ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Prezident_farmonlari
Prezident Farmoni va Qarorlarining Andijon viloyatida ijrosi yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

📍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishchi guruhi boshchiligida, Adliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan Andijon viloyatida 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmon, 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son hamda 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qarorlar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

🔹 Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir, chegaraoldi va chekka hududlardagi 8 ta mahallada aholining muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, 1 070 dona suyultirilgan gaz baloni aholiga yetkazildi, gaz ta’minoti barqaror yo‘lga qo‘yildi.

🔹 Uyma-uy yurish orqali 250 nafardan ortiq xotin-qizlar va yoshlar ish bilan ta’minlandi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun shart-sharoitlar yaratildi.

🔹 “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida yo‘llar ta’mirlandi, maktablar atrofi tartibga keltirildi, 20 mingdan ortiq aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.

🔹 Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, 23 nafar fuqaroga kredit mablag‘lari ajratildi.

🔹 “Adliya sayli”, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, sport musobaqalari tashkil etildi. 16 nafar probatsiya nazoratidagi yoshlar ish bilan ta’minlandi va o‘quv kurslariga jalb qilindi.

📌 Ushbu faoliyatlar Prezident hujjatlari ijrosini ta’minlash, aholi turmushini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot