Forwarded from TSTB Instituti | Rasmiy kanal
Qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish o'quv kurslari yo‘lga qo‘yildi
📑 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF–111-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish va metodologiya bo‘linmalari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
✅ Mazkur o'quv kursi Adliya vazirligi hamda uning huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti tomonidan tashkil etildi.
💡 Kurs yakunida ishtirokchilar muammoni tahlil qilish va davlat aralashuvi zaruratini va sabablarini aniqlash, tartibga solish orqali erishilishi lozim boʻlgan maqsadlarni belgilash, muqobil usullar va ularning taʼsir doirasini aniqlash, monitoring oʻtkazish va normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilishini tahlil qilish bo‘yicha mustahkam amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
#RIA #NormaIjodkorligi #MalakaOshirish #AdliyaVazirligi
📑 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF–111-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish va metodologiya bo‘linmalari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Kursda nimalar o‘rgatiladi?➡️ Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish uslubiyati;➡️ Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyati;➡️ Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining iqtisodiyot, raqobat muhiti hamda ekologiya va atrof-muhitga ta’sirini baholash;➡️ “Ex-ante” va “Ex-post” usullari boʻyicha tartibga solish taʼsirini baholash.
#RIA #NormaIjodkorligi #MalakaOshirish #AdliyaVazirligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1