ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📌Huquqiy eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish qonun bilan tartibga solinmoqda

❗️Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Oliy Majlis Senatiga yuborildi.

🔹Mazkur qonun loyihasi huquqiy eksperimentni tashkil etish, o‘tkazish, uning natijalarini baholash va joriy etishga doir munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasida huquqiy eksperimentni tashkil etish va o‘tkazishning shartlari, huquqiy eksperiment natijalarini baholash va hayotga tatbiq etish va ularni rasmiylashtirishga oid talablar belgilanmoqda.

❗️Xususan, Qonunda insonning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquqlari va erkinliklarini cheklaydigan, bekor qiladigan yoki insonning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan hollarda huquqiy eksperiment o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi.

Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy eksperimentda ishtirok etishi, o‘tkazilayotgan huquqiy eksperiment yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar bildirilishi kafolatlanmoqda.

📣 Qonunga ko‘ra, huquqiy eksperiment yakunlari bo‘yicha hisobot tayyorlanadi va ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i, shu jumladan mas’ul organning rasmiy nashrlari va rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilikka yetkaziladi.

Ma’lumot uchun: huquqiy eksperiment – normativ-huquqiy hujjatning yoki huquqiy normaning samaradorligini amalda muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi bo‘yicha cheklangan holda, belgilangan vaqt oralig‘ida sinovdan (tajribadan, aprobasiyadan va shu kabilardan) o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlar majmuidir.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#intellektual_mulk

2025-yil II choragida eng ko‘p ixtiro ro‘yxatdan o‘tkazgan ilmiy tadqiqot institutlari va oliy ta'lim muassasalari

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Navoiyda yana 30 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

Joriy yilning 30-iyun kuni Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi
bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sessiyada jami 30 nafar, jumladan G'ozg'on shahrida 10 nafar, Navbahor tumanidan 6 nafar, Zarafshon shahridan 5 nafar, Karmana tumanidan 4 nafar, Qiziltepa tumanidan 2 nafar, Xatirchi, Konimex va Nurota tumanlaridan 1 nafardan fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, qonun ijrosi bo'yicha shu kunga qadar viloyatimizda 35 nafar fuqaroning uy-joylariga bo‘lgan egalik huquqi qonuniy tarzda e’tirof etilgan edi.

Qonun ijrosi Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham viloyatning barcha hududlarida reja-grafik asosida huquqlarini e’tirof etish ishlari davom ettiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Vazirlik ishchi guruhi Yuqorichirchiq va Parkentda.

Ishchi guruh tomonidan Yuqorichirchiq va Parkent tuman adliya boʻlimlari faoliyati bilan tanishilib, xodimlar bilan faoliyat samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)ga erishish, davlat va yuridik xizmat koʻrsatish jarayonini raqamlashtirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha takliflari tinglandi.

Shu bilan birga, ishchi guruhi tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilgan Yuqorichirchiq tumanidagi “Ittifoq” hamda Parkent tumanidagi “Quyosh” mahallasida koʻrsatilgan metodik yordam, huquqiy yangiliklarning yetkazilishi, aholining tizimli huquqiy muammolarini hal etish jarayonlari oʻrganildi.

Vazirlik ishchi guruhining Toshkent viloyatidagi oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_xabari

Qashqadaryoda yana 60 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

🔹Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining navbatdagi o'n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔹Mazkur sessiyada Qarshi, Shahrisabz shaharlari, Chiroqchi, G‘uzor, Kasbi, Koson, Mirishkor,Nishon, Qamashi, Qarshi tumanlarida yashovchi jami 60 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

🔹Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

🔹Eslatib o‘tamiz, qonun ijrosi bo'yicha shu kunga qadar viloyatimizda 142 nafar fuqaroning uy-joylariga bo‘lgan egalik huquqi qonuniy tarzda e’tirof etilgan edi.

🔹Qonun ijrosi Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham viloyatning barcha hududlarida reja-grafik asosida huquqlarini e’tirof etish ishlari davom ettiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yangiliklari

Samarqand shahridagi yuridik litseyda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarov va yoshlarning ochiq muloqot shaklidagi "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

Batafsil👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qo'qonlik tadbirkorlar bilan geografik ko'rsatkichlarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha uchrashuvlar o'tkazildi.

🔹Qo'qon shahrining o'ziga xos an'analari asosida ko'p yillar davomida tayyorlanib, O'zbekistonda mashhurlikka erishgan “Qo'qon holvasi”ni geografik ko'rsatkich sifatida ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti va viloyat adliya boshqarmasi mas'ullari tomonidan uchrashuv o'tkazildi.

🔹Uchrashuv davomida, “Avvali kokand xolva” OK, “Totli holva sweets” MChJ va shu sohada faoliyat yuritayotgan 20 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari, shuningdek Qo'qon shahar hokimligi mas'ullarining “Qo'qon holvasi”ni geografik ko'rsatkich sifatida ro'yxatdan o'tkazishda talabnoma topshirish yuzasidan ko'nikmalari shakllantirilib, bu borada amaliy yordam ko'rsatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Eng yaxshi axborot xizmati” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

🔹Davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimliklar axborot xizmatlari, hududiy boshqarmalar rahbarlari uchun an’anaviy “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” V milliy konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔹Milliy konferensiya ochilish marosimida “Eng yaxshi axborot xizmati” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

🔹Respublika tashkilotlari va hokimliklar axborot xizmatlari yo‘nalishida Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

🔹Vazirlik jamoasi Anvarjon Aliyevni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#intellektual_mulk

2025-yil II choragida eng ko‘p Foydali model ro‘yxatdan o‘tkazgan ilmiy tadqiqot institutlari va oliy ta'lim muassasalari
.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot