ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3635, 2025-yil 1-iyul) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

🔹Ushbu hujjatda kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari ixtiyoriy attestatsiyadan o‘tkazish orqali ularga birinchi va ikkinchi malaka toifalarini berish tartibi belgilangan.

🔹Bunda, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi hamda ikkita bosqich bo‘yicha umumiy 100 ballik tizimda baholanadi. Xususan:

▪️birinchi bosqichda – ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik mahorati
va psixologik tayyorgarligi baholanadi (20 ballik);
▪️ikkinchi bosqichda – ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining nazariy va amaliy koʻnikmalari baholanadi (80 ballik).

🔹Shu bilan birga, quyidagi ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri attestatsiyadan o‘tkazilmasdan bir pog‘onaga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari;
“Ustoz” milliy mukofoti g‘oliblari;
Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan kasbiy ta’lim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalari;
Respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari.

🔹Bundan tashqari, ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ro‘yxati belgilangan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mualliflik huquqini buzgan “Sevimli TV” telekanali jarimaga tortildi.

🔹Аdliya vazirligi tomonidan muallif R.Xudoyberdiyevga tegishli musiqiy asarlar “Sevimli TV” telekanali tomonidan bir nechta telenovellalarda ruxsatisiz hamda tegishli shartnoma tuzmagan holda foydalanilganligi hamda “Splay” va “You tube” platformalari orqali barchaning e’tiboriga yetkazilganligi aniqlandi.

🔹Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

🔹Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

🔹Shu o‘rinda asarlardan foydalanuvchilardan, jumladan teleradiokanallardan mualliflik va turdosh huquqlarga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz!

‼️Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#intellektual_mulk

2025-yil II choragida eng ko‘p Seleksiya yutuqlari ro‘yxatdan o‘tkazgan ilmiy tadqiqot institutlari va oliy ta'lim muassasalari


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan iqtisodiyot va moliya vazirining “Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3634, 2025 yil 1-iyul) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

🔹Unga koʻra, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojxona imtiyozlarini aniqlash maqsadida dastlabki qarorni olish uchun oʻz xohishiga koʻra bojxona organiga murojaat qilishi mumkin.

🔹Ariza bojxona organiga kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi, shuningdek, uni koʻrib chiqish muddati bir oygacha uzaytirilishi mumkin.

🔹Arizada koʻrsatilgan tovarlarning turlari va hajmidan qatʼi nazar, bitta ariza boʻyicha bitta dastlabki qaror qabul qilinadi.

🔹Dastlabki qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil davomida yoxud qonunchilik hujjatlarida berilgan bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati doirasida amal qiladi.

🔹Dastlabki qaror asosida Oʻzbekiston Respublikasining istalgan bojxona postida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

“Adliya aralashgach” – 82 millionlik ma'naviy zarar undirildi!

🔹Qarshi tumani, “Kaxlak” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro S. Gulov qonuniy ish haqi va yetkazilgan ma’naviy zararni undirishda amaliy yordam so‘rab viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilgan.

🔹Fuqaro Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida faoliyat yuritib kelgan va ma'lum sabablarga ko'ra ishdan vaqtincha chetlashtirilgan. Ishdan chetlashtirilgan davri uchun ish haqlarini undirish uchun S.Gulov viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

🔹Murojaat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, fuqaro manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

🔹Sudda da’vo ariza ko‘rib chiqildi va sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, javobgar – Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hisobidan fuqaro S. Gulov foydasiga 82 million 734 ming so‘m miqdorida ish haqi va ma’naviy zarar undirish belgilandi.

🔹Adliya aralashgach fuqaroga yetkazilgan zarar qoplab berildi va murojaat to‘liq qanoatlantirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_yoshlar

Yoshlar bilan ochiq muloqot: Adliya boshqarmasida samimiy uchrashuv

🔹Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev boshchiligida tizimdagi yoshlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o’rinbosari Sh.Rabiyev tomonidan Andijon viloyati, Shahrixon tumanidagi olis hudud bo’lgan "Dorilomon" MFY da fuqarolar bilan muloqot va  sayor qabul o’tkazildi.

🔹Mahalladagi aholi muammolari tinglandi, huquqiy maslahatlar berildi, murojaatlar nazoratga olindi.

🔹Davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko’rsatilishi ta'minlandi.

🔹Mahallada "Huquqiy mahalla" tadbiri o’tkazilib, aholining huquqiy muammolari o’rganildi. Huquqiy hujjatlar tayyorlanishiga amaliy ko’maklashildi.

🔹Shu bilan birga, "mahalla yettiligi" a'zolari bilan suhbatlashib, idorada ishni tashkil qilish, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholi bilan yaqindan aloqa o’rnatish, yoshlarni qo’llab quvvatlash borasida tegishli tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona viloyati bojxona xizmati xodimlariga kontrafakt
mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha master klass tashkil etildi


🔹Tadbir huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida imzolangan Kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma qarorga muvofiq tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida:
▪️ kontrafakt mahsulotlarni aniqlash usullari;
▪️ huquqiy tartib va ta’sir choralarini qo‘llash mexanizmlari;
▪️ adliya va bojxona organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

🔹Mazkur hamkorlik kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Ma’rifat va saxovat karvoni” — mehr-oqibat va ma’rifat yo‘lida.

🔹Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirokida “Ma’rifat va saxovat karvoni” xayriya tadbirlari o‘tkazildi.

🔹Tadbir doirasida:
▪️ ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi;
▪️ ularning ehtiyoj va muammolari o‘rganildi;
▪️ zarur yordamlar ko‘rsatilib, muammolariga ijobiy yechimlar topildi.

🔹Ushbu tashabbus jamiyatda hamjihatlik, mehr-oqibat va insonparvarlik qadriyatlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM