ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📌 Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3603, 2025-yil 17-iyun) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

🔹Yoʻriqnomada hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha komissiyani shakllantirish va qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish tartibiga oid qoidalar belgilanmoqda.

🔹Hujjatli qimmatli qogʻozlar yoʻq qilish koʻzda tutilgan sanadan bir oy oldin emitent qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini xabardor qiladi.

🔹Hujjatli qimmatli qogʻozlar yoqib yuborish yoki ularni jismoniy maydalash yoʻli bilan yoʻq qilinadi.

🔹Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish emitent tomonidan tashkil etiladigan kamida besh kishidan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

🔹Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi, Markaziy depozitariy hamda emitentda saqlash uchun uch nusxada tuziladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_hudud
#Qashqadaryo

Adliya vaziri A.Tashkulov Qashqadaryo viloyatida.

🔹A.Tashkulov Qashqadaryoga xizmat safari davomida viloyat adliya boshqarmasi binosida tashkil etilgan Davlat rahbarining 2024 -yil 24 -maydagi PF-80-son Farmoni va 2025- yil 3 - yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi hamda adliya organlariga biriktirilgan “og'ir toifa”dagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimoti bilan hamda situatsion markaz faoliyati bilan ham tanishdi.

🔹Shtabda tuman (shahar) adliya boʻlimlariga biriktirilgan “og'ir toifa”dagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, mavjud kamchiliklar, mahallalarda olib borilayotgan targ'ibot tadbirlari, uchrashuvlar hamda mahallalar kesimida jinoyatchilik holatlarini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoni mavjud.

🔹“Yoshlar balansi” elektron dasturi esa og'ir toifadagi yoshlar bilan ishlash tizimini elektronlashtirish maqsadida yaratilgan boʻlib, dasturga adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, sohaga oid muammolarini hal etish hamda ularning bandligi va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar kiritib boriladi.

🔹Shuningdek, situatsion markazda tuman (shahar) adliya boʻlimlarida mavjud barcha elektron qurilmalar, davlat xizmatlari koʻrsatilishi, adliya binolariga oʻrnatilgan quyosh panellarining energiya ishlab chiqarish faoliyati, shuningdek, avtomobillar harakatini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoni mavjud.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligida FHDY sohasini raqamlashtirish borasidagi tajribalarni almashish bo‘yicha Belarus Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Uchrashuvda Belarus delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi raqamli islohotlar, xususan:
▪️zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi;
▪️FHDYning yagona elektron arxiv” axborot tizimi faoliyati;
▪️FHDY yozuvlarining raqamlashtirilishi;
▪️FHDY organlari faoliyatining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi bilan tanishdi.

🔹Delegatsiya vakillari Toshkent shahridagi Shayxontohur va Chilonzor tumanlaridagi FHDY, davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurib, u yerda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan interaktiv va elektron xizmatlar, xodimlarning ish jarayoniga bevosita guvoh bo‘ldilar.

🔹Belarus delegatsiyasi O‘zbekistonning raqamlashtirish sohasidagi yutuqlarini yuqori baholab, mazkur tajriba ularning mamlakatida ham sohani modernizatsiya qilishda foydali bo‘lishini ta’kidladilar.


🤝Tashrif do‘stona, ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📣 Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish tartibi tasdiqlandi


Adliya vazirligi tomonidan “Dеpozitar opеratsiyalar hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3628, 2025-yil 16-iyun).

📌 Hujjat bilan qiymatli qog‘ozlarni hisobga olish, ularni saqlash va huquqlarni qayd etish bo‘yicha yagona tartib o‘rnatildi.

🔹 Endilikda hujjatsiz shakldagi qiymatli qog‘ozlar Markaziy depozitariyda saqlanadi;

🔹 Depozitar shartnoma asosida qiymatli qog‘ozlar egalarining huquqlari hisobga olinadi;

🔹 Depo hisobvaraqlari turlari va operatsiyalar yuritish tartibi belgilab berildi.

📥 Bu tartib “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ va hisob tashkilotlari (banklar, investitsiya vositachilari) tomonidan amalga oshiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Qashqadaryoga safar davom etmoqda...

🔹Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida boʻlib turgan adliya vaziri Akbar Tashkulov “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini joylarga chiqqan holda oʻrganmoqda.

🔹Xususan, adliya vaziri Yakkabog' tumani “Obod” mahallasidagi uchrashuvda mazkur farmon ijrosi yuzasidan tuman adliya boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔹Shuningdek, “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashib, aholining huquqiy muammolarini oʻrganish, tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etishda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan zarur koʻrsatma va tavsiyalar berdi.

❗️Mahallada 1009 ta xonadon mavjud bo’lib, aholining asosiy drayveri tadbirkorlik hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM