ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📍O'zganing xizmat ko'rsatish belgisidan foydalanayotgan tadbirkorga chora ko'rildi.

“HUGO BOSS Trade Mark Management GmbH&Co.KG (Germaniya) kompaniyasining Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga kelib tushgan murojaati o'rganilganida - BOSS, BOSS HUGO BOSS, HUGO BOSS tovar va xizmat ko'rsatish belgisidan boshqa tadbirkorlik subyekti tomonidan savdo obektiga kirish joyi peshlavhasida qonunga hilof ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kiritilgan ta'sir chorasi natijasida ushbu huquqbuzarlik holatlari bartaraf etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#Adliya_munosabat

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “jinsini o‘zgartirishga ruxsat berildi...”, “endi kim jinsini o‘zgartirsa, u familiya, ism va ota ismini ham o‘zgartirishi mumkin...” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

Bunda familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish masalasi yuzasidan quyidagilar maʻlum qilinadi.
Qonunchilikka muvofiq bolaning tug‘ilishini qayd etish vaqtida uning jinsiga oid ma’lumotlar tibbiyot muassasasi tomonidan beriladigan tibbiy guvohnoma asosida yoziladi.

Biroq har yili o‘rtacha 5-6 nafar bola jinsi noaniq holatda tug‘ilishi holati uchrab turadi, bunda dastlabki tekshiruvlar bolaning jinsini “o‘g‘il” yoki “qiz” deb ko‘rsatsa-da, keyinchalik bola 5-10 yosh, ayrim holatlarda esa 10-16 yoshdan oshganda bolaning jinsi “o‘g‘il” emas “qiz” ekanligi yoki aksincha “qiz” emas “o‘g‘il” ekanligi aniqlanmoqda.

Shu kabi holatlarda tibbiyot muassasasining xulosasi bilan jinsga oid ma’lumotlarga tuzatish kiritiladi.

Ma’lumot uchun: bu kabi holatlarda jinsini tuzatish mumkinligi Oila kodeksining 229-moddasida belgilangan bo‘lib, mazkur huquqiy normalar yangi joriy etilmagan, aksincha 1998-yil 1-sentabrdan buyon amalda hisoblanadi.

Bu borada qonunchilik hujjatlarida ayrim huquqiy bo‘shliqlar mavjud bo‘lgan.
Misol tariqasida, 2008-yilda tug‘ilgan bolaning jinsini aniqlash imkoni bo‘lmasdan “o‘g‘il” deb yozilgan va o‘g‘il bolaning ismi qo‘yilgan. Keyinchalik bola 16 yoshga to‘lgach tibbiy tekshiruvlarda uning jinsi “qiz” ekanligi aniqlanib, tibbiyot muassasasining xulosasiga asosan jinsiga oid ma’lumotlarga tuzatish kiritilgan. Biroq ushbu xulosa asosida uning familiya, ism va ota ismini qiz bolalarga mos ravishda o‘zgartirish imkoni bo‘lmagan.

Mazkur huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-son qarori qabul qilinib, tibbiyot muassasasining xulosasiga asosan jinsiga oid ma’lumotlar tuzatilganda bolaning familiya, ism va ota ismini jinsiga mos ravishda o‘zgartirishi belgilandi.

Adliya vazirligi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj |"Mahalla huquqshunosi" loyihasi doirasidagi tadbirlar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Studiya 24 | Davlat xizmatlari: qulaylik, shaffoflik va ustuvor vazifalar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

❗️Respublika ishchi guruhining Farg‘ona viloyatidagi o'rganishlari

Respublika ishchi guruhi tarkibidagi Adliya vazirligi mas'ullari va Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi rahbarlari mazkur qabullarda xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish yuzasidan uchrashuvlar o'tkazdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Studiya 24 | O`zboshimcha egallangan yer uchastkalari va ko`chmas mulklar qonuniylashtirilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️Xalqaro hamkorlik kengaymoqda.

⚡️ Joriy yilning 16-iyun kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining sud-ekspertlik
faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashi ishchi guruhining onlayn uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda Adliya vazirligi hamda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mas'ullari ishtirok etishdi. Tadbir davomida ishchi guruhning kelgusidagi maqsad va vazifalari, xususan Kengashning ikkinchi yig'ilishini tashkillashtirish, amaldagi uslubiyotlarni o‘zaro almashish va takomillashtirish, sud ekspertiza sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

✔️ Shuningdek, kelgusida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining sud-ekspertlik
faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashi ishchi guruhining hamkorlik va o‘zaro tajriba almashish choralari muhokama etilib, sud ekspertlik sohasini rivojlantirish masalalari kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Prezident_farmonlari
Prezident Farmoni va Qarorlarining Andijon viloyatida ijrosi yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

📍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishchi guruhi boshchiligida, Adliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan Andijon viloyatida 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmon, 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son hamda 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qarorlar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

🔹 Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir, chegaraoldi va chekka hududlardagi 8 ta mahallada aholining muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, 1 070 dona suyultirilgan gaz baloni aholiga yetkazildi, gaz ta’minoti barqaror yo‘lga qo‘yildi.

🔹 Uyma-uy yurish orqali 250 nafardan ortiq xotin-qizlar va yoshlar ish bilan ta’minlandi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun shart-sharoitlar yaratildi.

🔹 “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida yo‘llar ta’mirlandi, maktablar atrofi tartibga keltirildi, 20 mingdan ortiq aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.

🔹 Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, 23 nafar fuqaroga kredit mablag‘lari ajratildi.

🔹 “Adliya sayli”, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, sport musobaqalari tashkil etildi. 16 nafar probatsiya nazoratidagi yoshlar ish bilan ta’minlandi va o‘quv kurslariga jalb qilindi.

📌 Ushbu faoliyatlar Prezident hujjatlari ijrosini ta’minlash, aholi turmushini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

AOKAda Adliya vazirligi Axborot xizmati rahbari Hayotjon Qilichev ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

Unda “Tashkent law spring 2025” IV xalqaro yuridik forumi natijalari bo‘yicha ma’lumot berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Quyidagilarning qaysi biri mas'uliyati cheklangan jamiyatda jamiyat boshqaruvining oliy organi hisoblanadi?
Anonymous Quiz
31%
jamiyatning kuzatuv kengashi
56%
ishtirokchilarning umumiy yig'ilishi
8%
jamiyatning taftish komissiyasi
6%
jamiyatning direksiyasi
🏛 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Yesemurat Kanyazov boshchiligidagi delegatsiya joriy yil 16–19-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) iqtisodiy va savdo faoliyatini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash forumi”da ishtirok etmoqda.

📢 Forum doirasida o‘tkazilgan sessiyalarda institut direktori Y.Kanyazov “Huquqiy infratuzilma va iqtisodiy islohotlar simbiozi” mavzusida ma’ruza bilan qatnashdi. Unda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chuqur huquqiy islohotlar, jumladan, iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi huquqiy infratuzilmani mustahkamlash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni taqdim etdi.

🌐 Mazkur xalqaro forum doirasida delegatsiya a’zolari ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar vakillari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yangi tashabbus va g‘oyalarni ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot