanish targ‘ib qilinadi.

Adliya vazirligi jamoasi ham ushbu loyihada faol qatnashmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥84
#Adliya_aralashgach #bir_murojaat_izidan

Adolat qaror topgan kun yoxud yana bir fuqaroning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi

Qiziriq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli maktab o‘quv hamshirasi S. F ishdan noqonuniy bo‘shatilganligidan norozi bo‘lib Qiziriq tuman adliya bo‘limiga murojaat qiladi.

Fuqaro S. F ning murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan darhol ish yurituviga qabul qilinadi va o‘rganish ishlari boshlab yuboriladi.

O‘rganish davomida, barcha huquqiy hujjatlar tuman adliya bo‘limi tomonidan qonuniy va vakolat doirasida chuqur o‘rganiladi.

Natijada, S. F, haqiqatan, ishdan noqonuniy bo‘shatilganlik fakti asosli deb topiladi va shu kunning o‘zidayoq tumandagi tegishli tashkilotga taqdimnoma ta'sir chorasi qo‘llaniladi.

Taqdimnoma natijalariga ko‘ra, S. F hozirda o‘zining ish joyiga, ya'ni maktab o‘quv hamshirasi lavozimiga tiklandi va uning buzilgan huquqlari tiklandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#Adliya_aralashgach #bir_murojaat_izidan

Nega ko‘rsatilmagan xizmat uchun fuqarolar pul to‘lashi kerak?
| 5 000 000 so‘mdan ortiq noreal qarzdorlik bekor qilindi

Boysun tumani "Ko‘chkak" mahallasida yashovchi fuqaro B. R va boshqalarning chiqindilarni tashish bo‘yicha xizmat ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da noreal qarzdorlik hisoblanganligidan norozi bo‘lib "Onlayn-mahalla" platformasi orqali yo‘llagan murojaati Boysun tuman adliya bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Bo‘lim mas'ul xodimlari tomonidan holat batafsil o‘rganilganda, haqiqatan, fuqaro B. R va boshqalarning nomlariga Surxondaryo viloyat "Toza hudud" davlat muassasasi tomonidan abonent raqamlari shakllantirilib ularning nomiga noreal qarzdorliklar hisoblanganligi aniqlandi.

Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro B. R va boshqalarning nomlariga ochilgan abonent raqamlar o‘chirilishi hamda hisoblangan jami 5 000 000 so‘mdan ortiq noreal qarzdorlik bekor qilinishini yuzasidan taqdimnoma ta'sir chorasi ishlab chiqilib tegishli tashkilotga yuborildi.

Natijada fuqaro B. R va boshqalarning nomlariga ochilgan abonent raqamlari o‘chirildi va hisoblangan jami 5 000 000 so‘mdan ortiq noreal qarzdorlik bekor qilinishiga erishildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
📚 Yuridik xizmat xodimlari uchun amaliy mashg‘ulot

🔹
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Institutiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Institut hamda Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda Institut tinglovchilari uchun ish yurituvi na’munaviy bo‘lgan Yakkasaroy tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazida amaliy mashg‘uloti tashkillashtirildi.

🔹 Mashg‘ulot davomida tinglovchilar markaz faoliyati, soha bo‘yicha yuqori ish tajribasiga ega mutaxassislar hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Bunday amaliy mashg‘ulotlar tinglovchilarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkonini yaratadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍61🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Qashqadaryo_viloyati

ADLIYA ARALASHGACH TARBIYACHILAR VA O'QITUVCHILARNING PULLARI UNDIRIB BERILDI

Kasbi tuman adliya bo’limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida o'tkazilgan monitoring natijasida bir qancha mehnat qonunchiligi talablari buzilganligi aniqlandi.

Aniqlanishicha, Kasbi tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan homiladorlik va tug'ish ta'tiliga chiqqan 13 nafar umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari va 16 nafar davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining xodimlariga 206 238 578 so‘m miqdorida tug‘ruq ta’til pullari to'lanmasdan kelinayotganligi ma'lum bo'ldi.


Holat yuzasidan adliya bo'limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga taqdimnoma kiritilib, homiladorlik va tug'ish ta'tiliga chiqqan 13 nafar umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari va 16 nafar davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining xodimlariga 206 238 578 so‘m miqdorida tug‘ruq ta’til pullari berilishi ta’minlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1
#Sanat_va_ijod_himoyasi_oyligi

Adliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Plagiatga qarshi kurash – mualliflik huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga mualliflik huquqini himoya qilish sohasidagi amaldagi huquqiy me’yorlar, plagiat tushunchasi, uning ko‘rinishlari va jamiyatga salbiy ta’siri, plagiat sodir etganlik uchun javobgarlik choralari, kutubxona tizimida mualliflik huquqlarini ta’minlash va tarjima asarlarga bo'lgan mualliflik huquqlarini himoya qilish mexanizmlari haqida ma'lumot berildi.

Shuningdek, tadbirda yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1080-sonli Qonuni asosida Jinoyat kodeksiga kiritilgan muhim o‘zgartirishlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi. Endilikda mualliflik va turdosh huquqlardan nafaqat o‘zlashtirib olganlik, balki noqonuniy foydalanganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilangan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥2👍1
Qonuniylik ta’minlandi: fuqaroning 40 yillik muammosi hal qilindi!

🔹Respublika ishchi guruhi tarkibida Adliya vazirligi va Bo‘stonliq tumani hokimligi mas’ullari tomonidan o‘rganishlar amalga oshirilmoqda.

🔸 O‘rganishda aniqlanishicha tumanda yashovchi fuqaro, sobiq non zavodi ishchisi Zakira Karatayeva uzoq yillardan buyon ijarama-ijara yurib, o‘zining qonuniy egalik qiladigan uy-joyiga ega bo‘lmagan. Bunga asosiy sabab, ushbu fuqaro egaligidagi xonadon muqaddam davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzib tashlangan.

🔹Lekin fuqaroga o‘zining uyi o‘rniga boshqa uy-joy berilmagan. 2025-yilning 22-oktyabr kuni, qariyb oradan 40 yil o‘tib “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga asosan fuqaro Z.Karatayevaga Bo‘stonliq tumani hokimining qarori bilan hozirda o‘zi ijarada yashab turgan xonadon xususiylashtirib berildi. Endilikda Karatayeva ushbu xonadonga hech bir moneliksiz egalik qiladi, tasarruf qiladi.

🔸Ushbu holat Yangi O‘zbekistonda qonun ustuvorligi ta’minlangani, "Inson qadri uchun" degan tamoyilning ahamiyati yanada yuqori ekanining yorqin misoli hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72
Mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlarni internetda noqonuniy tarqatish qanday oqibatga olib keladi?
Anonymous Quiz
5%
A) hech qanday
4%
B) faqat ogohlantirish
85%
C) ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik
6%
D) intizomiy javobgarlik
👍8🔥1
#Adliya_xabari

Qashqadaryodagi tadbirkorlar hamda ijodkorlarga intellektual mulk ob'yektlarini himoya va muhofaza qilish yuzasidan ochiq muloqot o'tkazildi

Joriy yilning 23-oktabr kuni Adliya vazirligi va viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari hamda san’at va ijod vakillariga O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Ochiq muloqot davomida intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, uning afzalliklari va huquqiy himoya qilish mexanizmlari bo‘yicha master-klass o'tkazildi.

Shuningdek, mualliflik huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Uchrashuvda hayotiy misollar, interaktiv savol-javoblar o‘tkazilib, intellektual mulkni hurmat qilish va himoya qilishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍6🔥2